O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi


Mamlakatimizda moliya institutlari tomonidan chiqarilgan



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Mamlakatimizda moliya institutlari tomonidan chiqarilgan 
aksiyalar emissiya hajmi, mlrd soʻmda
Yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, moliya institutlari ichida 
aynan investitsiya fondlari ulushni nihoyatda past. 
14.3. Pay fondlari faoliyat mexanizmi 
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan 
ortiq shaxslarning – investorlarning oʻzi ishonchli boshqaruvga bergan 
pul mablagʻlari yigʻindisi 
pay fondi
dir. Pay fondi quyidagi turda 
boʻlishi mumkin: 
- chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi 
tomonidan fondning mablagʻlari hisobidan qaytarib sotib olish 
majburiyatiga ega boʻlgan pay fondi; 


239 
- chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomoni-
dan fondning mablagʻlari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga 
ega boʻlmagan pay fondi.
Pay fondining turi pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasida 
koʻrsatiladi. 
Pay fondi yuridik shaxs boʻlmaydi. 
Oʻz egalarining pay fondidagi ulushini tasdiqlovchi hujjatsiz 
qimmatli qogʻoz investitsiya payidir. Investitsiya payiga boʻlgan 
huquqlar Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan 
investitsiya paylari egasining depo hisobvaragʻidan beriladigan 
koʻchirma bilan tasdiqlanadi. 
Pay fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror ishonchli boshqaruvchi 
tomonidan qabul qilinadi. Investor ishonchli boshqaruvchi bilan 
tuziladigan, investorlarning pul mablagʻlarini umumiy ulushli mulk 
huquqi asosida pay fondiga birlashtirish nazarda tutiladigan shartnoma 
asosida pay fondiga pul mablagʻlarini kiritadi. Ishonchli boshqaruvchi 
oʻzining alohida bank hisobvaragʻiga investorlar pul mablagʻlarini 
kiritganidan keyin ikki ish kuni ichida ularga investitsiya paylarini 
beradi. Investitsiya paylarini joylashtirish barcha investorlar uchun 
yagona narx boʻyicha amalga oshiriladi. 
Pay fondining pul mablagʻlari investitsiya deklaratsiyasiga binoan 
investitsiya qilinadi. Pay fondini ishonchli boshqarish jarayonida 
olingan daromadlar ishonchli boshqaruvchining alohida bank 
hisobvaragʻida jamlanadi.
Pay fondi u Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilgan va 
tegishli axborot qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha 
vakolatli davlat organining hamda Qimmatli qogʻozlar markaziy 
depozitariysining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilingan paytdan 
eʼtiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Pay fondlarining yagona 
reyestrini yuritish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha 
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Pay fondining hisobi pay fondi Pay fondlarining yagona reyestriga 
kiritilganidan keyin investitsiya paylarini hisobga qoʻyish orqali 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga 
oshiriladi. 


240 
Investitsiya paylari pay fondini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul 
qilingan paytdan eʼtiboran bir hafta ichida hisobga qoʻyilishi kerak. 
Investitsiya paylarini hisobga qoʻyish chogʻida investorlarga 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida depo hisobvaraqlari 
ochiladi, bu hisobvaraqlarda investorlarga tegishli investitsiya 
paylariga boʻlgan huquqlarning hisobi yuritiladi.
Ishonchli boshqaruvchi pay fondi Qimmatli qogʻozlar markaziy 
depozitariysida hisobga qoʻyilganidan keyin investorlarning pul 
mablagʻlarini tasarruf etishga haqli. Pay fondining pul mablagʻlari 
ishonchli boshqaruvchining rahbari va Qimmatli qogʻozlar markaziy 
depozitariysining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi-
gan toʻlov hujjati asosida sarflanadi.
Pul mablagʻlaridan hamda boshqa investitsiya aktivlaridan 
foydalanishning maqsadi va yoʻnalishlari ishonchli boshqarish 
shartnomasi shartlariga, shu jumladan investitsiya deklaratsiyasiga 
muvofiq boʻlishi kerak. 
Investitsiya aktivlari boʻyicha olingan daromadlar pay fondining 
investitsiya paylari egalari oʻrtasida yilda bir marta taqsimlanadi 
yoxud investitsiya paylarining barcha egalari roziligiga koʻra qayta 
investitsiya qilinadi. Pay fondining investitsiya paylari egalariga 
daromadlarni toʻlash ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Ishonchli boshqaruvchi tomonidan pay fondi nomidan va ushbu 
fond mablagʻlari hisobidan tuziladigan shartnomalar Qimmatli 
qogʻozlar markaziy depozitariysida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. 
Pay fondining pul mablagʻlari: 
- fond investitsiya aktivlarining 10 foizidan ortiq miqdorda bir 
emitentning qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan 
jamiyatning ulushlariga investitsiya qilinishi; 
- tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha 
javobgarligini nazarda tutadigan xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli 
qogʻozlariga va ulushlariga investitsiya qilinishi; 
- ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan 
chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga, shuningdek ularning ustav 
kapitalidagi ulushlarini olishga investitsiya qilinishi; 


241 
- investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yoʻnalishlar 
boʻyicha foydalanilishi; 
- fond investitsiya aktivlari umumiy summasining 10 foizidan 
ortiq miqdorda investitsiya qilinishi (bundan qimmatli qogʻozlarga 
qoʻyish mustasno) mumkin emas. 
Investitsiya payining muomalasi uning fond birjasidagi oldi-sotdisi 
va investitsiya payining egasi almashishiga olib keladigan boshqa 
harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. 
Ishonchli boshqarish shartnomasida pay fondining investitsiya 
paylarini ularning egasi talabiga koʻra, ayni bir ishonchli boshqaruv-
chining ishonchli boshqaruvida boʻlgan boshqa pay fondining 
investitsiya paylariga almashtirish imkoniyati nazarda tutilishi 
mumkin. Bunda bir pay fondining investitsiya paylarini boshqa pay 
fondining investitsiya paylariga almashtirilishi lozim boʻlgan 
investitsiya paylarini muomaladan chiqarish sanasi almashtirilayotgan 
investitsiya paylarini berish sanasiga mos kelgan taqdirdagina amalga 
oshirilishi mumkin. 
Pay fondini tugatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
- ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati 
tugaganda; 
- barcha investitsiya paylarini muomaladan chiqarish uchun 
buyurtmalar kelib tushganda; 
- ishonchli boshqaruvchining litsenziyasi bekor qilinganda, agar 
uning pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha huquq va 
majburiyatlari litsenziya bekor qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida 
boshqa ishonchli boshqaruvchiga berilmagan boʻlsa; 
- pay fondi hujjatlarida koʻrsatilgan pay fondini tashkil etish va 
uning faoliyatini amalga oshirish maqsadiga erishilganda; 
- investitsiya paylari egalarining pay fondini tugatish toʻgʻrisida 
bir ovozdan qabul qilingan qarori mavjud boʻlganda. 
Pay fondining investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchi 
tomonidan fond birjasida (qimmatli qogʻozlar uchun) va kimoshdi 
savdosida realizatsiya qilinishi lozim. Pay fondining investitsiya 
aktivlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar pay fondining 
investitsiya paylari egalariga oʻzlariga tegishli boʻlgan investitsiya 
paylari soniga mutanosib ravishda toʻlanishi kerak. 


242 
Pay fondi investitsiya paylari egalarining pay fondi negizida 
investitsiya fondini taʼsis etish toʻgʻrisida bir ovozdan qabul qilingan 
qarori pay fondini tugatish haqidagi qaror deb eʼtirof etiladi. 
Pay fondi tugatilganda mazkur pay fondi ishonchli boshqaruvchi-
sining faoliyati auditorlik tashkiloti tomonidan majburiy auditdan 
oʻtkazilishi kerak. 
Investitsiya payini muomaladan chiqarish pay fondi tugatilganda 
amalga oshiriladi. Investitsiya payini muomaladan chiqarish quyidagi-
lar orqali amalga oshirilishi mumkin: 
- investitsiya payining qiymatini ishonchli boshqaruvchi 
tomonidan pay fondi mablagʻlari hisobidan pul mablagʻlari bilan 
toʻlash; 
- investitsiya payini pay fondi negizida tuzilgan investitsiya 
fondining aksiyalariga ayirboshlash.
Investitsiya va pay fondlari faoliyatini tartibga solish qimmatli 
qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi 
tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi: 
- investitsiya va pay fondlarini ishonchli boshqarish tartibini, shu 
jumladan ushbu fondlarning investitsiya aktivlari hisobini yuritish 
hamda ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibini 
belgilash; 
- ishonchli boshqaruvchi mansabdor shaxslarining hamda 
affillangan shaxslarining investitsiya va pay fondlari operatsiyalarida 
ishtirok etishini cheklash; 
- investitsiya deklaratsiyasining mazmuniga hamda investitsiya va 
pay fondlarining boshqa hujjatlariga doir talablarni belgilash; 
- investitsiya va pay fondlarining, ishonchli boshqaruvchilarning 
va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining faoliyatini nazorat 
qilish. 
Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida ishonchli 
boshqaruvchi nomidan va uning hisobidan faoliyat yurituvchi 
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysigina investitsiya paylarini 
berish, muomaladan chiqarish va almashtirish boʻyicha agent boʻlishi 
mumkin. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining investitsiya 
paylarini berish, muomaladan chiqarish va almashtirishga doir 


243 
faoliyati tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha 
vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. 
Investitsiya aktivlarining hisobini yuritish va ushbu aktivlar 
boʻyicha hisobotlar tuzish ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga 
oshiriladi. Investitsiyalar pay fondining mablagʻlari hisobidan amalga 
oshirilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrida va 
xoʻjalik jamiyatlarining taʼsis hujjatlarida ishonchli boshqaruvchi 
koʻrsatilib, u pay fondining ishonchli boshqaruvchisi sifatida faoliyat 
yuritayotganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Investitsiya va pay fondlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni 
oshkor etish ishonchli boshqaruvchi tomonidan quyidagilar orqali 
amalga oshiriladi: 
- axborotni investitsiya fondlarining, pay fondlari ishonchli 
boshqaruvchisining, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish 
boʻyicha vakolatli davlat organining, shuningdek fond birjasining 
rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlariga muvofiq eʼlon qilish; 
- axborotni belgilangan tartibda soʻrovga koʻra taqdim etish.
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli 
davlat organi va fond birjasi yuqorida nazarda tutilgan axborotni oʻz 
rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilganlik uchun haq olishga haqli emas. 


244 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish