O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi


 Oltin bozori amal qilish mexanizmi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

9.2. Oltin bozori amal qilish mexanizmi
42
 
Hozir deyarli har bir manfaatdor kishi jahon oltin bozoriga kirish 
va oʻz mablagʻlarini bu qimmatbaho metallga sarflashi mumkin. 
Bunda oltin faqat moddiy yuk tarzida emas, balki foizli depozit sifatida 
ham ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, oltindan sezilarli 
daromad keltiruvchi shoshilinch bitimlarda foydalaniladi. Ayniqsa 
inqirozli vaziyatlar davrida, yigʻilgan mablagʻlarning boshqa vositalari 
va mablagʻlarini investitsiya qilish kerakli samarani koʻrsatmasa, 
oltinga investitsiya qilish nisbatan risksiz hisoblanadi. 
Oltin kapitalni, boylikni yoki farovonlikni oʻlchashning eng eski 
va samarali oʻlchovi hisoblanadi. Oltin bilan birga shu maqsadlarda 
boshqa rangli metallardan ham foydalanilgan. Insoniyat tarixi davomid 
uzoq davrlar mobaynida oltin pul vazifasini bajarib keldi, keyin pul 
ekvivalenti boʻlib hisolana boshladi. XIX-XX asrlarda iqtisodiyotning 
41
https://www.instaforex.com/oz/gold 
42
Mazkur paragraf https://www.instaforex.com/oz/gold sayti ma’lumotlari asosida kiritildi. 


143 
rivojlanishiga uning negizida qaror topgan “Oltin standarti” tizimi 
katta taʼsir koʻrsatdi. Oltin oldida milliy chegaralar ham chekindi va 
XX asrning taxminan 70-yillarigacha u jahon valyuta tizimining asosi 
boʻlib xizmat qildi, shu munosabat bilan qimmatli metallar bilan 
bajariladigan operatsiyalar qattiq nazoratga olingan edi. Asosan 
operatsiyalar monitar siyosat, davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari 
darajasida amalga oshirilar edi. Biroq tizimda toʻplanib qolgan 
ziddiyatlar natijasida sifat jihatidan oʻzgarishlar yuz berdi va valyuta 
kurslari qatʼiy belgilangan kurslardan oʻzgaruvchi kurslarga aylandi. 
Natijada, oltinning roli oʻzgardi, yuridik jihatdan u jahon valyuta 
aylanmasidan chiqib ketdi. Oltin bilan bitimlarning liberallashuvi 
boshlandi, xususiy shaxslarning metallga egalik qilish huquqi 
kengaydi. Qimmatli metallar bozori butunlay oʻzgarib ketdi, bozorning 
tuzilmasi ham, uning ishtirokchilari tarkibi ham, bozordagi 
operatsiyalar spektri ham oʻzgardi. Hozir oltin toʻlov vositasi sifatida 
boshqa ishlatilmaydi, biroq u iqtisodiy munosabatlar tizimini tark 
etgani ham yoʻq. Bugungi kunga kelib jahon oltin bozori davlat 
tomonidan juda kam tartibga solinadigan ichki va xalqaro bozorlar 
yigʻindisidan iborat. Bu qimmatbaho metallning oʻzi bilan ham, 
hosilaviy vositalar bilan ham kunu-tun va global savdo qilishni 
taʼminlaydi. Jahon oltin bozorida talab tuzilmasini shartli ravishda 
uchta sektorga ajratish mumkin – barcha darajalarda tezavratsiya, 
sanoat-maishiy isteʼmol, chayqovchilik bitimlari. Taklif yangi qazib 
olingan qimmatli metallar, xususiy va davlat zaxiralarini sotishdan, 
ikkilamchi oltinni boʻlgan xomashyoni qayta ishlash va kontrabanda-
dan iborat. Taklifning asosiy manbalari yangi oltinni ishlab chiqaruv-
chilar, asosiy xaridorlar - uni sanoat maqsadlarida foydalanuvchilar 
hisoblanadi. Bularning ikkalasi ham turli omillar munosabati bilan 
bozorda muntazam paydo boʻlmaydi. Ammo qimmatli metallar bozo-
ridagi koʻtarilishlar va tushishlar toʻgʻrisida biz keyinroq gaplashamiz. 
Xalqaro oltin bozorlari Syurix, Gonkong, London, Nyu-York, 
Dubay kabi shaharlarda joylashgan. Xalqaro bozorlarning uncha koʻp 
boʻlmagan ishtirokchilariga nisbatan yuqori talablar qoʻyiladi. Bunday 
ishtirokchilar odatda obroʻsi yuqori va moliyaviy ahvoli yaxshi 
boʻlgan ixtisoslashgan kompaniyalar va yirik banklardir. Qimmatbaho 
metallar bilan yirik operatsiyalar bozorlarda kunu-tun oʻtkaziladi, bu 


144 
esa oltinga aloqasi boʻlgan keng tarmoqlangan mijozlar tarmogʻi bilan 
taʼminlanadi. Operatsiyalar qatʼiy tartibga solinmagan, qoidalarni 
bozor ishtirokchilarining oʻzlari belgilashadi. Oltinning ichki bozorlari 
- bular bitta yoki bir nechta mamlakatning bozorlari boʻlib, ular asosan 
mahalliy investorlarga moʻljallangan. Ular erkin va tartibga solinuvchi 
bozorlarga boʻlinadi. Erkin bozorlarga koʻpchilik Yevropa bozorlari, 
masalan, Milan, Parij, Amsterdam, Frankfurt-na-Maynedagi bozorlar 
kiradi. Tartibga solinuvchi bozorlarga – koʻpchilik uchinchi dunyo 
mamlakatlari bozorlari kiradi. Ichki bozorlarda bitimlar asosan mayda 
quymalar va tangalar bilan amalga oshiriladi, hisob-kitob vositasi 
sifatida esa mahalliy valyutalar ishtirok etadi. Qora bozorlar toifasiga 
Osiyo qitʼasidagi ayrim mamlakatlarning oltin bozorlari kiradi. 
Ularning vujudga kelishi oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirishga 
yoppasiga davlatlar tomonidan cheklashlar kiritilishi bilan bogʻliq. 
Qora bozorlar yopiq bozorlar bilan parallel ravishda mavjuddir. Qora 
bozorlar - bu radikal tarzda tashkil etilgan ichki bozorlarning bir shakli 
boʻlib, bu yerda oltinni olib kirish/olib chiqish taqiqlangan va soliq 
tartibi tufayli qimmatli metallar bilan savdo qilish ichki narxlar jahon 
narxlaridan ortiq boʻlgani sababli foyda keltirmaydi. 
Tabiiy oltin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning eng katta 
hajmi London va Syurixga toʻgʻri keladi. Dastlab oltin bilan savdo 
qilishning katta qismi Londonga toʻgʻri kelar edi, bunga, xususan, 
metallni Britaniya hamkor mamlakatlaridan (avvalo, JARdan) yetkazib 
berilishi imkoni bo‘lgan. Oltin Londondan Yevropa qitʼasiga, u yerdan 
Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlariga koʻchirilar edi. 
Metallni oldi-sotdi qilishning joriy operatsiyalari bitim tuzilgan 
kundan keyin 2 ish kunida valyutalash sanasi (metall va valyutani 
hisobdan chiqarishni belgilash sanasi) bilan spot sharti bilan amalga 
oshiriladi. Joriy amallarning xalqaro bozori spot-bozori (spot market) 
deb ataladi. Spot shartlaridagi lotning stardart oʻlchami besh ming 
troya unsiyasini tashkil etadi. Troya unsiyasi – jahon amaliyotida 
umum qabul qilingan qimmatli metallarning ogʻirligini oʻlchovi boʻlib, 
u 31,1034807 grammdan iborat. Mazkur amallarni bajarishdan maqsad 
kredit tashilotining qimmatbaho metallar fondini shakllantirish yoki 
mijozlar buyurtmasini bajarish hisoblanadi. Tabiiy oltin bilan narx 
parametrlarini aniqlash uchun tayanch nuqtasi London bozori narxi, 


145 
loko London (“loko” atamasi metallni yetkazib berish joyini anglatadi) 
qimmatbaho metallar bilan bitim tuzishning muhim sharti hisoblanadi. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish