O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi


 Mamlakatimizda Tiklanish va taraqqiyot



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

15.2. Mamlakatimizda Tiklanish va taraqqiyot 
jamg‘armasi
 faoliyatining tashkiliy xususiyatlari va 
huquqiy asoslari 
Mazkur tadqiqotda suveren fondlarni boshqarish deganda suveren 
fondlarning mablag‘larini shakllantirish va foydalanish qoidalari va 
usullarini, investitsion strategiyani ishlab chiqish va takomillashtirish 
hamda ularni fondlar tashkil qilish maqsadlariga erishishga imkon 
beradigan holatga keltirish bo‘yicha fond boshqaruvchisining faoliyati. 
Bizningcha, 
suveren 
fondlar 
boshqaruvining 
funksional 
elementlari quyidagilar hisoblanadi: maqsadlarni belgilash, fond 
mablag‘larini shakllantirish va foydalanish qoidalarini belgilash, 
fondning investitsion strategiyasini ishlab chiqish, fondni boshqarish 
tashkiliy 
strukturasini 
shakllantirish, 
fondning 
mablag‘larini 
shakllantirish va foydalanish, fond mablag‘larini investitsiya qilish, 
fond mablag‘lari bilan operatsiyalar hisobi va hisoboti, shuningdek, 
suveren fondlar faoliyatini nazorat qilish.
 
Suveren fondlar mablag‘larini shakllantirish va foydalanish 
qoidalarini belgilash deganda qo‘yilgan vazifalar doirasida fondlarning 
mablag‘larini eng to‘liq tarzda shakllantirish va foydalanish imkonini 
beradigan qoidalar ishlab chiqish va qo‘llash tushuniladi. Agar, 
masalan, fondlarning mablag‘larini maksimal darajada asrash maqsadi 


259 
qo‘yilgan bo‘lsa, qoidalar buni ko‘zda tutishi va bu maqsaddan chetga 
chiqishga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. 
Suveren fondning investitsion strategiyasi bu – fond investitsion 
faoliyatining umumiy vazifalar va investitsiyalar mafkurasini
shuningdek, ularga erishishning eng samarali yo‘llarini tanlashni 
belgilab beradigan maqsadlar tizimidir. Investitsion strategiya ishlab 
chiqish bu – suveren fond investitsion faoliyatining bosh rejasini ishlab 
chiqish bo‘lib, unga rioya qilish uzoq muddatli istiqbolda investitsion 
maqsadlarga erishish va fond vazifalarini hal qilishga imkon beradi. 
Investitsion deklaratsiya fondning investitsion maqsadlari va 
vazifalariga erishish bo‘yicha taktik rejani ifodalaydi hamda 
investitsion strategiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsion 
strategiyani amalga oshirish suveren fondlar faoliyatining muhim 
tarkibiy qismi sanaladi. 
Suveren fondlarni boshqarish tashkiliy strukturasini shakllantirish 
deganda shunday tashkiliy struktura tashkil qilish ko‘zda tutiladiki, 
bunda boshqaruv strukturasining barcha muhim elementlari, vazifalar 
va vakolatlarni taqsimlash, shuningdek, boshqaruv qatnashchilari 
oldida majburiyatni fond missiyasini amalga oshirishga yo‘naltirilayot-
gan eng yaxshi tarzda taqsimlanishi lozim. 
Suveren fondlarning mablag‘larini shakllantirish va foydalanish 
suveren fond mablag‘larini shakllantirish, ularni fond mablag‘lari 
hisobi bo‘yicha alohida hisoblarga o‘tkazish, shuningdek, mablag‘larni 
fondning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirish o‘zaro 
bog‘liq jarayonini ifodalaydi. 
Suveren fondlar mablag‘larini investitsiyalash bu – investitsion 
daromad olish maqsadida fond mablag‘larini manfiy natija olish riski 
bilan bog‘liq har xil sinflar va turlarga joylashtirish jarayonidir. 
Fond mablag‘lari bilan operatsiyalar hisobi va hisoboti suveren 
fondlarning schetlardagi mablag‘lar bilan operatsiyalar haqida 
axborotni aniqlash, o‘lchash, to‘plash va qayd qilish bo‘yicha 
to‘laqonli tizimni ifodalaydi. Hisob tizimining ish natijasi suveren 
fondning boshqaruvchisi uning asosida u yoki bu boshqaruv qarori 
qabul qiladigan obyektiv va to‘liq axborot bo‘lishi lozim. Qonun 
chiqaruvchi va ijroiya hukumat organlari, mamlakat fuqarolari, ichki 


260 
va tashqi auditorlar, fond investitsiyalarini potensial oluvchilar va 
boshqalar axborotdan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin. 
Suveren fond faoliyati ustidan nazorat boshqaruv tizimining asosi 
funksiyalaridan biri hisoblanadi va fondning optimal faoliyatini 
ta’minlash maqsadida ko‘rsatkichlar monitoringi ustidan kuzatishni 
ifodalaydi. Olingan nazorat natijalari asosida suveren faoliyatini 
moslashtiradi va boshqaruv qaror qabul qilinadi. Shunday qilib, 
nazorat bu amaldagi natijalarni maqsadli yoki kutilgan natijalar bilan 
taqqoslash yo‘li bilan qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishishni 
ta’minlaydigan jarayondir. 
Suveren fondlarni boshqarishning asosida maqsadlarni belgilash 
yotishi lozim. M.Panovning fikriga ko‘ra, maqsadlarni belgilash 
tizimning missiyasi, strategik ko‘rsatmalar va hal etiladigan vazifalar 
xarakteriga muvofiq bosh maqsad va maqsadlar daraxti belgilashni 
ko‘zda tutadigan boshqaruvning birlamchi bosqichini ifodalaydi.
104
Maqsadlarni belgilash iqtisodiy tizimlarni boshqarishda eng 
muhim jarayon hisoblanadi. Tizim tashkil qilishda maqsadlarni 
noto‘g‘ri tanlash shunga olib keladiki, hal etilishi lozim bo‘lgan 
muammolar qolib boshqa muammolar hal etiladi. Maqsadni to‘g‘ri 
tanlash bu – boshqaruv maqsadiga erishishning garovidir.
105
Bizning nazarimizda, boshqarish doirasida funksional boshqaruv 
elementlari maqsadlar eng to‘liq qondiriladigan va suveren fondlar 
oldiga qo‘yilgan vazifalar hal etiladigan darajada uyg‘unlashadigan 
boshqaruv suveren fondlarni samarali boshqarish hisoblanadi.
 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Tiklanish 
va 
taraqqiyot 
jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi 2006 yil 11 maydagi PF–3751-sonli Farmoniga muvofiq 
tashkil etilgan. Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy 
muassasa bo‘lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning 
yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va 
texnikaviy qayta qurollantirish bo‘yicha loyihalarning amalga 
104

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish