Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Strixninning asosiy farmakologik ta’siri orqa miyaga
qaratilgan. Uzunchoq miyadagi nafas va qon tomirlarini
harakatlantiruvchi markazlarning faoliyatini qisman rag‘batlan-
tiradi.
Bemegrid, asosan, narkoz keltirib chiqaradigan va uxlatuv-
chi preparatlar bilan zaharlanishda kor qiladi. Uni boshqa
analeptiklar va yurak qon-tomir tizimiga ijobiy ta’sir etadigan
dorilar bilan qo‘shib berish mumkin. Bemegrid venaga sekinlik
bilan yuboriladi.
Katta ta’sir doirali preparatlarga korazol, kofein va bosh-
qalar kiradi. Ularni qo‘llash ancha xavfsiz.
Korazol shok holatida, asfiksiyada va narkoz tufayli yurak
faoliyati zaiflashib qolganida tavsiya etiladi. Bunda analeptikning
10% li eritmasi 1 ml dan venaga sekin-asta yuboriladi. Boshqa
hollarda preparat og‘iz orqali qabul qilinishi mumkin. Kattaroq
dozalarda umumiy harakat qo‘zg‘alishini (talvasa) beradi.
Preparat giðertoniya, yurakning organik kasalligi tutganda
berilmaydi.
Kordiamin nafas va qon tomirlarini harakatlantiruvchi mar-
kazni qisman qo‘zg‘atadi. Shu sababli preparat qon ayla-
nishi zaiflashganda, giðotoniyada 30—40 tomchidan ichiladi


192
yoki 1–2 ml (ampula) inyeksiya qilinadi. Ayniqsa, yurak
faoliyati zaiflashib, qon bosimi tushib ketishi natijasida
kuzatiladigan qisqa muddatli behushlik holatlarida qo‘llaniladi.
Kamfora o‘simlikdan olingan modda bo‘lib, uning nurni
o‘ngga va chapga buruvchi izomerlari mavjud. Kamforaning
nurni chapga og‘diradigan izomeri paxta moyidan olinadigan
modda. U sintetik ravishda olingan va nurni o‘ngga og‘diradigan
izomeridan farmakologik ta’siri bo‘yicha kuchliroqdir.
Kamfora mahalliy va rezorbtiv ta’sir etadi. Rezorbtiv
ta’siri, asosan, markaziy nerv sistemasiga qaratilgan. U
uzunchoq miyada joylashgan nafas va qon tomirlarini
harakatlantiruvchi markazlarni sezilarli darajada — analeptiklar
singari qo‘zg‘atadi. Bu esa uning bevosita ta’siri va qisman
preparat yuborilgan joydan refleks yo‘li bilan sezuvchi nerv
oxiri qitiqlanishi hisobiga bo‘ladi. Kamfora qadimdan ishlatilib
kelinayotgani bois ta’siri ancha ishonchli, bezarar va samarali
preparatdir. U yurak-qon tomir tizimi faoliyatining o‘tkir va
surunkali susayishida, har xil yuqumli va boshqa xil
kasalliklarda, zaharlanish tufayli qon bosimining pasayishida
keng qo‘llaniladi. Kamforaning ta’sirida miokardning qisqarish
kuchi oshib, yurak faoliyati jonlanadi, tomirlar harakati
markazining qo‘zg‘alishi tufayli qon tomirlarining tonusi oshadi
va qon bosimi tiklanadi. Kamforaning bunday ta’siri nafas
olishning yaxshilanishi va o‘pkada havo almashinishining
tezlashishi bilan bir vaqtda kechadi. Kamfora zaharsiz, davo
qilish doirasi ancha keng bo‘lgan analeptik.
Bundan tashqari, mahalliy, to‘qimani qitiqlaydigan ta’sirga
ega bo‘lgani uchun teriga surtish va ishqalash bilan og‘riq
sezgisini kamaytirishda qo‘llaniladi. Buning uchun kamforaning
spirtli eritmasi va linimenti beriladi. Ularning ta’siri „chal-
g‘ituvchi efferent“ga asoslangan bo‘lib, og‘riqni kamaytiradi.
Sulfokamfokain kompleks preparat hisoblanib, sulfokamfor
kislota bilan novokain asosida olingan. Farmakologik ta’siri
bo‘yicha kamforaga o‘xshash analeptik hisoblanadi. Suvda yaxshi
erigani uchun uning 10% li eritmasi yurak va nafas faoliyati
yetishmovchiligida, yuqumli kasalliklarda, kardiogen karantinda
va boshqalarda tavsiya etiladi. Preparat inyeksiya (teri ostiga,
mushaklar orasiga yoki tomirga) qilinadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish