Farmakologiya


Òana mushaklarini bo‘shashtiruvchi, ya’ni miorelaksatsiya-



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Òana mushaklarini bo‘shashtiruvchi, ya’ni miorelaksatsiya-
lovchi ta’siri. Ayrim neyroleptiklar tana mushaklari tonusini
pasaytirib, tana harakati faolligini kamaytiradi. Ularning bunday
ta’siri retikular formatsiyaga kor qilishiga bog‘liq bo‘lishi
mumkin.
Periferik ta’siri. Ko‘pchilik neyroleptiklar vegetativ nerv
tizimiga adrenoblokator, simpatolitik va M-xolinoblokator
sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham ular so‘lak,
bronxlar va me’da sekretsiyasini kamaytiradi.
Òa’sir mexanizmi. Neyroleptiklarning asosiy tinchlanti-
ruvchi ta’siri ularning qisman retikular formatsiyani susaytiri-
shi bilan ifodalanadi. Natijada, retikular formatsiyada bosh miya
markazlarining faoliyatini qo‘zg‘atadigan impulslar kuchay-
maydi. Markaziy nerv tizimi faoliyati susayadi, odam ruhiy
orom olib, harakatlari ham tinchlanadi. Bundan tashqari,
neyroleptiklar dofaminergik retseptorlar (D
2
-retseptorlar)ni
to‘sib qo‘yish yo‘li bilan ham ko‘proq antiðsixotik ta’sir
ko‘rsatadi. Neyroleptiklarning tinchlantiruvchi xossasi ularning
limbik tizimiga va giðotalamusga kor qilishiga bog‘liqligi ham
inkor etilmaydi.
Qo‘llanilishi. Neyroleptiklar ko‘proq psixiatriya amaliyotida
qo‘llaniladi. Ayniqsa, psixomotor qo‘zg‘alish, ya’ni ruhiy va
harakat reaksiyalarining kuchayishi bilan birga davom etadigan
ruhiy, nevrotik kasallik va holatlarda bu preparatlar ko‘p tavsiya
etiladi. Bu preparatlar  shizofreniya, alkogolizm va narkotik
moddalar tufayli bo‘ladigan psixoz holatlarida ham beriladi.
Jarrohlik amaliyotida esa neyroleptanalgeziya uchun, og‘riq
qoldiruvchi, narkoz uchun ishlatiladigan preparatlarning kuchini
oshirish (potensiyalash) maqsadida anesteziologiyada qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, qattiq og‘riq bo‘ladigan hamma holat va
kasalliklarda (miokard infarkti, xavfli o‘smalar, buyrak va o‘t
toshi kasalligi xurujida, o‘tkir pankreatit, endarteriit va bosh-
qalar), karaxtlikning oldini olish va uni davolash uchun neyro-


171
leptiklar (droperidol) narkotik analgetiklar (fentanil, prome-
dol) bilan birga qo‘llanadi.
Neyroleptiklar ko‘pincha giðertoniya krizi paytida, ayniqsa,
giðertenziya (giðertoniya) kasalligida kor qiladigan dorilardandir.
Aminazin, asosan, rezerpin va tarkibida rezerpin saqlagan
boshqa preparatlar ana shunday dorilardandir. Neyroleptik-
larning ayrimlari homiladorlik toksikozlarida markaziy nerv
tizimi va organizmning zaharlanishi tufayli to‘xtovsiz qusish
hollarida buyuriladi.
Moneliklar. Ko‘pchilik neyroleptiklarni, ayniqsa, fenotiazin
unumlarini jigar, buyrakning og‘ir kasalliklari, umumiy tush-
kunlik  (depressiya) holati, uyqu, narkoz, og‘riqni qoldiruvchi
dorilar bilan zaharlanish, giðotoniyada qo‘llab bo‘lmaydi.
Zaharlanish. Neyroleptiklar uzoq vaqt va katta dozalarda
ishlatilganida zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bunda odamda
umumiy bo‘shashish kuzatiladi, tonus pasayadi va ruhiy
tushkunlikka tushib, uyquchan, kamharakat bo‘lib qoladi,
atrof-muhitdagi voqealarga qiziqmay qo‘yadi, juda beparvo
bo‘lib, hadeb mudrayveradi. Shunday hollarda preparatlarni
qabul qilish to‘xtatilib, ularning antagonistlari, psixostimu-
latorlardan kofein, fenamin hamda antidepressantlar tavsiya
etiladi.
Bulardan tashqari, neyroleptiklar ekstrapiramidal o‘zga-
rishlar berishi mumkin. Masalan, parkinsonizm (qo‘lning
titrashi va h.k.), katatoniya holati (mushaklarning tortishib
qolishi), katalepsiya holati (o‘z xohishicha bajariladigan harakat
faoliyatining buzilishi) va boshqalar. Ayrim hollarda fenatiazin
unumlari allergiya holatini keltirib chiqaradi. Bunday hollarda
preparatlar berilishi to‘xtatiladi va zaruriyat tug‘ilsa, simpto-
matik davo ko‘rsatiladi.
Aminazin. Neyroleptiklarning yuqorida qayd etilgan farma-
kologik xususiyatlari aminazinga xosdir. Aminazinning anti-
ðsixotik, tinchlantiruvchi ta’siri ancha kuchli, potensiyalovchi,
giðotenziv, giðotermik va periferik (xolinolitik va adrenolitik)
ta’sirlari ham bir qadar sezilarli. Bundan tashqari, u qusishga
qarshi yaxshi kor qilib, tana mushaklarini sezilarli darajada
bo‘shashtiradi. Bu preparat ko‘pincha ruhiy va harakat
qo‘zg‘alishi bilan kechadigan kasalliklarda — psixoz holatlarida
qo‘llanadi.
Aminazinning nojo‘ya ta’sirlaridan biri to‘qimani mahalliy
ta’sirlantiruvchi ta’siri hisoblanadi. Natijada aminazin tushgan


172
joyda to‘qimaning qizarishi (giðeremiya), achishishi va qichishi
kuzatiladi. Preparat mushaklar orasiga inyeksiya qilinsa,
infiltratlar paydo bo‘lishi, venaga yuborilganida esa trombo-
flebitlar boshlanishi mumkin. Shuning uchun, aminazinning
bunday ta’sirini kamaytirish maqsadida turli choralar ko‘riladi.
Chunonchi, aminazinni muskullar orasiga yuborishdan oldin
novokainning 0,5% li eritmasi yoki osh tuzining izotonik
eritmasida (0,9%), venaga yuborishdan oldin esa glukozaning
10% li eritmasida yoki osh tuzining izotonik eritmasida
suyultirish lozim. Aminazin och qoringa ichilsa, turli o‘zga-
rishlar (og‘riq, ich qizishi, zarda qilish va boshqalar) kelib
chiqishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarning oldini olish maqsadida
preparatni ovqatdan keyin qabul qilish buyuriladi.
Ftorfenazin. Kuchli antiðsixotik ta’sirga ega, lekin sedativ
va giðotenziv ta’siri uncha yaxshi bilinmagan. Qusishga qarshi
ta’siri aminazindan kuchliroq. Shuning uchun ham, asosan,
psixomotor qo‘zg‘alishlarda, nevrotik holatlarda va qusishni
kamaytirish maqsadida beriladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish