Investitsiya-iqtisodiy farovonlik sari yetaklovchi yo`l. Habibov Shahzodxon Toshkent Moliya Instituti MM-62 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: Dotsent Usmonova M
Kundalik faoliyatimiz davomida biz investitsiya, investor, investitsion siyosat va xorijiy investitsiya kabi jumlalarni ko`plab uchratamiz. Xo`sh, investitsiya o`zi nima, uning bizga qanday foydasi bor, investitsiya O`zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga qanday ta’sir ko`rsatadi? Keling, ushbu savollarning barchasiga ilmiy jihatdan asoslangan holda birgalikda yechim topamiz.
Investitsiya bu- iqtisodiy faoliyat turiga qo`yiladigan mulkiy va intellektual qimmatliklarning barcha turi bo`lib, uning asosida foyda yaratiladi yoki iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Investitsiya asosan iqtisodiyotning faol va rivojlanayotgan tarmoqlariga kiritiladi. Investor esa mana shu investitsiya faoliyati bilan shug`ullanuvchi va o`z qimmatliklarini ya`ni bir so`z bila aytganda ,o`z kapitalini foyda olishni ko`zlab kirituvchi iqtisodiy subyektdir. Investorlar investitsiya kiritayotgan tarmoqlarini oldindan o`rganib chiqishadi. Uning geografik hududini, iqtisodiy tarixini, mamlakatning rivojlanganlik darajasini, mamlakatdagi inflatsiya darajasini va shu kabi bir qancha omillarni hisobga olgan holda o`z investitsiyalarini kiritadilar. Investitsiya ko`nishda bo`ladi 1-mahalliy investitsiya, 2-xorijiy investitsiya
Mahalliy investitsiya ma`lum bir davlatning iqtisodiy sohasiga ushbu davlat yoki shu davlatdagi korxonalar tomonidan kiritilgan invetitsiyalardir.
Xorijiy investitisyalar esa bir davlatning iqtisodiy tarmoqlariga xorijiy davlat va korxonalar tomonidan kiritilgan investitsiyalardir.
Mamlakatda investitsion faoliyat yuritilgach bu faoliyat huqularini himoya qilish mana shu davlatning zimmasiga tushadi.Davlat organlari investitsion faoliyatlarni tartibga solish, ularni boshqarish, investor huquqlarini himoya qilish maqsadida bir qancha qonunlar qabul qilgan. Bunga misol tariqasida yurtimizda olib borilayotgan investitsion huquqlar to`g`risida fikr yuritamiz. Mamlakatimizda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy tizimini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar O`zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to`g`risida”gi , ‘Chet ellik investitsiyalar to`g`risida”gi va “Chet ellik invesorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qonunlarda aks attirilgan. Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taaluqli barcha jarayonlarga va tushunchalarga aniqliklar kiritilgan. O`zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to`g`risida’gi va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qonunlari investitsiyalar to`g`risidagi qonunchilikning yadrosini tashkil etadi. Ular respublikamiz hududida xorijiy investitsiyalarni amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini yaratish, chet el sarmoyalari soliq tartiblarini belgilab beradi, xorijiy investorlarning samarali faoliyat ko`rsatishini kafolatlaydi va Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga ko`maklashish, uni jahon xo`jalik aloqalariga kiritish maqsadida chet el moliyaviy, moddiy, intellectual va boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan foydalanishga qaratilgan . Qulay investitsion muhitni yaratishda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari tarkibida eng muhim sifatida O`zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to`g`risida”gi qonun hisoblanadi.
Mamlakat investitsion samaradorlikka yetish maqsadidao`z investitsion siyosatini yuritadi va shu bilan birgalikda quyidagi ustuvor yo`nalishlarni belgilaydi:
Investitsiyalar, ular harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatalri, ularni tartibga solib turish bo`yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik huquqiy bazasini takomillashtirish;
Investitsion jarayonlarni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
Davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funksiyalariniyanada takomillashtirish.
Mamlakatimizda investitsion faoliyatni tashkil etish chora-tadbirlari mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Ular quyidagibosqichlarni o`z ichiga oladi;
1-bosqich. 1991-1994-yillar oralig`ida:
Turli mulkchilik shakllarini yaratish borasidagi investitsion jarayonlarni nomarkazlashtirish tadbirlari amalga oshirila boshlandi;
Xususiy moliyalashtirish manbalariga ega bo`lmagan ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi obyektlarni byudjetdan moliyalashtirish saqlab qolindi;
Xususiy mulkchilikni jalb etish chorav-tadbirlari olib borildi.
2-bosqich. 1995-2003-yillar oralig`ida;
Qonunchilik bazasi yaratildi;
Konkurs asosida loyihalarni moliyalashtirishga o`tildi;
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirildi;
Iqtisodiyotning real sektorlariga investitsiyalar kiritilishi kuchaydi
3-bosqich. 2003-2008-yillaroralig`ida:
Valyuta munosabatlari va operatsiyalari liberalatsiyalashtirildi
Xorijiy investorlarning huquqlarinihimoya qilish va ular manfaatlarini himoyalash bo`yicha muhim hujjatlar qabul qilindi.
4-bosqich.2008-yillardan hozirga qadar
Inqirozga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda;
Banklarning investitsion faolligi kuchaytirilmoqda;
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilmoqda;
Valyuta bilan bog`liq ishlar muvofiqlashtirilmoqda;
Investitsiya faoliyati takomillashtirilmoqda.
Hozirgi kunda Respublikamizda investitsiya faoliyati sezilarni darajada rivojlanayotgani va uni mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o`rnini tobora yuksalib borayotganini barchamiz guvohiga aylanib boryapmiz. Iqtisodiyotni yanada takomillashtirish maqsadida ko`plab soha va tarmoqlarga mahalliy investitsiyalar kiritilmoqda. Investitsion muhitni rivojlantirish va uni barqarorligiga erishish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni maqsadli yo`naltirish muhim vazifalarimizga aylanib bormoqda.
Joriy yilning 8-aprel kuni O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilish va birinchi yarim yillikka doir vazifalarni belgilash masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bunda investitsiya muhitini yaxshilash bo`yicha ko`plab imtiyoz va yengilliklar joriy etildi, xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari , jahonning yetakchi ishbilarmonlari bilan muzokaralar o`tkazilib, mamlakatimizga o`nlab milliard dollar investitsiyalar jalb etish bo`yicha 700 ga yaqin investitsiya bitimlari imzolandi. Bunday chora-tadbirlar natijasi o`sish suratlarida ko`zga tashlanmoqda. Xususan, o`tgan yili asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 18% dan ziyod o`sgan, bu o`z navbatida, sanoat ishlab chiqarishning 14.4% ga ko`payishini taminlagan. E`tiborli tomoni shundan iboratki, ilgari to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiya ishtirokida hududiy loyihalar deyarli bo`lmagan bo`lsa, joriy yilda o`zlashtiriladigan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarning yarmi hududlar hisssasiga to`ri keldi. Asosiy masala sifatida 2019-yilgi investityiya dasturiga muvofiq jami 3200 dan ziyod investitsiya loyihasi doirasida qariyb 14 milliard dollar miqdoridagi capital qo`yilmalarni o`zlashtirish rejalashtirilgan. Shundan 4 milliard dollardan ortiq to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni o`zlashtirish belgilangan. Yig`ilishda mazkur investitsiya loyihalari yirik tarmoqlar va hududlar kesimida tahlil qilinib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegihli rahbarlarning hisobotlari eshitildi.
Mamlakatimiz rahbari investitsiyalarning o`z vaqtida o`zlashtirilishini taminlash uchun yangi nazorat tizimini joriy etishni taklif qildi. Unga ko`ra to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha loyihalar to`rtta ro`yxatga bo`linib, alohida va izchil nazorat qilib boriladi.
