140
IX BOB. QIMMATBAHO METALLAR BOZORI
9.1. Qimmatbaho metallar bozori xususiyatlari,
ishtirokchilari
Bugungi kunda moliya bozorida qimmatbaho metallar savdosi
keng doirada kuzatiladigan amaliyotlardan biridir. Bunga har bir
mamlakatda oltin-valyuta zaxirasini
muntazam oshirib borishga
alohida eʼtibor qaratilishi ham bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Valyutalar
boʻyicha oltin standart amal qilgan vaqtda oltinga talab keskin yuqori
boʻlgan va bu oʻz navbatida qimmatbaho metallar bozorida oltinning
ulushi keskin yuqoriligiga ham xizmat qilgan. Valyutalar boʻyicha
oltin standart bekor qilingach qimmatbaho metallar bozorida oltinning
ulushi nisbatan pasaygan holda kumush, olmos, platina, palladiya va
boshqa qimmatbaho metallar bozori ham rivojlana boshladi.
Qimmatbaho metallar oʻz xususiyatiga koʻra
sanoat ishlab
chiqarish sohasi mahsuloti hisoblanadi. Qimmatbaho metallarning
kamyobligi, ixchamligi, koʻp marta va uzoq muddat davomida foy-
dalanish
mumkinligi, savdo tarmogʻining rivojlanishi va doimiy
talabning mavjudligi moliyaviy aktiv sifatida qimmatbaho metallar-
ning ham qoʻllanilishiga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda
qimmatbaho metallar ikkita funksiyani bajarishini qayd etish mumkin.
Qimmatbaho metallardan yombilar
va tangalar bank va birja
aylanmasi obyekti, davlat va xalqaro oltin-valyuta zaxiralari tarkibiy
qismi hisoblanishi davlatning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini
taʼminlash, bank barqarorligini kafolatlash,
shuningdek alohida shaxs
moddiy jihatdan taʼminlanganligi yuqoriligini belgilab beradi.
Jahon bozorida qimmatbaho metallarning strategik roli yuqorida
taʼkidlanganidek, bunday aktivlarga talabning yuqori darajadaligi bilan
izohlanadi. Xususan, xalqaro darajada oltin yombilari va tangalarining
yuqori likvidliligi kapital qoʻyilmalarning asosiy uchta asosiy sohalari
oʻrtasidagi tenglikka asoslangan:
- qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarish;
141
- zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va ular savdosi;
- qimmatbaho metallardan yombilar
va tangalarning moliyaviy
muomalasi.
Bungungi kunda jahonda qimmatbaho metallar bozori oltin bozori,
kumush bozori, platina bozori, palladiya bozori va boshqa sektorlar
boʻyicha faoliyat yuritmoqda. Qimmatbaho metallar bozorida aynan
qimmatbaho metallar savdo predmeti boʻlib xizmat qiladi.
Shundan
kelib chiqqan holda qimmatbaho metallar bozorini intitutsional va
funksional nuqtai nazardan koʻrib chiqish mumkin.
Bugungi kunda qimmatbaho metallar bozorining muhim
ishtirokchilari quyidagilar hisoblanadi (9.1-rasm):
9.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: