O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

bitmilar qanday ataladi? 
a) depozit amallari; 
b) xosilaviy vositalar; 
d) forvardlar;
 
e) svop.
 
7. Qimmatbaho metallar bozorida shoshilinch bitimning 1976 
yilda birinchi marta amaliyotga kiritilgan shakli qaysi? Bunday 
shakl Amerikada u bilan oʻtkazilgan operatsiyalardan soʻng 1982 
yilda keng tarqalib ketdi. 
a) Fyuchers; 
b) oltin savdo opsionlari;
 
d) hosilaviy vositalar CFD operatsiyalari; 
e) forvardlar. 
 
8. Troya unsiyasi – jahon amaliyotida umum qabul qilingan 
qimmatli metallarning ogʻirligini oʻlchovi boʻlib, u nechi grammga 
teng? 
a) 31,1034807 gr;
b) 51,1034807 gr; 
d) 25,1034807 gr; 
e) 21,1034807 gr. 
 
9. Qimmatbaho metallar bozorida quyidagi operatsiyalarni 
qaysi biri amalga oshirilmaydi?
a) svop, spot; 
b) fyucherslar; 
d) opsionlar, forvardlar; 


154 
e) yuqoridagtlarni barchasi amlga oshiriladi. 
 
10. Xalqaro Spot-bozori (spot market) spot shartlaridagi lot-
ning stardart oʻlchami qancha troya unsiyasini tashkil etadi? 
a) 4000; 
b) 5000;
d) 6000; 
e) 7000. 


155 
 
 
 
X BOB. MOLIYA BOZORI TAHLILI 
 
10.1. Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari
Investitsion jarayonning asosiy masalalaridan biri – bu qimmatli 
qogʻozlar tahlili (security analysis) hisoblanib, oʻz ichiga qimmatli 
qogʻozlarning alohida turlarini (yoki guruhlarini) va ularning bozor-
larini oʻrganadi. Bunday tahlilning investitsion jarayondagi asosiy 
maqsadlaridan biri – bu vaqtning tanlab olingan joriy momentida 
notoʻgʻri baholangan qimmatli qogʻozlarni aniqlash.
Xorijiy amaliyotda moliya bozori boʻyicha fundamental (funda-
mental analysis) va texnik (technical analysis) tahlil keng qoʻllaniladi. 
Fundamental tahlil ham, texnik tahlil ham, shuningdek boshqa tahlil 
usullari ham oʻziga xos afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Bunga 
moliya bozorlarining oʻzaro farqli jihatlari, tartibga solish mexaniz-
mlari, ichki va tashqi omillar taʼsiri kabilarni sabab sifatida koʻrsatish 
mumkin.
Qimmatli qogʻoz tahlilida uni real (fundamental usulga asos-
langan) yoki bozor (texnik usulga asoslangan) bahosi hamda uning real 
va bozor daromadliligi koʻrsatkichlari baholanadi, chunki ular fond 
bozori qatnashchilarini koʻproq qiziqtiradi. Yuqoridagi misoldan kelib 
chiqib, na texnik va na fundamental, na aralash usul ushbu koʻrsat-
kichlarning obyektiv bahosini bera olmasligini tushunish qiyin emas.
Chunki qimmatli qogʻozning oʻz bazisiga ekvivalentliligi darajasi 
har ikkala usulda har doim aytilgan mezonlar talabiga mos toʻliq 
namoyon boʻlavermaydi, demak, ularning yordamida hisoblangan 
koʻrsatkichlar bahosi obyektiv boʻlmaydi. Ushbu qonuniyatni koʻrish 
uchun quyidagi nazariy fikr-mulohazalarni keltirish mumkin.
Maʼlumki, aksiyaning real bahosi fundamental usul yordamida 
emitentning moliyaviy hisobotlari koʻrsatkichlari asosida hisoblanib, 
aksiyani joriy ichki (balans) bahosini ifodalaydi. Lekin aksiyaning 
bozordagi talab va taklif (bozor konyunkturasi) asosida shakllanuvchi 
bozor narxi aksiyaning real bahosidan qandaydir mavhumligi bilan 


156 
farq qilishi mumkin, chunki bozor narxi koʻpincha koʻzga tashlan-
maydigan spekulyativ bozorda vujudga keluvchi sirli tendensiyalarni 
ham oʻz ichiga oladi.
Bunday tendensiyalar odatda spekulyativ bozorning oldindan har 
doim ham toʻliq idrok qilib boʻlmaydigan jarayonlarni risklar va turli 
omillar (jumladan spekulyativ savdo qatnashchilarining subyektiv 
tarzda xohish va imkoniyatlarining ehtimoliy oʻzgarishi, yaʼni 
refleksivlik nazariyasiga asosan) taʼsiri ostida kechishi evaziga hosil 
boʻladi. Demak, aksiyaning oʻz bazisiga ekvivalentlilik darajasi 
asosida obyektiv bahosini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Bularning barchasi va boshqa vaqtinchalik idrok qilinishi 
murakkab boʻlgan omil va jarayonlar tahlil amaliyotining mavjud 
usullari uzluksiz takomillashuv jarayonida yoki ularning asosida 
yangilari paydo boʻlib kelmoqda. Bu jarayonning obyektiv mahsuli 
sifatida qimmatli qogʻozlarni sekyurimetrik tahlili usulini alohida 
koʻrish maqsadga muvofiq, chunki u yuqorida keltirilgan baʼzi 
holatlarni bartaraf qilishning ozmi koʻpmi imkonini berishi mumkin.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish