Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Qo‘llanilishi. Bromidlar, asosan, asab tizimi buzilishi
natijasida kelib chiqadigan holatlar: nevroz, nevrotik holatlar-
da, bezovtalik va injiqlik, uyqusizlik, isteriyada tavsiya etiladi.
Brom preparatlari hozirgi vaqtda tutqanoq kasalligida davo
uchun ishlatilmaydi. Chunki u mavjud preparatlarga nisbatan
kuchsiz.
Depressiya holatlarida, miksedema kasalligida, uxlatadigan
va neyroleptik preparatlar bilan zaharlanishda, organizm bu
preparatlarni ko‘tara olmaydigan paytlarida ularni tavsiya etib
bo‘lmaydi.
Zaharlanish.  Bromidlar uzoq muddat davomida qabul
qilinsa, tana to‘qimalarida yig‘ilib, kumulatsiyaga sabab bo‘ladi.
Bu holatni bromizm—surunkali zaharlanish deyiladi. Bromizm-
ning asosiy belgilari: umumiy tinchlanish, kamharakat bo‘lib
qolish, xotiraning susayishi, mudroq bosishi, teriga toshma
toshishi, burun va ko‘z shilliq pardalarining yallig‘lanishi (rinit,
konyunktivit, bronxit) va boshqalardir.
Surunkali zaharlanishda brom preparatlarini berish
to‘xtatiladi. Bemorga ko‘proq miqdorda suv ichish, shu bilan
birga 20—25 g osh tuzi eritmasi holida ichish tavsiya etiladi.
Og‘ir holatlarda gemodializ qilinadi.
Natriy bromid. Òinchlantiruvchi dori sifatida ko‘p ishlatila-
digan preparat. Suvda yaxshi erigani uchun Bexterev
aralashmasi tarkibiga kiradi. Preparat ayrim hollarda uyqusizlikda
ham tavsiya etiladi.
Kaliy bromid. Asosan, yurak-qon tomirlar kasalliklariga
duchor bo‘lgan bemorlarga tinchlantiruvchi va uxlatuvchi
preparat sifatida beriladi. Bu preparatni venaga yuborish
mumkin emas (chunki kaliy ionlari yurakning o‘tkazuvchi
tizimini va miokard qisqaruvchanligini susaytiradi).
Valeriana va passiflora preparatlari ham markaziy nerv
tizimining qo‘zg‘alishida tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu


178
ta’sir preparatlarning markaziy nerv tizimiga reflektor yo‘l
bilan yoki bevosita tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liq.
Valeriana preparatlari silliq mushaklarni bo‘shashtiradi. Demak,
ular tinchlantiruvchi ta’siridan tashqari, qisman spazmolitik va
og‘riq qoldirish xossalariga ham ega. Òinchlantiruvchi ta’siri
natijasida uyquni yaxshilaydi, ko‘ngil aynishini kamaytiradi.
Yurak nevrozida, nevrasteniyada va isteriyada, vasvasada ular
ko‘p ishlatiladi.
Arslonquyruq tarkibida ham efir moylari, zaharsiz al-
kaloidlar (leonurin) bor. Valerianaga o‘xshash tinchlantiruvchi
ta’sirga ega. Ayrim ta’sirlari bo‘yicha valerianadan kuchliroq,
qon bosimini pasaytiradi. Ko‘pincha yurak nevrozida, giðer-
toniyaning boshlang‘ich davrida va uyqusizlikda uning
nastoykasi beriladi.
Preparatlar.
N a t r i y   b r o m i d  (Natrii bromidum) 0,15—0,5 g dan
kukun, tabletka holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,15—
0,5  g dan kuniga 2—3 marta ichish uchun beriladi; 5% li
eritmasi 5—10 ml dan venaga yuboriladi.
K a l i y   b r o m i d  (Kalii bromidum) 0,5 g dan kukun
va tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,1—1 g dan 2—3 marta
ovqatdan keyin, mikstura va tomchi holida ichish uchun
buyuriladi.
V a l e r i a n a   n a s t o y k a s i  (Tincturae Valerianae). Òarkibi:
borneol va izovaleriat kislota efiri, valeriana kislotasi, alkaloidlar,
valeriana, xatinin va boshqalar. 10, 15, 20, 25, 30 va 50 ml
dan flakonlarda ishlab chiqariladi. 20—30 tomchidan kuniga 3—
4 marta ovqatdan keyin ichish uchun beriladi.
V a l e r i a n a   i l d i z i  (Radix Valerianae). Maydalangan
ildiz 7,5 g dan qog‘oz xaltalarda ishlab chiqariladi. 6—20 g
200 ml suvda damlama sifatida, ovqatdan so‘ng 1 osh
qoshiqdan 3 marta ichishga buyuriladi.
V a l o k a r m i d   (Valocarmidum). Òarkibi: valeriana
nastoykasi—10 ml, landish nastoykasi —10 ml, belladonna
nastoykasi—5 ml, natriy bromid—4 g, mentol—0,25 g, suv—
30 ml. 30 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. 10—20 tomchidan
2—3 marta ichish uchun tavsiya etiladi.
K o r v a l o l   (Corvalolum). Òarkibi: bromizovalerian kislo-
taning etil efiri—2 g, natriy ishqori (1n. eritma) —7,8 ml.
15—20 tomchidan ichish uchun yoki til ostiga qandga


179
shimdirilib bir kecha-kunduzda 2—3 marta ovqatdan keyin
iste’mol qilish uchun buyuriladi.
A r s l o n q u y r u q   n a s t o y k a s i  (Tinctura Leonuri).
Òarkibida alkaloidlar, efir moyi, saponinlarni saqlaydi. 25 ml
dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 30—50 tomchidan
kuniga 3—4 marta ichish uchun beriladi. O‘simlikning suyuq
ekstrakt va briketi mavjud.
S u y u q   p a s s i f l o r a   e k s t r a k t i  (Extractum Passif-
lorae fluidum). Òarkibida alkaloidlar (garman, porgarman),
saponin va boshqalar bor. 25 ml dan flakonda eritma holida
ishlab chiqariladi. 20—30 kun davomida 20—30 tomchidan bir
kecha-kunduzda 3 marta ichish uchun buyuriladi.
Rp.: Sol. Aminazini 2,5%—1 ml
D.t.d.N. 10 in ampullis
S. 0,5% li novokain eritmasiga 1 ml qo‘shib
mushaklar orasiga yuborish uchun.
#
Rp.: Tab. Phenaziðami 0,0005 mg
D.t.d.N. 50
S. 1 tabletkadan 2—3 marta ichish uchun.
#
Rp.: T-rae Valerianae 30 ml
D.S. 20—30 tomchidan kuniga 3 marta ichish uchun.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish