Microsoft Word 2016-2-пожарка doc



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/152
Sana22.02.2022
Hajmi6,64 Mb.
#91546
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152
Bog'liq
me’morchilik

 
Проблемы архитектуры и строительства 
2016, №2 
132 
– qurilish jamg’arma (xazinalari) kassalari tashkil 
etiladi (bauparkasse). Ushbu kassalar bozor narx-
laridan past foizlarda mijozlarga kredit beradi. 
Shunday qilib kredit beruvchilar va kredit olu-
vchilar jamiyatlari yaratiladi. 
Bulg’usi qarz oluvchi kelajakda egalik qilmo-
qchi bo’lgan ko’chmas mulkning 50 foizi 
yig’ilmaguncha o’zining mablag’larini ushbu 
jamiyatga shartnoma asosida (masalan, yillik 3%) 
kiritadi. Shundan so’ng u yillik 5% hisobidan ipo-
teka krediti oladi. Ayni paytda oddiy banklar bo-
zor o’zgarishlarini inobatga olgan holda yillik 7-
12% hisobidan kredit berayotgan bo’ladi. Nemis 
kredit sistemasi Yevropaning ko’pchilik mam-
lakatlarida qabul qilingan. 
Ipoteka krediti bo’yicha amerika modelining 
mohiyati quyidagicha: birinchidan, ipotekani ar-
zon kredit bilan ta’minlash tizimi ikkilamchi ipo-
teka bozoriga suyanadi. Ikkinchidan ushbu kredit-
lar aholining kam ta’minlangan qatlamlariga 
yo’naltirilgan. Uchinchidan, ular tijorat banklari 
tomonidan emas, ipoteka agentliklari tomonidan 
moliyalashtiriladi. Kreditning nisbiy arzonligi (un-
ing miqdori kredit shartnomasida aks ettiriladi) 
davlat 
tomonidan 
tartiblashtiriladi 
va 
ta’minlanadi. Bunda ko’chmas mulk egasiga 
agentlik pul to’laydi, kredit egasi esa belgilangan 
summani har oy agentlik hisobiga o’tkazadi. 
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishining bar-
cha davrlarida yakka turar joy binolari qurilishini 
kreditlash tarixan muhim o’rin tutgan. Turli davr-
larda AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, 
Skandinaviya va boshqa davlatlar aynan shu 
yo’ldan borishgan. 
Iqtisodiyotni xususan ipoteka krediti institutini 
joriy etish orqali rivojlantirish O’zbekiston Re-
spublikasida tanlangan yo’l tarixan asoslangandir. 
Oxirgi yillarda qishloq joylarida turar joy binolar 
qurilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki 
15 mln.dan ortiq aholi qishloqlarda yashaydi. Bu 
O’zbekiston Respublikasi aholisining qariyb yar-
mini tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida qishloq 
aholi yashash joylarida 2,6 mln.dan ortiq yosh 
oilalar paydo bo’ldi. Shular asosida qishloqda 
yakka turar joy qurilishini ipoteka krediti asosida 
rivojlantirishning maxsus dasturi qabul qilingan. 
Ushbu dastur o’zining ijobiy natijalarini bera 
boshladi. 
Qishloq joylarida istiqomat qiladigan inson 
bulg’usi turar joy binosining namunaviy loyi-
halaridan birini tanlaydi, hamda shaxsiy mab-
lag’laridan turar joy binosi narxining 25 foizini 
bankga to’laydi va 15 yilga mo’ljallangan imti-
yozli ipoteka kreditiga ega bo’ladi. Imtiyozli 
kreditning mohiyati nimadan iborat? Kredit olu-
vchi nimadan foyda ko’radi? Ularni birin-ketin 
ko’rib chiqamiz. 
1. Kreditga sotib olingan turar joy binosida 
hozirgi kundan boshlab, yashash mumkin. 
2. Kreditning umumiy muddati davomida turar 
joy binosi narxining 50% gacha qo’shimcha narx 
to’laysiz. 
3. Ipoteka kreditini rasmiylashtirishda jis-
moniy shaxslar daromad solig’i bo’yicha imti-
yozga ega bo’ladilar. Kredit summasini to’lashga 
yo’naltirilgan oylik maosh va boshqa daromadlar 
soliq bazasiga kiritilmaydi. 
4. Qishloqda kreditga olingan turar joylar 
kredit oluvchi kredit to’lovlarini to’lig’icha 
bankga qaytarmaguncha undan mol-mulk solig’i 
olinmaydi. 
Shu bilan birga harakatdagi qonunchilikka mu-
vofiq, ipoteka kreditining ijobiy tomonlari bilan 
birga uning kredit oluvchiga ba’zi qo’shimcha 
xarajatlarni keltirishi ko’zga tashlanadi. 
1. Ipoteka shartlnomasini notarial tasdiqlash 
xarajatlari shartnoma narxida 0,1%ni tashkil 
qiladi, lekin ushbu xarajatlar minimal maoshning 
50%dan oshmasligi lozim. 
2. Sug’urta xarajatlari shartnoma narxidan 
0,15%ni tashkil qiladi. 
3. Kredit olishning 2 ta sharti mavjud: bank fo-
izlari to’lovining imtiyozli va imtiyozsiz davrlari 
mavjud. Bir qaraganda uzoq muddatli imtiyozli 
to’lovlar qulaydek tuyuladi. Lekin iqtisodiy tahlil-
lardan teskari holat bo’lishi mumkinligi ham kuza-
tiladi. Ushbu qarorni kredit oluvchi o’ziga tegishli 
xususiy holat uchun alohida tahlil etib, qaror qabul 
qilishi lozim. 
Qishloq joylarida 2009-2015 yillar davomida 
159 ta tumanda maxsus turar joylarini qurish das-
turiga asosan 700 ga yaqin turar joy massivlari va 
30 mingdan ortiq yakka turar joy binolari qurildi. 
Yurtboshimiz tashabbuslari asosida bir necha 
yillardan buyon qishloq aholisining turmush dara-
jasini yaxshilash, zamonaviy qurilish materiallari-
dan foydalanib, qishloqlarda zamonaviy, sifatli 
uy-joylarni qo’rish, ijtimoiy soha ob’yektlarini 
barpo 
qilish, 
qishloqlarning 
yangi 
in-
frato’zilmalarini shakllantirish, pirovard maqsadda 
qishloq aholi dunyoqarashini tubdan o’zgartirish, 
mamlakatimiz qishloqlari qiyofasini butunlay 
yangi bir bosqichga ko’tarishga qaratilgan keng 
qamrovli tadbirlar amalga oshirilishi davom et-
moqda. 
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha 
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi Davlat dasturini 
davom ettirish maqsadida, 2015 yilning 7 yan-
varida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“2015 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar 
bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi 
va 2016 yilgi qurilishning asosiy parametrlari”, 


