Markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi vositalar
Bu guruhga kimyoviy tuzilishi, olinishi, farmakologik
ta’siri, ta’sir mexanizmi va ishlatilishi jihatidan har xil bo‘lgan
ko‘pchilik dori vositalari kiradi. Ularning o‘ziga xos umumiy
farmakologik xususiyati markaziy nerv tizimining turli nuqta-
lariga har xil ta’sir qiladi. Bunday ta’sir markaziy nerv tizimi
faoliyatini rag‘batlantiradi, qo‘zg‘atadi, susaygan markazlarni
jonlantiradi va faoliyatini tiklaydi. Qator xastaliklarni davolashda
ushbu dori vositalaridan foydalaniladi.
Bu preparatlar har xil bo‘lgani uchun markaziy nerv
tizimining ta’sir qiladigan sohasiga qarab quyidagicha tasnif-
lanadi:
asosan, bosh miyaga;
asosan, uzunchoq miyaga;
asosan, orqa miyaga ta’sir etadigan preparatlar (25-
rasm).
Asosan, bosh miyaga ta’sir etadigan preparatlar o‘z
navbatida psixostimulatorlar va nootrop preparatlarga bo‘li-
nadi.
183
Do'stlaringiz bilan baham: |