4-mavzu: islom ta’limoti asoslari reja



Download 459,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana09.03.2023
Hajmi459,66 Kb.
#917286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-MAVZU ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI



4-MAVZU: ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI 
REJA: 
1.
Islom ta’limoti 
2.
Qur’on va hadis - Islom dinining asosiy manbalari 
3.
Diniy amallar kategoriyasi
4.
Moturidiya va Ash’ariya ta’limotlari.
Tayanch so‘z va iboralar: 
Islom,Nabiy, Rasul, Qur’on, hadis, diniy amallar, namoz,zakot, 
ro’za, haj, ta’limot, Jannat, Do’zax.
MA’RUZA MATNI 
 
ISLOM TA’LIMOTI. 
Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Osiyo qit’asidagi Eron, Pokiston, 
Afg‘oniston, Turkiya, kabi ko‘pgina davlatlar, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Afrika 
qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar 
xalqlari, Efiopiya, Sudan, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin 
aholisining ma’lum bir qismi, Yevropa qit’asida esa Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning 
bir bo‘lagi islomga e’tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkaze va Shimoliy Kavkaz, 
Volgabo‘yi, G‘arbiy Sibir va boshqa ayrim rayonlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va 
turmushida mavjud bo‘lib, bu xalqlar turmush tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Yer yuzida 
Islomga e’tiqod qiluvchilar, ya’ni musulmonlar qariyb 1,5 milliardga yetadi va ular soni jihatidan 
xristianlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. 
Islom
so‘zining arab tilidagi lug‘aviy ma’nosi – 
taslim bo‘lish

bo‘ysunish,
istilohda esa 
yagona Allohga bo‘ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha Muhammad a.s. 
avvalgi (O‘rta Yer dengizi havzasi sivilizatsiyasida ma’lum bo‘lgan) payg‘ambarlar ishini davom 
ettirgan, ular dinini qayta tiklagan
qiyomat
oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (
Xotam al-
anbiyo’
) – nabiy va rasul deb tan olinadi. 
«Nabiy» – arab tilida xabarchi, xabar yetkazuvchi ma’nolarini beradi. Payg‘ambarlar orasida 
ularga Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg‘ambarning kitob 
va shariatini insonlarga targ‘ib qilganlari nabiylar deb ataladi (Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Zakariyo 
kabi).
«Rasul» – arab tilida elchi ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat 
berilgan payg‘ambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi. Masalan, Ibrohim, Muso, ‘Iso 
kabilar. Muhammad a.s. ham kitob va shariat berilgan payg‘ambarlardan bo‘lib, unga Qur’oni 
karim nozil qilingan va unda maxsus shariat berilgan. 
Islom dini har bir o‘zini musulmon deb atagan kishiga din arkonlari deb atalgan quyidagi besh 
vazifani yuklaydi: 1) Allohning yagona iloh ekanligiga va Muhammad a.s. uning payg‘ambari 
ekanligiga guvohlik berish 2) kuniga besh mahal namoz o‘qish 3) miqdoriga yetganda o‘z molidan 
zakot berish 4) har yili Ramazon oyida ro‘za tutish 5) qodir bo‘lsa umrida bir marta haj qilish. 
Islomning asosiy ruknlari quyidagilardir: 
1)
imon; 
2)
namoz; 
3)
zakot; 
4)
ro‘za; 
5)
haj. 

Download 459,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish