247
9. Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi fond
aktivlarini aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida
alohida saqlaydi, fond aktivlarini tartibga soladi?
a) kastodian;
b) transfer agent;
d) asosiy anderrayter;
e) investitsiya maslahatchisi.
10. Investitsiya fondlarining qaysi tashkiliy tuzilmasi Fond
faoliyatini kuzatib boradi, boshqaruvchi kompaniya va boshqa
xizmat koʻrsatuvchilar bilan shartnomalarni maʼqullaydi?
a) direktorlar kengashi;
b) administrator;
d) asosiy anderrayter;
e) investitsiya maslahatchisi.
248
XV BOB. MOLIYA BOZORIDA SUVEREN FONDLAR
15.1.
Iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda suveren
fondlar faoliyatining nazariy jihatlari
Jahonda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda tarixan ko‘p yillardan
buyon faoliyat yuritib kelayotgan, boy tajribaga
ega suveren fondlari
yuqori sur’atlar bilan rivojlanib kelsada, o‘tish iqtisodiyoti mamla-
katlarida davlat suveren fondlar faoliyati sust darajada rivojlanmoqda.
Bu fondlar mamlakat barqaror iqtisodiy rivojlanishida asosiy dastak
vazifasini bajarishini inobatga olgan holda respublikamizda ham
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini kengaytirish, jamg‘ar-
ma moliyaviy mablag‘lar manbalari ko‘lamini ko‘paytirish va
moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanish
masalalari alohida
ahamiyat kasb etishini unutmasligimiz zarur.
Shu munosabat bilan suveren fondlarining mohiyatini, tasniflarini
hamda moliyaviy globallashuv va xalqaro investitsiyalar uchun
raqobat sharoitidagi rolini aniqlovchi nazariy qoidalarni yanada
rivojlantirish talab etiladi. O‘zbekistonda suveren fondlari rivojlanishi-
ning shart-sharoitlari, tendensiyalari va muammolari yetarlicha tadqiq
etilmagan.
Davlatning samarali makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosatida
suveren fondlarining roli, suveren fondlari rivojlanishining regulyativ
mexanizmi va retrospektiv tahlili o‘rganilmagan. O‘zbekistonda
suveren fondlari taraqqiyotini ta’minlash yo‘nalishlarini, uning
konseptual asoslarini o‘rganish masalalari
alohida strategik va
metodologik ahamiyat kasb etmoqda. Nihoyat, suveren fondlarini
majmua doirasida o‘zaro aloqador va ayni bir paytda alohida
vazifalarni bajaruvchi elementlar tizimi sifatida ko‘ruvchi tadqiqotlarni
amalga oshirish juda muhimdir.
Oxirgi paytlarda iqtisodchilar tomonidan “suveren farovonlik
fondi”, “suveren boylik fondi” “suveren fond”, “milliy farovonlik
fondi”, “barqarorlashtirish fondi”, “davlat moliya zaxirasi”, “taraq-
249
qiyot fondi” va shunga o‘xshash bo‘lgan boshqa tushunchalar ko‘p
qo‘llanilmoqda.
Yuqoridagi tushunchalar haqidagi nazariy qarashlarni tadqiq etish
jarayonida shunga amin bo‘ldikki mamlakat
iqtisodiyotini rivoj-
lantirish maqsadida shakllantiriladigan bunday fondlar to‘g‘risidagi
tushunchalarda yagona yondashuv mavjud emas.
“Suveren fond” atamasini ilk bora qo‘llagan A. Rozanov suveren
fondlarni davlat investitsiya fondlari sifatida ta’riflagan va pul-kredit
siyosatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan oltin-valyuta
zaxiralari va davlat pensiya fondlaridan funksional farqlariga e’tibor
qaratgan. Uning ta’kidlashicha, “iqtisodiyotda suveren fondlarni
boshqaruvchilar, ular xoh markaziy banklar yoki mamlakatlar
hukumati bo‘lsin, davlat zaxiralarini an’anaviy boshqaruvdan suveren
boylikni boshqarishga o‘tishi jarayoni kuzitilmoqda.
Bunda suveren
fondlarga ma’lum bir majburiyatlar yuklab qo‘yilmaydi va davlat
pensiya fondlari yoki oltin-valyuta zaxiralaridan farqli ravishda,
ularning mablag‘lari risklilik darajasi yuqori bo‘lgan aktivlarga
investitsiya qilinmaydi”.
94
Suveren fondlarni qolgan davlat moliya zaxiralaridan ajratishda
asosiy jihat, bizningcha, davlat iqtisodiy siyosatini amalga oshirish vo-
sitasi hisoblanadi va ularning mablag‘lari
belgilangan makroiqtisodiy
maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi. Bu maqsadlar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
byudjet xarajatlarini va milliy valyuta kursini barqarorlashtirish;
-
kelgusi avlodlar uchun jamg‘armalar shakllantirish;
-
investitsion daromad hisobiga kelajakdagi pensiya ta’minoti
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish;
-
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror o‘sish
sur’atlarini ta’minlash.
Makroiqtisodiy ko‘lamda byudjet daromadlari umumiy hajmida
bozor konyunkturasiga bog‘liq daromadlarining ulushi sezilarli yuqori
bo‘lgan har qanday davlat byudjeti daromadlarning noqulay ravishda
o‘zgarib turishidan himoya
qiladigan mexanizm yaratishga,
shuningdek, qulay davrlarda olingan byudjetdagi ortiqcha mablag‘larni
94
Do'stlaringiz bilan baham: