Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Òrankvilizatorlar
Òrankvilizator farmakologik xossalari bo‘yicha neyrolep-
tiklarga yaqin bo‘lib, tibbiyot amaliyotida ko‘p ishlatiladigan
preparatlardan hisoblanadi. Bu ikkala guruh preparatlari ilgari
bir-biriga yaqin nom bilan, ya’ni neyroleptiklar — katta
trankvilizatorlar deb atalar edi. Òinchlantiruvchi ta’sirining
borligi ularning umumiy xossasidir.
Òrankvilizator so‘zi lotincha bo‘lib, tinchlantiruvchi,
osoyishtalik beruvchi degan ma’noni bildiradi. Ko‘pincha bu
guruh preparatlar ataraktik vositalar deb ham ataladi
(ataraxia — osoyishtalik, beg‘amlik).


174
Òrankvilizatorlar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha quyidagicha
tasnif qilinadi:
 benzodiazepinlar (xlozepid, sibazon, fenazepam, noze-
pam, lorazepam, bromazepam, mezapam, gidazepam, kloba-
zam, alprazolam, tetrazepam, tofizopam);
 propandiol almashingan karbamin efirlari (meprotan);
 difenilmetan hosilalari (amizil, gidroksizin);
 har xil guruhga mansub trankvilizatorlar (oksilidin,
buspiron, mebikar, stressplant).
Òrankvilizatorlar markaziy nerv tizimining oliy nerv fao-
liyatiga o‘ziga xos tarzda tinchlantiruvchi ta’sir qilib, ruhiy
holatni uncha o‘zgartirmagani holda ko‘proq emotsional holatni
yaxshilaydi, his-hayajonlarning qo‘zg‘alishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Òajanglik, agressorlik, besaranjomlik, vahima, xavotirlanish,
bezovtalanish, qo‘rqish va tashvishlanish kabi his-tuyg‘ular
yo‘qoladi. Natijada odam tinchlanadi. Shu sababli ular uyqu
kelishini tezlashtiradi. Bu preparatlarning neyroleptiklardan
farqi shundaki, ular psixomotor qo‘zg‘alishga kuchli kor
qilmaydi. Antiðsixotik ta’sir etmaydi. Parkinsonizm holatini
bermaydi, aksincha, trankvilizatorlar tana muskuli tonusini
bo‘shashtiradi. Ularning ayrimlari qisman uxlatuvchi, narkozga
sabab bo‘luvchi va og‘riq qoldiruvchi moddalar ta’sirini
kuchaytiradi. Giðotenziv, giðotermik, qusishga qarshi ta’sirlar
ularning ko‘pchiligida kam namoyon bo‘ladi.
Òrankvilizatorlarning ta’sir mexanizmi shundan iboratki,
ular neyroleptiklar singari retikular formatsiya, giðotalamus
va ko‘proq giðpokamp bo‘limi faoliyatini susaytirib, his-
hayajonlarning kelishini va boshqa shunga o‘xshash hollarni
kamaytiradi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish