Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz vatanimiz ta-
raqqiyot va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish-
dir. Toshkent. O’zbekiston, 2010y.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas
kuch. Toshkent. O’zbekiston, 2009y.
3. Баринов В.А., Харченко В.Л. Стратегический
менеджмент. – М.: Инфра-М., 2006г.
4. Веснин В.Р. Стратегический менеджмент. –
М.: МГИУ, 2007г.
5. Виханский О. С. - Стратегическое управле-
ние. - М.: Гардарика, 2010г.
6. Волкогонова О.Д., Зуб А.Т. Стратегический
менеджмент. – М.: Форум/ Инфра-М, 2007г.
7. U.A. Muxammadiyev, A.N. Jabriyev, A.B. Bek-
temirov «Strategik menejment». O’quv qo’llanma.
Toshkent. 2010.
УДК. 65.9.J-13
TURAR JOY BINOLARINI QURILISHIDA IPOTEKA KREDITIDAN
FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Jabriyev A.N., рrofessor; Muxammadiyev O’.A. dotsent (SamDAQI).
В статье россмотрены вапросы ипотечного кредитования, как одного из самых надежных и проверенных
в мировой практике способов привлечения частных инвестиций в жилищную сферу. Именно ипотека позво-
ляет наиболее выгодно сочетать интересы населения в улучшении жилищных условий, коммерческих бан-
ков и других кредиторов в эффектной и прибыльной работе, строительного комплекса в ритмичной загрузке
производства и, конечно же государства.
Mortgage crediting is one of the most reliable and verified in the world practice ways of attracting private in-
vestments in house building sphere. It is mortgage which allows to combine most profitably the interests of popula-
tion in improving living conditions, commercial banks and other creditors in the effective and profitable work of a
constructive complex in the rhythmical job of the production and as well as the state.
XX asrning mashhur siyosiy va davlat arbobin-
ing fikrini qisman o’zgartirsak “...ipoteka turar joy
binolarini yaratishni tashkil qilishning eng yaxshi
shakli emas, lekin insoniyat bundan yaxshisini
o’ylab topgan emas”, degan xulosa kelib chiqadi.
2008 yildagi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini
xususan “ipoteka krediti” bilan bog’lanishi un-
chalik to’g’ri emas. Chunki ushbu inqirozning
asosiy sababi ipoteka emas, balki ipoteka krediti
beriladigan ko’chmas mulkni real narxidan bir
necha
bor
yuqori
narxlarda
qimmatbaho
qog’ozlarni muomilaga chiqargan banklardir.
Ipoteka – bu ko’chmas mulkni garovga qo’yib,
bankdan qarzga olinadigan pul hisoblanadi.
Bugungi kunda esa nisbatan qisqa muddatlarda
ko’chmas mulkka ega bo’lish imkoniyatidir.
Ko’chmas mulkni to’liq narxini to’lashga qara-
ganda uni kreditga olish osonroq. Ipoteka kreditini
15 (ba’zi mamlakatlarda 30) yilgacha to’lash
mumkin. Agar ushbu davrda bizning daromad-
larimiz
oshsa,
kreditni
muddatidan
oldin
to’lashimiz mumkin. Ipoteka kreditining paydo
bo’lish vaqti va joyi turlicha ko’rsatilgan adabi-
yotlar mavjud, shu sababli ipoteka krediti bilan
boqliq
tarixga
va
atamalarga
to’xtalib
o’tirmaymiz.
Ma’lumki, ipoteka krediti va oddiy kredit
mavjud. Ushbu ikki tushuncha o’rtasida qanday
farq bor? Agar bank turar joy sotib olish uchun
kredit berish jarayonida garovga hech narsa talab
qilmasa, demak bu ipoteka emas. Ipoteka krediti
yoki oddiy kredit yaxshimi, degan savol to’g’iladi.
Iste’molchi uchun, albatta oddiy kredit, bank
uchun esa ipoteka krediti yaxshi. Ipoteka kreditin-
ing xususiyatlari:
1. Ipoteka rasmiylashtirilsa, ko’chmas mulk
kredit oluvchining ixtiyorida qoladi. Agar keyin-
chalik kredit olgan shaxs kreditni to’lash qobili-
yatiga ega bo’lmay qolsa, kredit beruvchi garovga
qo’yilgan obyektni sotish huquqiga ega bo’ladi;
2. Ipoteka bizning mamlakatimizda uzoq mud-
datga (15 yilga) beriladi;
3. Odatda banklar ushbu kredit turi bo’yicha
mijozlarga pastroq foizlarni taklif qiladi. Ushbu
stavka qishloq joylarida yillik 7%ni tashkil qiladi.
4. Shartnoma notarial rasmiylashtiriladi va
davlat registrasiyasidan o’tadi.
Ipotekadan amalda foydalanish quyidagi ta-
moyillarga asoslanadi:
1.
Vaqt o’tishi bilan ko’chmas mulk
narxining oshib borishi natijasida uning likvidlik
darajasini oshishi qarzni o’z vaqtida qaytarilishini
ta’minlaydi.
2.
Tuziladigan shartnomalarning shaffof-
ligi, shartnoma tuzadigan tomonlarning zaruriy
axborotlarni olishi mumkinligi;
3.
Garov sifatida aniq bir mulk – moddiy
boylik qo’yiladi.
Ipoteka kreditining jahon tajribasidan bir necha
yo’nalishlarini qarab chiqamiz. Yevropada nemis
kredit sistemasi keng tarqalgan bo’lib, unga mu-
vofiq ixtisoslashgan qurilish- ipoteka muassasalari
Do'stlaringiz bilan baham: |