Birinchi ro`yxatga joriy yilga 2019-yilda 3.6 milliard dollar xorijiy investitsiyalar o`zlashtirilishi mo`ljallangan 27 ta eng muhim strategik loyihalar kiritildi va u doimiy prezident nazorati ostida bo`lishi takidlandi.
Ikkinchi ro`yxat, shu yil 1.3 milliard dollar xorijiy investitsiyalar o`zlashtiriladigan 65 ta yirik loyihadan iborat bo`lib, uni bosh vazir nazorat qilib boradi.
Uchinchi ro`yxatga 407 million dollar xorijiy investitsiya o`zlashtirilishi rejalashtirilgan 65 ta loyiha kiritilgan bo`lib, uni bosh vazir o`rinbosarlari nazorat qiladi.
To`rtinchi ro`yxatdagi loyihalarni hududlarga biriktirilganmarkaziy idoralar rahbarlari va hokimlar nazorat qiladi. Shu bilan birgalikda prezidentimiz to`g`ridan-to`g`r xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablag`larine jalb qilish borasida imkoniyatlar to`liq ishga solinmaganligiga e`tabor qaratib, tarmoqlar va hudularda yangi investitsiya loyihalari ishlab chiqish zarurligini ta`kidladi.
Investitsiya faoliyati dolzarb ahamiyat kasb etayotgan bir davrda 2019-yil 4- avgust kuni mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2017- yilgi investitsiya dasturiga kiritilgan yirik va muhim ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yil yakuni bo`yicha kutilayotgan natijalar bo`yicha videoselektor bo`lib o`tdi. Ushbu yig`ilishda o`tgan yeti oy davomida investitsiya liyihalarining qay darajada bajarilgangi, ulardagi kamchiliklar va muammolar ko`satildi va kelgusi yilda investitsion rejalar tuzib chiqildi.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylariga mamlakatimizdagi asosiy kapitalga investitsiyalar jami umumiy miqdorin134029.4 milliard so`mni tashkil etgan bo`lib, bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 146.0% ga oshganini ko`rishimiz mumkin. Bu esa mamlakatimiz YaIM sidagi ulushining 37.0% ini tashkil etadi. Ushbu raqamlarga e`tabor qaratadigan bo`lsak, o`zlashtirilgan investitsiyalarning 38099.1 millard so`mi markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan bo`lsa, qolgan 95930.3 milliard so`mi markazlashmagan moliyalshtirish manbalari hisobidan qayd etildi. Korxona va tashkilotlarning o`z mablag`lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar ulushi salmoqli bo`ldi- 28937.2 milliard so`m yoki jami sosiy kapitalga investitsiyalarning 26.1% tashkil qildi. Aholi mablag`lari hisobidan esa jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9.8% I yoki 13069.5milliard so`m o`zlashtirildi. Joriy davrda o`zlashtirilgan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investtsiyalarning hajmi jadal o`sib, 21448.4 milliard so`mni tashkil etdi va 2018-yilning mos davridagi jami asosiy kapitaldagi ulushiga nisbatan 8.4% ga ko`paygan.
1-rasm
Quyidagi chizmani tahlil qilar ekanmiz joriy yil yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining Respublikamiz hududlari bo`yicha eng katta ulushi Toshkent shahriga- 23.0% , Qashqadaryo viloyatiga- 11.0% va Navoiy viloyatiga-9.8% to`g`ri kelganligini ko`rishimiz mumkin. Sirdaryo hamda Xorazm viloyatlarida o`zlashtirilgan investitsiyalarning Respublikada o`zlashtirilgan investitsiyalar hajmidagi eng eng kam ulushlar qayd etilgan-3.0% va 2.9%.
Joriy davrda ham asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning kata qismi yangi qurilishga yo`naltirildi. Yangi qurilishga yo`naltirilgan investitsiyalar hajmi 72167.4 milliard so`mni tashkil etdi va bu jami o`zlashtirilgan investitsiyalarning 53.8% ni tashkil etdi.
Shuningdek, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag`lari hisobidan 20983.0mlrd so`m, O`zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 19630.4mlrd so`m, boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 11942.2 mldr so`m, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasidan5851.6mlrd so`m, Respublika byudjeti 11359.5mlrd so`m, Suv ta`minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg`armasi 1215.1mlrd so`m va Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasi hisobidan esa 42.5mlrd so`m asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirildi.
2-rasm
Joriy davrda jami 8.9 mlrd AQSH dollar xorijiy investitsiya va kreditlar o`zlashtirilgan bo`lib, ulardan 68.6%i yoki 6.1 mlrd AQSH doll asosiy kapitalga o`zlashtirildi. Jami o`zlashtirilgan investitsiyalar va kreditlarning 37.0%i yoki 3.3mlrd dollarini to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi.
3-rasm
2019-yilning yanvar-sentabr oyida 52571.0mlrd so`m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 39.2 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o`zlashtirildi. O`sish suratlarini hududlar kesimida ko`radigan bo`lsak, eng yuqori ko`rsatkich Jizzax viloyatida qatd etildi-13.9 martaga ko`payish, eng past o`sish surati Buxoro viloyatida kuzatildi 90.5%.
Demak, iqtisodiyot rivojlanayatgan bir pallada mamlakatdagi investitsiya faoliyati barqarorligini ta`minlash, uni keng soha va tarmoqlarga yo`lantirish, keng ko`lamli xorijiy investitsiyalarni jalb etish, har bir investitsion loyihalarni o`rganib chiqish va to`g`ri investitsion faoliyat yutish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanar ekan. Agar hududlararo investitsion faoliyatlarni tashkil etsak va ishlab chiqarish tarmoqlariga uni targ`ib eta olsak ma`lum bir ma`noda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga, ishlab chiqarish hajmining oshishiga va mamlakatdagi ishsizlik darajasining pasayishiga erishgan bo`lamiz. Bugungi kunda Respublikamizdagi investitsion siyosatdan xulosa chiqargan holda shuni taklif etgan bo`lardimki, yurtimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalarni ishlab chiqarish sohasiga, yanada aniqroq qilib aytganda bugungi kunda endi rivojlanib borayotgan qishloq xo`jaligidagi klaster tizimiga qaratadigan bo`lsak, xorijiy davlatlarga xomasho yoki yarim tayyor mahsulotlar emas, aksincha, tayyor mahsulotlarni eksport qilgan bo`lar edik. Yana shuni aytib o`tishim joizki, investitsiyalarning intellektual sohaga jalb etish ham maqsadga muvofiq bo`ladi. Har qanday investitsion loyiha e`tibordan chetda qolmasligi va uni iqtisodiyot rivojidagi o`rni yuqori ekanligini unutmasligimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Mirziyoyev Sh.M. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo’ljallangan parametrlar muhokamsiga bag’ishlangan nutqidan, 2019 yil 31 oktabr.
Malikov T.S, Olimjonov O.O. Moliya: Darslik.-T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019.-66 b.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 2019 yil loyihasi bo’yicha “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri.-T.: “Fan va texnoligiyalar”, 2018. -8 b.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “ O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” PF-4947-son Farmoni.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 2020 yil loyihasi bo’yicha “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri.-T.: “Fan va texnologiyalar”, 2019. -13 b.
Дернберг Р.Л. Международное налогообложение / Пер. с англ. - М., 1997. -С. 250.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to’g’risda”gi PF-5468-sonli Farmoni, 2018 yil 29 iyun.
www.openbudget.uz saytining ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.
‘Fuqarolar uchun axborot” nashri ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |