Farmakologiya


MARKAZIY NERV TIZIMIGA TA’SIR ETADIGAN



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

MARKAZIY NERV TIZIMIGA TA’SIR ETADIGAN,
UMUMIY TONUSNI OSHIRADIGAN
 DORI VOSITALARI
Bunday preparatlarga turli o‘simliklar va hayvonlarning
organlaridan olinadigan, tarkibiga bir necha xil faol moddalar
aralashgan preparatlar kiradi. Ularning ko‘pchiligi xalq tabobati
usulida tayyorlanib qo‘llaniladigan dori vositalaridir. Ushbu
preparatlar asosiy ta’sir mexanizmiga ko‘ra, markaziy nerv
tizimi faoliyatini qisman qo‘zg‘atib, umumiy tonusni, quvvatni
sezilarli darajada oshiradi, charchashni kamaytiradi, yurak
ishini, qon bosimini sezilarli darajada ko‘taradi, ishtahani,
aqliy va jismoniy qobiliyatni birmuncha yaxshilaydi, organizm-
ning salbiy ta’sirlarga chidamliligini oshiradi. Dorilarning
bunday ta’siri aytilgan a’zo va tizimlar faoliyati susaygan
bo‘lsa, ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Bu preparatlar zaharsiz bo‘lgani uchun bemorlar, shu
jumladan, qariyalar ham, yengil qabul qiladilar. Preparat-
larning ta’sir mexanizmi yaxshi o‘rganilmagan. Lekin shuni
aytish kerakki, bu yerda endokrin tizimining faoliyati oshishi
katta ahamiyatga ega bo‘lsa kerak, degan fikrlar bor. Dorilar
aqliy va jismoniy charchash, kamquvvatlik, giðotoniya,
impotensiya (erkaklik qobiliyatining sustlashishi)da beriladi.
Giðertoniyada, uyqusizlikda, umumiy qo‘zg‘alish bilan
bog‘liq hollarda va balog‘atga yetmagan yoshlarga tavsiya
etilmaydi.
Preparatlar.
J e n s h e n   n a s t o y k a s i  (Tinctura Gin-sengi) tarkibida
jenshen ildizi bor. 40 va 50 ml dan flakonda ishlab chiqariladi.
Ovqatdan oldin 15—25 tomchidan kuniga 2—3 marta ichiladi.
L i m o n n i k   n a s t o y k a s i   (Xitoy  sxizandra  nastoykasi)
(Tinctura schizandrae). Òarkibida sxizandrin, efir moylari, vita-
minlar, organik kislota mavjud. 50 ml dan flakonda ishlab
chiqariladi. Ovqatdan oldin 20—25 tomchidan kuniga 2—3 marta
ichiladi.
S u y u q   l e v z e o   e k s t r a k t i  (Extractum Leuzeae
fluidum). Òarkibida efir moylari, qatronlar bor, organik kis-
lota tuzlari mavjud. Ovqatdan oldin 20—30 tomchidan ku-
niga 2—3 marta ichiladi.
Z a m a n i x a   n a s t o y k a s i   (Exinopanaks  nastoykasi)
(Extractum Echinopanacis). Òarkibida alkaloidlar, glikozidlar,


198
efir moyi mavjud. 50 ml dan flakonda ishlab chiqariladi.
Ovqatdan oldin 30—40 tomchidan kuniga 2—3  marta ichiladi.
S a p a r a l   (Saparalum). Manjuriya aramidisidan olinadi.
Òabletka holida 0,05 g dan ishlab chiqariladi. Kuniga 2—3
martadan 15—30 kun davomida qabul qilinadi.
P a n t o k r i n   (Pantocrinum). Òarkibida kiyik shoxining
spirtli-suvli ekstrakti mavjud. 30—50 ml dan flakonda; 1 ml
dan ampulada; 0,15 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Ovqatdan 30 daq. oldin 30—40 tomchidan kuniga 2—4 marta
ichiladi; 1—2 ml dan kuniga teri ostiga yoki mushak orasiga
yuboriladi.
E l e u t e r o k o k k n i n g   s u y u q   e k s t r a k t i  (Extractum
Eleutherococci fluidum). Òarkibida kumarin unumlari mavjud. 50
ml li flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 20—40
tomchidan kuniga 3 marta ichiladi.
R o d i o l a n i n g   s u y u q   e k s t r a k t i   (Ext. Rhodiolae
fluidum). O‘simlik ildizi sariq rangda bo‘lgani uchun xalq
tabobatida „Oltin ildiz“ deb yuritiladi. Uning suyuq ekstrakti
quvvatni oshiruvchi, bardamlik beruvchi, charchashni
yo‘qotuvchi dori sifatida 30—40 tomchidan kuniga 2—3 marta
ovqatdan oldin ichiladi. Flakonda 30 mg dan ishlab chiqariladi.
Rp.: T-rae Schizandrae 50 ml
D.S. 20—25 tomchidan ovqatdan oldin ichiladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish