1. Dastlab qaysi davlatlarga nisbatan «uchinchi dunyo» atamasi ishlatilgan?
1) sotsialistik lagerga kirmagan barcha mamlakatlarga nisbatan
2) Afrikaning tropik qismidan bo’lmagan barcha mamlakatlarga nisbatan
3) AQSH tarafdorlari bo’lmagan barcha mamlakatlarga nisbatan
4) iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarga nisbatan
A) 2,4 B) 1,3 C) 1,2 D) 3,4
2. Quyidagi tarixiy ma’lumotlardan notog’risini aniqlang.
A) 1990-yillar boshlarida xalqaro munosabatlar tizimida tub burilish yuz berdi.
B) AQSH va Rossiya o‘rtasida vujudga kelgan hamkorlik holati 2014-yilgacha davom etdi.
C) 2012-yilda Ukrainada boshlangan siyosiy inqiroz Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi jiddiy qarama-qarshilikning yangi bosqichiga olib keldi.
D) Jahon YIMining 80%i «katta yigirmalik» mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi, Yer yuzi aholisining 2/3 qismi «katta yigirmalik» mamlakatlarida istiqomat qiladi.
3. Qanday omil XXI asr boshlarida Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreyaning xalqaro munosabatlarda mustaqilligini oshirdi?
A) Buyuk Britaniya bilan mustahkam iqtisodiy-siyosiy ittifoqqa birlashganligi
B) birqator nufuzli siyosatdonlarning hokimiyat tepasiga chiqishi
C) neft mustaqilligiga erishganligi
D) yadro quroliga ega bo‘lganligi
4. Qaysi davlatlarning jadal rivojlanishi ularni «uchinchi dunyo» mamlakatlari qatoridan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning kuchli o‘nligiga va jahon siyosatining yetakchilari qatoriga olib chiqdi?
A) Indoneziya va Filippin B) Hindiston va Pokiston
C) Xitoy va Braziliya D) Bangladesh va Singapur
5. Polshada aholining mamlakatdagi sotsialistik tuzumdan norozilik namoyishlari qachondan boshlab kuchayib bordi?
A) 1989-yil B) 1988-yil C) 1990-yil D) 1992-yil
6. Polshada 1989-yili bo‘lib o‘tgan saylovlar nimani ko’rsatdi?
1) muxolifatdagi «Birdamlik» kasaba uyushmasining ommalashib borayotganini,
2) aholi orasida sotsializmdan voz kechmaslik kayfiyati judayam kuchli ekanligini,
3) hukmron partiyaning din ta’siriga tushib qolganligini,
4) Polsha birlashgan ishchi partiyasining (PBIP) obro‘yi tushib ketganligini,
A) 3,4 B) 1,4 C) 2,3 D) 1,2
7. Qay tariqa ko‘pqutbli dunyo modelining shakllanish jarayoni boshlandi?
1) Tinch okeani havzasidagi va Afrikada mustaqil bo’lgan mamalakatlarning har ikkala boshqaruvni (”bozor iqtisodi” va ”sotsialistik xo’jalik”) rad qilishi,
2) Turkiya, Saudiya Arabistoni, Meksika, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi arab davlatlari va boshqa davlatlar xalqaro va mintaqaviy munosabatlarga kuchli ta’sir ko‘rsata boshlashi,
3) XX asr oxirlariga kelib Rossiya siyosiy boshqaruvining zaifligi, iqtisodiyotining orqaga ketishi,
4) AQSHning xalqaro munosabatlarda Turkiya, Saudiya Arabistoni, Meksika, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi arab davlatlari va boshqa davlatlarga ta’siri kamayib borishi,
A) 1,4 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,2
8. Qaysi davlatda sotsialistik tuzumning qulashi millatchi va ayirmachi kuchlarning faollashuvi uchun imkoniyat yaratdi?
A) Chexoslavakiya B) Xitoy C) Yugoslaviya D) Hindiston
9. Qaysi davlatlardagi fuqarolararo mojarolar yuz berganda, Rossiya o‘zining iqtisodiy va strategik manfaatlari yuzasidan bu muammolarni bartaraf qilishda qatnashdi.?
A) Ozorbayjon va Moldova B) Tojikiston va Moldova
C) Afg’oniston va Gruziya D) Ukraina va Gruziya
10. 2012-yil natijalari bo‘yicha ... YIMning o‘sishi 4 % ni tashkil qildi.
A) SHHT davlatlarida B) MDH davlatlarida
C) YI davlatlarida D) arab davlatlarida
11. … – bu suveren davlatlar o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, moliya, investitsiya, ishchi kuchi erkin harakatlanadigan iqtisodiy kenglikni tashkil qilish maqsadida birlashish jarayoni.
A) Ko‘pqutbli dunyo B) Uchinchi dunyo
C) Integratsiya D) Federatsiya
12. Chechen-Ingush Avtonom respublikasida Chechen xalqining umum milliy kongressi qanday qaror qabul qildi?
1) avtonomiyani Checheniston va Ingushetiyaga bo‘lish haqida,
2) rubl zonasidan chiqishi haqida,
3) Yevropa integratsiyasida qatnashish haqida,
4) Chechenistonning RSFSR tarkibidan chiqishi haqida,
A) 2,3 B) 1,2 C) 1,4 D) 3,4
13. Qaysi davlat qachondan boshlab MDHga kirish istagini bildirib, hozir MDH parlamentlararo assambleyasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda?
A) 2005-yili Hindiston va Pokiston
B) 2005-yili Turkmaniston
C) 2002-yili Mo’g’uliston
D) 2008-yili Afg‘oniston
14. Aholi jon boshiga YIMning hajmi bo‘yicha MDH mamlakatlari ... kabi mintaqalarni quvib o‘tdi.
A) Markaziy Amerika, G’arbiy Yevropa
B) G’arbiy va Sharqiy Yevropa
C) Lotin Amerikasi, G’arbiy Yevropa
D) Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq
15. … serblar, musulmonlar va xorvatlar o‘rtasida harbiy mojaro boshlanib ketdi va bu tinch aholi orasida ham ko‘plab qurbonlarga olib keldi.
A) Bosniya va Gersogovinada 1992 – 1994-yillari
B) Makedoniyada 1990 – 1992-yillari
C) Serbiyada 1991 – 1993-yillari
D) Chernogoriyada 1992 – 1994-yillari
16. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida qaysi davlatlar o’rtasida Qora dengiz flotini bo‘lib olish va Sevastopol shahrining maqomi to‘g‘risida keskin bahslar ketgan?
A) Ukraina va Rossiya
B) Belorussiya va Rossiya
C) Armaniston va Ozorbayjon
D) Moldova va Ukraina
17. XX asr 90-yillarida …
A) SSSRning tarqalib ketishi sobiq respublikalar o‘rtasidagi an’anaviy iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga olib keldi.
B) mustaqillikka erishgan sobiq sovet respublikalari qaytadan Rossiya ta’siriga tushib qolmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qildilar.
C) Rossiyaning iqtisodiy, texnologik va harbiy imkoniyatlari oshishi sababli uning xalqaro maydondagi o’rni oshishda davom etgan.
D) XX asrning so‘nggi o‘n yilida Rossiyaning jahon xo‘jalik aloqalarida ishtiroki keskin ko’tarildi.
18. Rossiyada qachondan narxlar erkin qo‘yib yuborilgan?
A) 1994-yil B) 1993-yil C) 1991-yil D) 1992-yil
19. ASEAN bu …
A) Shimoliy Atlantika Shartnomasi Bloki
B) Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi
C) AQSh boshchiligidagi Lotin Amerikasi mustaqil davlatlari assotsiatsiyasi
D) YI va AQSh o’rtasidagi Transatlantika Ittifoqi
20. Kimlar Bosniya serb respublikasini e’lon qildi?
A) Serbiya aholisining deyarli uchdan bir qismini tashkil qilgan musulmon-albanlar
B) Yugoslaviyani saqlab qolish tarafdorlari
C) Bosniya va Gersegovina aholisining yarmini tashkil qilgan serblar
D) Mustaqillik tarafdorlari bo’lgan janubiy slaviyanlar
21. Quyidagi davlatlardan MDH tarkibiga kirmaydiganini aniqlang.
A) Turkmaniston B) Ozorbayjon
C) Belorussiya D) Moldova
22. SSSR tarqalib ketgandan so‘ng 80 mln rus ...
A) Rossiya hududidan tashqarida qolib ketdi.
B) iqtisodiy qiyinchilik tufayli Yevropaga ketishga majbur bo’ldi.
C) yangi hokimiyatga qarshi chiqishdi.
D) GKCHP (FHDQ) ni qo’llab-quvvatlashdilar.
23. Rossiyaning tashqi qarzi 130 mlrd dollardan oshib ketgan yili ...
A) Rossiya Federatsiyasi prezidenti B. Yelsin prezidentlik lavozimidan iste’fo berdi.
B) Checheniston-Rossiya urushi tugadi.
C) V. Putin Rossiya prezidenti etib saylandi.
D) Checheniston-Rossiya urushi boshlandi.
24. 1991-yil dekabrda … bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Deklaratsiya qabul qilinib, SSSR xalqaro huquq subyekti va geosiyosiy reallik sifatida o‘z faoliyatini tugatganligi ta’kidlandi.
A) Qirg’izistonning poytaxti Bishkekda
B) Belorussiya poytaxti Minsk shahrida
C) Qozog‘istonning Olmaota shahrida
D) Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida
25. 1991-yilgi avgust inqirozidan so‘ng Rossiyada
asosiy lavozimlarga kommunistik partiya faollari keldi. Qayta qurish yillarida bu faollarning ko‘pchiligi …
A) kommunistik partiya bilan aloqalarini uzmagan bo‘lsa-da, ularning islohotchilik imkoniyatlari cheklangan edi.
B) kommunistik partiya bilan aloqalarini uzgan bo‘lsa-da, ularning islohotchilik imkoniyatlari cheklangan edi.
C) “sovet rejimi” qurboniga aylangan edilar.
D) SSSRning uzoq vaqt davomida “ikki qutbli” dunyoning biri bo’lib qolishi uchun kurashganlar.
26. Rossiya prezidenti B. Yelsin Xalq deputatlari syezdi va Oliy Sovetni tarqatib yuborgan yilni aniqlang.
A) 1993-yili B) 1999-yili C) 1994-yili D) 1996-yili
27. Hozir Rossiya ... doirasida hamkorlikni kuchaytirmoqda.
A) MDH va Kaspiy dengizi Ittifoqi B) NATO va YI
C) BRIKS va SHHT D) SHHT va NATO
28. Rossiya Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasiga saylovlar birinchi marta partiyaviy ro‘yxat bo‘yicha o‘tkazilgan yilda …
A) Ukraina konstitutsiyasi qabul qilindi.
B) Belorussiya konstitutsiyasi qabul qilindi.
C) Tatariston ham o‘z davlat mustaqilligini e’lon qildi.
D) Ozorbayjonda G. Aliyev prezidentligi davri boshlandi.
29. 1990-yildan keyin … o‘zlarining «Kosovo Respublikasi»ni e’lon qildi.
A) Bosniyada millatchi serblar
B) Chernogoriyadagi respublika tarafdorlari
C) Serbiyada musulmon-albanlar
D) Xorvatiyada bosniyaliklar
30. O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilib, ikki tomonlama yirik hamkorlik kelishuvlari imzolangan yilni aniqlang.
A) 2018-yili B) 2015-yili C) 2017-yili D) 2016-yili
Do'stlaringiz bilan baham: |