4-mavzu: islom ta’limoti asoslari reja



Download 459,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana09.03.2023
Hajmi459,66 Kb.
#917286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-MAVZU ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI

Hadisi Sharif. 
Hadis – lug‘atda «so‘z, xabar, hikoya; 
Yangi
» kabi ma’nolarni anglatadi. 
Istilohda esa - Muhammad a.s.ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, taqrirlari (ko‘rib qaytarmagan 
ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni o‘zida mujassam qilgan xabar va rivoyatlardir. 
Hadislar islom dini ta’limoti va qonunlari uchun, ba’zi mazhablar nazdida, Qur’ondan keyingi 
ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislar tarkib jihatidan ikki qismdan: aynan xabar beruvchi 
matn
va 
uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – 
isnoddan
iborat. 
Hadislar o‘zidagi ma’lumot xarakteriga qarab xilma-xildir: 
-
al-hadis al-qudsiy (bu kabi hadisda ma’no – Allohdan, lafz – Payg‘ambardan deb 
hisoblanadi); 
-
al-hadis an-nabaviy (bunda ma’no ham, lafz ham Payg‘ambarniki deb hisoblanadi) 
va boshqalar. 
Hadislar ilk davrda faqat og‘zaki ravishda avloddan-avlodga uzatilar edi. Hadislarni yozib 
olmaslik haqidagi Payg‘ambar va xalifalarning ko‘rsatmalari, asosan, ilk islom davriga taalluqli 
edi. Keyingi davrda paydo bo‘lgan muhaddislarning fikricha, Payg‘ambar o‘z so‘zlarini yozib 
olishdan odamlarni qaytarishlariga sabab – hadislar Qur’on oyatlariga aralashib ketmasligi edi. 
Boshqa hadisda esa Payg‘ambar o‘z og‘izlariga ishora qilib: «Bu og‘izdan faqatgina haq so‘z 
chiqadi» – deya, o‘z so‘zlarini yozib olishga buyurganliklari haqida rivoyat qilingan. 
VII – VIII asrlarda musulmon siyosiy guruhlari o‘rtasidagi shiddatli kurash davomida, taqiqga 
qaramasdan, juda ko‘p sonli hadislar dunyoga kela boshladi. Bunga javoban 
ilm al-jarh va-t-ta’dil
(hadislarni tanqid qilib o‘rganuvchi) maxsus fani paydo bo‘lib, rivojlana boshladi. 
Keyinchalik soni tobora osha borgan hadislar alohida to‘plamlarga yig‘ila boshlandi. Ularda 
maxsus tekshirish orqali tanlab olingan hadislar jamlana boshladi. Shunday ilk to‘plamlardan biri 
Madinadagi Urva ibn az-Zubayrga (vaf. 94/712 yoki 99/717 y. ) va ikkinchisi Suriyaga ko‘chib 
ketgan Muhammad ibn Muslim az-Zuhriyga (vaf. 741 y. ) tegishli. 
Ilk tuzilgan to‘plamlar har bir sahoba nomidan rivoyat qilingan hadislarni o‘zida jam 
qilganligi uchun 
musnad
deb ataladi. Keyingi davrlarda tuzilgan at-Tayolisiy (vaf. 818 y.) va 
Ahmad ibn Hanbalning (vaf. 855 y.) to‘plamlari mazkur uslubda yozilgan. Biroq undan 
foydalanish ancha noqulay. Chunki bunda bir mavzu haqida ma’lumot olish uchun bir necha 
to‘plamlarni ko‘rib chiqish kerak. 
Ikkinchi turdagi to‘plamlarda hadislar shu paytgacha shakllanib ulgurgan fiqh fani mavzulari 
bo‘yicha joylashtirildi. Bu turdagi to‘plamlarga Madina regional fiqh maktabi vakili Molik ibn 
Anasning (vaf. 795 y.) «al-Muvatto» asari misol bo‘la oladi. 
IX asr mavjud hadis to‘plamlari qayta ishlangan holda ularni boblar bo‘yicha tasnif qilib
musannaflar
yozish davri bo‘ldi. Musannaflar tuzilishi mobaynida hadislar, asosan ularning 
isnodlari tanqidiy o‘rganilib, 
sahih 
(ishonchli)lari 
hasan
va 
zaif 
(ishonchsiz)laridan ajratildi. Islom 
olamida shunday musannaflardan oltitasi XII – XIII asrlardan boshlab alohida e’tiborga molik deb 
sanala boshlandi. Ular orasida katta nufuzga ega bo‘lgan Imom al-Buxoriy (v. 870 y.) va Imom 
Muslimning (v. 875 y.) «al-Jomi’ as-sahih» to‘plamlari; undan keyingi muhim to‘plamlar: Abu 
Dovud, at-Termiziy (v. 892 y.), an-Nasoiy (v. 915 y.) va Ibn Mojjaning (v. 886 y.) «as-Sunan» 
asarlaridir. «Al-Jomi’ as-sahih» kitoblari o‘z ichiga biografik ma’lumotlar, Qur’on oyatlariga 
tafsirlar, diniy qonun-qoidalar, ijtimoiy va shaxsiy axloq mezonlarini qamrab oluvchi hadislarni 
jamlagan. «Al-Jomi’ as-sahih»ning ishonchlilik darajasi sunniylar orasida boshqa to‘plamlardan 
ko‘ra yuqoriroq hisoblanadi. 
Yana sunniy muhaddislar qatorida Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon ad-Dorimiy Samarqandiyni 
(798-869) aytib o‘tish joiz. Bu olim Samarqandda yashab ijod etgan bo‘lib, hadis ilmini 
rivojlantirishga o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Imom ad-Dorimiy «as-Sunan» to‘plami 
tuzuvchisidir. 
Keyinchalik islom olamida turli darajadagi soxta hadislarning ko‘payib ketishi muhaddis-
olimlar oldiga katta mas’uliyatli vazifani – mana shu to‘qima va sahih hadislarni ajratib berish 


vazifasini qo‘ydi. Qissanavislar (

Download 459,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish