Hadislar
sahih
(
ishonarli
),
hasan
(
yaxshi
),
zaif
(
ishonchsiz
),
saqim
(
kasal
)
va boshqa turlarga
ajratildi. Masalan, sunniylikda
sahih
hadislar darajalari bo‘yicha yetti xilga bo‘lindi:
1) Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirgan;
2) faqat Imom Buxoriy keltirgan;
3)
faqat Imom Muslim keltirgan;
4) ikkala muhaddis ham keltirmagan, balki ularning shartlari bo‘yicha rivoyat
qilingan;
5) Imom Buxoriy shartlari bo‘yicha rivoyat qilingan;
6) Imom Muslim shartlari bo‘yicha rivoyat qilingan;
7) boshqa ulamolar tomonidan tasdiqlangan hadislar.
Quyidagi isnodga tegishli texnik terminlar barcha ulamolar tomonidan bir xilda talqin
qilinmasa-da, asta-sekin ular barqaror istilohga aylanib bordi. O‘rganish qulay bo‘lishi uchun
ularni besh guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin:
I.
Roviylarning soniga ko‘ra:
mutavotir, mashhur, mustafid, aziz, g‘arib, fard, shozz, ohod
hadislar
;
II.
Isnodning tabiatiga ko‘ra:
muttasil marfu’, muttasil mavquf, musnad, maqtu’, munqati’,
munfasil, muallaq, mursal, mu’allal yoki ma’lul
hadislar
;
III.
Matn yoki isnodning asosiy xususiyatlariga ko‘ra:
ziyodot as-siqot, mu’an’an, musalsal,
mudallas, mubham, maqlub, mudraj, mudtarib, isnod oli
hadislar
;
IV.
Hadislarning qabul qilish uchun yaroqliligiga ko‘ra:
ma’ruf
,
munkar
,
majhul
,
maqbul
,
mahfuz
hadislar
;
V.
Hadislarning inkor etilishiga ko‘ra:
munkar
,
mardud
,
matruk
,
matruh
hadislar.
Hadislarni o‘rganish fani
ulum al-hadis
(
hadis ilmlari
) deb ataladi. Bu ilmiy sohada ko‘plab
asarlar yaratildi. Ular orasida eng avvalgi davrda yozilgan, boshqalariga nisbatan har tomonlama
mukammal deb hisoblangan asar Abu Muhammad ar-Romahurmuziyning (vaf. 971 y. ) yetti jildli
«al-Muhaddis al-fosil bayn ar-roviy va-l-vo’iy» kitobidir. Undan keyingi o‘rinda al-Hokim an-
Nishopuriyning «Ma’rifat ulum al-hadis», Ibn as-Salohning «Ulum al-hadis» nomli asarlari turadi.
Bu fan hadislar va roviylar tasnifi, sahoba va ularning o‘quvchilari –
tobi’un
larni bilish, hadislarni
rivoyat qilish, yozib olish, ulardagi xatoliklarni to‘g‘rilash, isnodda kelgan birinchidan tortib oxirgi
roviylarning yashagan yillarini o‘rganishdan iborat maxsus bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Hadis
ko‘pincha
sunna
so‘zi bilan ham yonma-yon keladi. Sunna so‘zining lug‘aviy ma’nosi
– «odat», «tariqa», «yo‘l» bo‘lib, istilohda Payg‘ambar odatlari, tutgan yo‘li, taqrir (ko‘rib
qaytarmagan) va buyurgan ishlariga nisbatan qo‘llaniladi. Boshqacha qilib aytganda,
bu istiloh
Payg‘ambar turmush tarzini anglatadi.
90-yillardan boshlab Vatanimizda madaniy, ma’naviy va diniy tarix, uni chuqur tadqiq etishga
keng yo‘l ochildi. Mamlakatimizda hadislarni o‘rganish bo‘yicha qisqa muddat ichida talay ishlar
amalga oshirildi. «Axloq-odobga oid hadis namunalari», «al-Adab al-mufrad», «Ming bir hadis»,
to‘rt jilddan iborat «al-Jomi’ as-sahih»ning tarjimasi nashr etildi. Xususan, t.f.d. Ubaydulla
Uvatov, t.f.n. B.I. Eshonjonov, N. Mirmahmudov kabi tadqiqotchi-olimlarimiz tomonidan Imom
al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom Muslim kabi bir qator muhaddis- ulamolar hayoti,
ilmiy
faoliyatlari yoritildi. Bu yo‘lda ilmiy izlanishlar olib borilib, maqola, risola va kitoblar nashr
ettirildi.
Vazirlar Mahkamasi buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy ilmiy-diniy merosining xalqimiz
ma’naviy-ruhiy hayotidagi beqiyos o‘rnini
hisobga olib, jamiyatning barkamol kishilarini
tarbiyalashda undan oqilona foydalanishga shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1997 yil 29
aprelida «1998 yilda Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini
mamlakatimizda keng nishonlanishi haqida» qaror qabul qildi. Bu qaror asosida buyuk
muhaddisning yubiley to‘yi mamlakatimiz miqyosida nishonlandi.
1998 yili mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan «Imom al-Buxoriy»
xalqaro jamg‘armasi tashkil etildi. Bu jamg‘arma qisqa muddat ichida salmoqli ishlarni amalga
oshirdi. Jumladan, 2000 yildan «Imom al-Buxoriy saboqlari» ma’naviy-ma’rifiy,
ilmiy-adabiy
jurnali prof. Z.I. Munavvarov muharrirligida muntazam ravishda nashr etilmoqda. Unda