Мe

morchilik va qurilish muammolari
 
2016 йил, №2 сон 
133 
to’g’risidagi PQ-2282-sonli qarori qabul qilindi. 
Mazkur qarorga asosan 2015 yil dasturiga mu-
vofiq respublikamizning 149 ta qishloq tumanlari-
dagi 292 ta yer massivlarida umumiy maydoni 
1 682,3 ming kv. metr bulgan umumiy qiymati 
1 760,0 mlrd. so’mlik 12 000 ta yakka tartibdagi 
uy-joylar qurilishi amalga oshirildi. 
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 1,2 
mlrd.doll. investisiyalar o’zlashtirildi. 732 km as-
falt avtomobil yo’llari, 1000 dan ortiq ijtimoiy va 
bozor infrastrukturasi ob’yektlari foydalanishga 
topshirildi. Investisiya hajmlari muntazam rav-
ishda ortib bormoqda. 
2016 yilda qishloq joylarida 1 mln. 800 ming 
kvadrat metrdan ziyod hajmdagi 13 mingta uy-joy 
barpo etish uzunligi 900 km ichimlik suvi, gaz va 
elektr 
tarmoqlari, 
325 
km 
yo’l 
qurish 
mo’ljallanmoqda. 
Qurilish bino va inshootlarining hajmini oshib 
borishi bilan zamonaviy qurilish industriyasi rivo-
jlanadi, yangi ish joylari yaratiladi, aholining 
daromadlari va farovonlik darajasi oshib boradi. 
Ipoteka krediti – turar joy binolari qurilishiga 
xususiy investisiyalarni jalb qilishning eng ishon-
chli va jahon tajribasi sinovdan o’tgan usullaridan 
hisoblanadi. Aynan ipoteka aholining yashash 
sharoitini yaxshilash manfaatlarini, tijorat bank-
larini va boshqa kredit beruvchilar manfaatini 
hamma tomonlar uchun qulay uyg’unlashtiradi. 
Ishlab chiqarishni va qurilish kompleksini hamda 
iqtisodiy o’sish tarafdori bo’lgan davlatning 
samarali faoliyat ko’rsatishiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Lekin unutmaslik kerakki, hayot 
to’xtab qolgan emas, shu sababli turar joy ipoteka 
kreditining huquqiy asoslarini takomillashtirish va 
turar joy binolari qurilishi institutlarining faoli-
yatini muntazam ravishda rivojlantirish lozim. 

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish