qussoslar
) inkor etib bo‘lmaydigan isnodlar bilan hadislar to‘qish
bobida eng «ilg‘or» kishilar bo‘lib, bu hikoyalari uchun sodda kishilar ularga yaxshigina haq to‘lar
edilar. Ko‘pchilik soxta hadislarni osonlikcha aniqlash mumkin edi. Hadislar turli maqsadlarda
to‘qilar edi. Ba’zilar siyosiy manfaatlar yo‘lida, ijtimoiy mafkuralarni tarqatish maqsadida
Yangi
hadis to‘qisalar va mashhur hadislarni qisman o‘zgartirsalar, boshqalar o‘z shaxsiy manfaatlarini
o‘ylab turli hadislarni muomalaga kiritdilar.
Xususan, hadislar orasida to‘qima hikoyalar ko‘p uchraydi. Ularda Arabistondan uzoqdagi
keyin bosib olingan o‘lkalar (masalan, Buxoro, Samarqand, O‘sh) va hatto Payg‘ambar davrida
hali asos solinmagan shaharlar, keyinchalik paydo bo‘lgan masalalar, mavzular haqida so‘z boradi.
Islom tarixining navbatdagi bosqichlarida vujudga kelgan
xorijiy, murji’iy, qadariy, jahmiy, shia,
abbosiy
kabi oqim va guruhlar haqida gapiriladi. Umaviylar (661-749), Abbosiylar (749-1258) va
Alaviylarning «benuqson» xalifalari, imomlari, ularning bobokalonlari Payg‘ambarning
«hamfikr» yordamchilari sifatida zikr qilinadilar.
Turli kishilarning hadis to‘qishga bo‘lgan urinishlari hadislarning jamiyat hayotida, undagi
nufuz, muayyan siyosiy-ijtimoiy maqsadlarga erishishda naqadar katta ahamiyatga ega
bo‘lganligini isbotlaydi. Hadislar islom ta’limoti rivoji va uning turli davr, mintaqalardagi
ko‘rinishlarini o‘rganishda qimmatli manbadir.
VIII – XII asrlar Movarounnahrda hadis ilmi sohasida olg‘a siljish davri bo‘ldi. Bu davrda
yashagan olimlar faqatgina ma’lum bir chegaralangan doirada ijod qilish bilan kifoyalanmay, balki
imkon qadar ilmning ko‘proq qirralariga ega bo‘lishga intilganlar. Shunga ko‘ra biror olim,
masalan, faqatgina mufassir yoki faqihning o‘zi emas, balki bir vaqtning o‘zida muhaddis ham
bo‘lgan. Chunki bu davrda, yuqorida aytib o‘tilgandek, diniy ixtiloflar kuchaygan edi. Shunga
ko‘ra ulamolar mavjud ixtiloflarning oldini olish, bartaraf etish uchun har taraflama kuchli bilimga
ega bo‘lishlari talab qilingan.
Hadis sohasida keyinchalik
kompilyativ
(ko‘chirma) ishlar ham ko‘payib bordi. Ular mazkur
olti to‘plam darajasiga ko‘tarilmasa-da, o‘quv jarayonida asosiy qo‘llanmalar sifatida
foydalanilardi. Ulardan al-Bag‘aviyning «Masobih as-sunna» va yana xalq orasida ommalashib
ketgan Valiy ad-din al-Xatib at-Tabriziyning «Mishkot al-masobih» asarlarini aytib o‘tish
mumkin. Hadis to‘plamlariga ham ko‘plab sharhlar yozildi. «Arba’un» («qirqlik») janridagi hadis
to‘plamlari tuzish xalq orasida sharafli va sevimli ishga aylandi. Masalan, Abdurrahmon Jomiy
(vaf. 1492 y.), Alisher Navoiylar (vaf. 1501 y.) ham hadislarni she’riy usulda tarjima qilib, o‘z
«Arba’un»larini yaratdilar. Shu bilan birgalikda turli manbalardan hadislar jamlanib, turli
mavzular bo‘yicha
Yangi
to‘plamlar ham yaratilib turdi.
Yuqorida zikr etilgan asarlar asosan sunniylikka taalluqlidir. Shialar faqatgina Ali (656-661)
va uning tarafdorlari vositasida rivoyat qilingan
xabar
lar (hadislar)ni o‘z ichiga olgan manbalarga
tayanadilar. Ularda
Shialik
ta’limoti talablariga javob beradigan rivoyatlar jamlangan. Bunday
asarlar qatoriga Abu Ja’far Muhammad ibn Ya’qub al-Kuliniyning (vaf. 939 y. ) «al-Kofi fi ilm
ad-din», al-Bobuya al-Qummiy nomi bilan mashhur Abu Ja’far Muhammad ibn Alining (vaf. 991
y. ) «Kitob man lo yahzuruhu al-faqih», Abu Ja’far Muhammad ibn al-Hasan at-Tusiyning (vaf.
1067-68 y.) «Tahzib al-ahkom» va keyinchalik undan muxtasar qilgan «al-Ibtisor fi-mo-xtulifa fih
min al-axbor» asarlari kiradi. Ular ham sunniylik to‘plamlaridagi aynan o‘xshash mavzularni o‘z
ichiga olgan kitoblardir.
Hadis ilmi taraqqiyotida ayollarning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Hadislarni rivoyat qilgan
roviylar haqida xabar beruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |