193
tan qaratilgan va qisman karotid xolinoretseptorlari orqali ham
bajariladi. Bundan tashqari, CO
2
oz miqdorda miya qon
tomirlariga bevosita ta’sir qilib, ularni kengaytiradi, miyada qon
aylanishini yaxshilaydi. Nafas olishni rag‘batlantirish uchun
CO
2
ning 5—7% ini saqlagan gaz aralashmasi hidlanadi.
Etimizol S.V.Anichkov rahbarlik qilgan laboratoriyada
olingan va o‘rganilgan sintetik preparat bo‘lib, o‘ziga
xos nafas
analeptigi hisoblanadi. Etimizol nafas markaziga tanlab ta’sir
ko‘rsatishi bilan birga trankvilizatorlarga xos farmakologik
ta’sirlash xususiyatiga ega bo‘lib, titrash holatini keltirib
chiqarmaydi, uyquni bartaraf etmaydi, bezovtalik holatini
yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: