Farmakologiya


ASOSAN  ORQA  MIYAGA TA’SIR  ETUVCHI



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

ASOSAN  ORQA  MIYAGA TA’SIR  ETUVCHI
DORI  VOSITALARI
Orqa miyaga ta’sir etadigan vositalarga strixnin va uning
preparatlari kiradi.
Strixnin Filiðpin orollari hamda Avstraliyada o‘sadigan
chilibuxa, kuchala daraxtidan (Strychnos nux vomica) yoki
uning boshqa turlari urug‘idan olinadigan alkaloiddir.
Strixnin farmakologik jihatdan kuchli ta’sir etadigan, ta’sir
kengligi anchagina kichik bo‘lgan alkaloid. Strixnin juda oz
miqdorda markaziy nerv tizimiga, birinchi galda va sezilarli
darajada orqa miya segmentlariga ta’sir qilib, qo‘zg‘aluvchanligini
oshiradi. Natijada orqa miya segmentlarida neyronlararo impuls
o‘tishi yengillashadi yoki orqa miyaning reflektorlik funksiyalari
tezlashadi. Shu bilan bir qatorda kelayotgan impulslarning
qo‘shni segmentlarga tarqalishi (irradiatsiya) ham ortadi.
Natijada orqa miya refleks vaqti kamayadi. Unda qatnashadigan
segmentlarning soni ortadi. Boshqacha aytganda, tashqi muhit
ta’siriga javob tez va tarqoq holda namoyon bo‘ladi, chunki,
bunda ko‘pchilik mushaklar qatnashadi.
Strixninning uzunchoq miyaga bo‘lgan ta’siri nafas, tomir-
larni harakatlantiruvchi va adashgan nerv markazlarining
qo‘zg‘alishiga olib keladi, natijada o‘pka ventilatsiyasi
yaxshilanadi, qon tomirlari tonusining oshishi hisobiga qon
bosimi qisman ko‘tariladi, yurak urishi esa siyraklashadi
(bradikardiya). Nafas markaziga ta’siri korazolga nisbatan
kuchsiz, kofeindan esa kuchliroq.
Strixnin kattaroq dozalarda qabul qilinsa va aytilgan
markazlarning faoliyati susaygan bo‘lsa, uning farmakologik
ta’siri aniq namoyon bo‘ladi. Strixnin ta’siri bo‘yicha analep-
tiklar qatoriga kiradi. Strixnin bosh miyaga ham ta’sir qilib,
sezuvchi organlar faoliyatini kuchaytiradi; natijada eshitish,
ko‘rish, ta’m va hid sezish analizatorlari faoliyati oshadi —
eshitish qobiliyati yaxshilanadi, hid va ta’m bilish sezgilari
kuchayadi, harorat, taktil sezgi ham oshadi. Strixninning ko‘zga
bo‘lgan ta’siri faqat ko‘rish markazining qo‘zg‘alishi bilangina
bog‘liq bo‘lmasdan, uning ko‘z to‘r pardasiga qo‘zg‘atuvchi
ta’siri bilan ham bog‘liq. Bunda ko‘rish aniqroq va ravshanroq
bo‘ladi, ko‘ruv doirasi kengayadi, rang sezish va ajratish ham
yaxshilanadi.


196
Strixnin ta’sir doirasi keng bo‘lmagani uchun tibbiyot
amaliyotida kam ishlatiladi. Asosan, yarimfalajlik, umumiy
quvvatsizlik (darmonsizlik), erkaklik qobiliyati pasayganida,
giðotoniyada, intoksikatsiyada tavsiya etiladi. Arsenat natriy bilan
birga „Dupleks“ preparati mavjud.
Strixnin bilan zaharlanganda orqa miya kuchli qo‘zg‘alganligi
sababli andak ta’sirot ham (tanaga tegish, elektr lampasini
yoqish, shovqin) tetanik talvasa holatini keltirib chiqaradi.
Keyinchalik esa organizm tayoqqa o‘xshab qotib qoladi. Bunda
hamma mushaklar baravariga qisqaradi. Zaharlanishda, talvasa
tutishining oldini olish maqsadida, uxlatuvchi va gazsimon
narkoz moddalaridan foydalaniladi. Zahar ichilgan bo‘lsa,
1:1000 nisbatdagi kaliy permanganat eritmasi bilan zond orqali
me’da chayiladi, keyinchalik esa faollangan ko‘mir, tuzli surgi
ichtiriladi.
Farmakologik ta’siri strixninga yaqin bo‘lgan sekurinin
alkaloidi Uzoq Sharqda o‘sadigan o‘simliklardan (Securnega
Suffriticosa pal) olinadi. Sekurinin nitrat ta’siri strixninnikidan
8—10 marta kuchsizroq va shuncha zaharsizroq. Quvvatsizlikda,
umumiy tonusni, ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlatiladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish