236
bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan
beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Investitsiya fondi quyidagi turda boʻlishi mumkin:
- oʻzi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega
boʻlgan investitsiya fondi;
- oʻzi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega
boʻlmagan investitsiya fondi.
Investitsiya fondining turi fondning taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi.
Investitsiya fondi yangi yuridik shaxsni taʼsis etish yoki boshqa
investitsiya fondini qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Investitsiya fondini investitsiya fondi boʻlmagan boshqa yuridik
shaxsni qayta tashkil etish orqali tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Investitsiya fondi tijorat tashkiloti boʻlib, u oʻzining alohida hisobga
olinadigan
mol-mulkiga, shu jumladan ustav kapitaliga berilgan mol-
mulkka ega boʻladi. Yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya
fondining muassislari (aksiyadorlari) sifatida ish yuritishi mumkin.
Investitsiya fondini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiya fondini tashkil etishda uning aksiyalari qiymatini
toʻlash pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, ulushlar,
shuningdek
koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlar bilan amalga
oshiriladi. Bunda uning ustav kapitalining kamida 75 foizi pul shaklida
toʻlanishi kerak. Investitsiya fondining aksiyalarini joylashtirish fond
birjasida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashi,
shuningdek vakolatlarini ishonchli boshqaruvchi
amalga oshiradigan
ijroiya organi investitsiya fondining boshqaruv organlaridir.
Investitsiya fondi:
- faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga;
- korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari,
shuningdek imtiyozli aksiyalar chiqarishga;
- investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir
emitentning qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan
jamiyatning ulushiga
investitsiya qilishga;
- toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki)
qarz bitimi imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari
237
qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda, kredit va (yoki) qarz
mablagʻlarini jalb etishga (bunda kredit va (yoki) qarz muddati uch
oydan oshib ketmasligi kerak);
- kafil boʻlishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga
qoʻyishga;
- tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha
javobgarligini nazarda tutadigan xoʻjalik
jamiyatlarining qimmatli
qogʻozlariga va ulushlariga investitsiyalarni amalga oshirishga;
- ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan
chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga,
shuningdek ularning ustav kapitalidagi
ulushlarini olishga;
- boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga
ega boʻlishga;
- investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlar tuzishga,
opsionlar yoki fyucherslar olishga;
- umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq
investitsiyalarni amalga oshirishga (bundan qimmatli qogʻozlarga
qoʻyish mustasno) haqli emas.
Investitsiya fondi investitsiya fondi sifatida oʻz
faoliyatini
tugatmasdan yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga
oʻzgartirilishga haqli emas.
Ishonchli boshqaruvchi boʻlmagan taqdirda, investitsiya fondining
kuzatuv kengashi uch oy ichida ishonchli boshqaruvchi yollashi yoxud
investitsiya fondini tugatish tashabbusi bilan chiqishi shart.
Investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, shuningdek
ularni saqlash, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan
boʻlsa, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga
oshiriladi.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchida
alohida balansda
aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli
boshqarish bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitoblar uchun alohida
bank hisobvaragʻi ochiladi.
Investitsiya fondining buxgalteriya hisobini yuritish hamda
moliya, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzish ishonchli
boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
238
Ishonchli boshqaruvchi fond investitsiya aktivlarining alohida
hisobini yuritadi, ularning yaxlitligini va but saqlanishini taʼminlaydi,
shuningdek
investitsiya fondining moliya, soliq hisobotlari hamda
boshqa hisobotlarining toʻgʻriligi va ishonchliligi uchun javobgar
boʻladi. 2018 yil 15 fevral holatiga mamlakatimizda 9ta investitsiya
fondi faoliyat koʻrsatmoqda. Ular tomonidan muomalaga chiqarilgan
aksiyalar emissiya hajmi 2,32 milliard soʻmni tashkil etadi (14.3-
rasm).
14.3-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: