149
Birja opsionlaridan farqli ravishda,
uning muhim parametrlariga
nisbatan axborotning har tomonlama ochiqligi bilan tavsiflanib,
dilerlik opsionlari yoki toʻgʻridan toʻgʻri sotiladi yoki dilerlik tarmogʻi
orqali sotiladi. Har qanday holatda ham opsionlar bilan amalga
oshiriladigan barcha bitimlar tegishli hisobotni taqdim etish bilan birga
kechishi kerak, bu esa opsion bitim shartlarini bajarilishini kafolatlashi
va ishtirokchilarning xatarlarini kamaytirishi kerak. Fyucherslar va
opsionlar bilan (qogʻozdagi oltin) savdo qilish sariq metallni xarid
qilish-sotish aylanmasidan koʻp karra yuqoriroqdir (ular faqat bir
necha foizni tashkil etadi). Shu bilan birga,
tabiiy oltin bozoriga
iqtisodiy maʼno boʻyicha ikkilamchi boʻlgan hosilaviy vositalar
industriyasi keyingi vaqtlarda hajmi koʻp karra ortiq boʻlgani tufayli
baza aktivining narx dinamikasiga ulkan taʼsir koʻrsatadi. Oltin bilan
birja bitimilari ishtirokchilari bozorning yuqori darajada oʻzgaruv-
chanligidan manfaatdorlar, chunki bu daromadni oshirish imkonini
yaratadi. Aynan spekulyantlarning harakatlari koʻpincha bozorning
harakatini keskin kuchaytiradi. 1980
yilda oltin narxining misli
koʻrilmagan darajada koʻtarilib ketishi va 1997-1999 yillarda keskin
tushib ketishi koʻp jihatdan ana shu holat bilan izohlanadi.
Odatda, oltin narxi jahon iqtisodiyotidagi vaziyatga bogʻliq
boʻladi. Undan tashqari, oltinning qiymati doim muqobil investitsion
vositalarning samaradorligi yoki zararli ekanligining indikatori
boʻlgan. Mablagʻlarning aylanishi oʻsgan, shuningdek oltin kapitali
oʻsishining turli xil vositalari keng qoʻllanilgan davrda oltin tabiiy
ravishda narxi mos holda tushgan edi.
Aksincha, iqtisodiyot
stagnatsiyasi holatida, uning orqaga ketishi yoki retsessiyasi pastida
oltin investorlar tomonidan kapitalni qayd etishning va uning bundan
keyingi saqlanishining eng barqaror va likvid vositasi sifatida idrok
qilingan edi. Bu yerda valyuta bozori bilan oʻxshashlikni qayd etish va
oltinni shveysariya franki bilan taqqoslash mumkin boʻlib, bu valyuta
oʻzgarishlarini kutib oʻtkazish mumkin boʻlgan bufer sifatida
hisoblangan. Boshqacha aytganda, bozorda “buqalar”
hukmronlik
qilganda, ehtiyoj ortadi va iqtisodning barcha sektorlarini oʻz ketidan
tortadi, oltin soyaga oʻtadi. Lekin faqat vaqtincha... Biroq,
iqtisodiyotning hamma oʻzgarishlari ham global umumjahon tavsifga
ega boʻlavermaydi. Misol uchun, ikki tanazzulli vaziyatni tahlil
150
qilamiz: biri Rossiyada 1998 yilda yuzaga keldi; ikkinchisi hozir
kechmoqda va butun jahon hamjamiyatida aks etmoqda.
1998 yilning avgust oyida Rossiya ancha qiyin davrni boshidan
oʻtkazdi: davlat qisqa muddatli obligatsiyalari narxining tushishi, neft
inqirozi, shuningdek buning
ketidan yuz bergan rublning
devalvatsiyasi har bir kishiga taʼsir koʻrsatdi. Shunda rossiyaliklar oʻz
jamgʻarmalarini saqlab qolish uchun banklarda mavjud boʻlgan barcha
oltinni sotib olishdi va yutqazishmadi. 1998 yilning avgustidan
boshlab, oltinning bir unsiyasi narxi uch martadan ortiq koʻtarildi.
Hatto oʻsha vaqtlar undiriladigan 20% QQSni hisobga olganda ham
oltin investorlarning ishonchini oqladi. Biroq oʻsha vaqtda jismoniy
shaxslar oltinni faqat oʻz mamlakatlari banklaridan sotib olish
imkoniyatiga ega edilar. Bunda oltinning unsiyasi qiymati aynan ichki
bozorda shakllanar edi, unda uning narxi yetkazib beruvchilarning
cheklanganligi va Rossiya ichida talabning
yuqoriligi tufayli umum-
jahon darajasidan mos ravishda yuqori boʻlgan. Hozir esa rossiyaliklar
uchun inqirozning mahalliyligiga bogʻliq boʻlmagan holda jahonning
ochiq bozorida oltinni sotib olish uchun barcha imkoniyatlar bor. Bu
Rossiyada moliyaviy va birja institutlarining rivojlanishi tufayligina
mumkin boʻlmay, balki xalqaro bozorlardagi chiqish imkoniyatini
taqdim etuvchi koʻp sonli brokerlarning paydo boʻlishi bilan ham
mumkin boʻldi.
2008 yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi birmuncha funda-
mental xususiyatga ega. U turli xil mamlakatlarning faqat iqtisodiyo-
tigagina singib kirmay, balki retsessiyani ham vujudga keltiradi.
Shuning uchun oltinni xarid qilish ham jamgʻarmalarini
saqlab
qolishning eng ishonchli usullaridan biri sifatida qaraladi.
Oltinning qiymatiga boshqa omillar ham shubhasiz taʼsir koʻr-
satadi. Masalan, dollar va neftning qiymati. Bunda oltin qiymatining
dinamikasi dollar kursi bilan teskari bogʻlanishda, neft narxlari bilan
esa toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanishda boʻladi. Buning sababi shu bilan
izohlanadiki, valyuta bozorining oʻzgʻaruvchanligida va dollar
kursining pasayishida oltin yana muqobil investitsion gavan sifatida
ishtirok etadi. Neftga keladigan boʻlsak, u holda bir barel neft
narxining oʻsishida oltin neftdollarlarini
ishlab chiqarish vositasi
sifatida ishtirok etadi.