250
boshqarish samarali tizimini tashkil qilishga intiladi. Bunda suveren
fondlar faoliyatini tashkil etish alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
M.G.Baronova fikriga ko‘ra, “suveren fond – fuqarolarning asosiy
konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, ijtimoiy ahamiyati yuqori
bo‘lgan, bilimga asoslangan va iqtisodiy samarador investitsiya
loyihalarini amalga oshirish hamda byudjet defitsitini moliyalashtirish
maqsadida davlat tomonidan foydalaniladigan pul mablag‘larining
alohida jamg‘armasi hisoblanadi”.
95
Bundan
suveren fondlarning
barqarorlashtirish xususiyatini ko‘proq ochib berishga harakat
qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.
Iqtisodchi olim K.Klimbetov o‘zining tadqiqot ishlarida “Suveren
fond” tushunchasini qo‘llagan holda unga quyidagicha ta’rif bergan
“suveren fond – bu iqtisodiy institut va bir vaqtning o‘zida davlat
siyosatini amalga oshiruvchi
instrument hisoblanib, mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik vazifalarini amalga oshirishga mo‘ljallan-
gan, shuningdek, davlatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini
(milliy va xalqaro darajada) ta’minlash maqsadida moliyaviy (davlat
byudjeti bundan istisno) va moddiy aktivlar jamg‘armasidir”.
96
Byudjet profitsiti nazariyasining rivojlanishiga
munosib hissa
qo‘shgan S.Yu. Vittening ta’kidlashicha, “byudjet profitsitini zaxira
fondlarida saqlanishini maqsadga muvofiq”.
97
Bundan ko‘rinadiki
byudjet profitsiti soliq yukini pasaytirishda yoki davlat qarzini
qoplashda zarurligini ko‘rsatib, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda
bunday fondlar tashkil qilishga ahamiyat bermaslik foydaliroq deb
hisoblanadi. Lekin rivojlanayotgan mamlakatlarda “taraqqiyot
fondlari” byudjetning normal faoliyat ko‘rsatishi
uchun zarur shart
bo‘lgan bo‘lardi.
95
Бароновская М.Г.
Суверенные фонды благосостояния: институциональная организа-
ция и роль на мировом финансовом рынке // Вестник экономической интеграции. М.,
2010. № 8. С. 143-148.
96
Келимбетов К.Н.
“Роль суверенных фондов в обеспечении устойчивой международ-
ной конкурентоспособ-ности Казахстана”. Автореферат. дисс на соис учен степ. д.э.н.
М., 2017. С-46
97
Витте С.Ю.
Конспект лекций о народном и государственном хозяйстве, читанных
его императорскому высочеству великому князю Михаилу Александровичу в 1900-1902
годах / С.Ю. Витте. Предисл. Мст. П. Афанасьев. М. : Издательство Юрайт, 2011. 629 с.
С-515
251
Suveren fondlar tashkil qilishga Keynsning “tsikllarga
qarshi
iqtisodiy siyosat” paradigmasi asos qilib olingan. Keyns nazariyasi
tarafdori bo‘lgan ingliz iqtisodchisi R.F. Xarrod suveren fondlar
faoliyatini bir tomondan, “Davlatning sikllarga qarshi siyosati”,
boshqa tomondan esa – davlat inqirozga qarshi boshqaruv funksiyasini
amalga oshirish bilan izohlagan.
Xarrodning fikriga ko‘ra, “suveren fondlar faoliyat ko‘rsatishi
sikllarga qarshi byudjet siyosatining
maqsadlariga erishish va
vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim bo‘lib, bunda fond
mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan
yuritiladigan monetar siyosat bilan bog‘langan bo‘lishi lozim”.
98
Olimning nazariyasida eng muhim jihat shunda ediki, fondning
mablag‘lari iqtisodiyot uchun inqirozli bo‘lgan
davrlarda soliqlarni
pasaytirishga, ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni moliyalashtirishga,
byudjet taqchilligini qoplashga sarflanishi lozim. Bunda fondlarning
mablag‘lari yordamida bandlikka va “xarid kuchiga”, ya’ni “samarali
talab”ga ta’sir ko‘rsatish amalga oshirilishi lozim.
E.X. Xansen suveren fondlarni mamlakatda pul massasini tartibga
solish uchun vosita sifatida ko‘rib chiqqan.
99
Xansenga ko‘ra, suveren
fondlarning bajarishi lozim bo‘lgan asosiy vazifasi milliy valyuta kursi
barqarorligini ta’minlash, valyutaning xarid qobiliyatini yaxshilashdan
iborat bo‘lib, bu fuqarolar tasarrufida bo‘lgan real daromadlar o‘sishini
rag‘batlantiradi. Shunday qilib, suveren fondlarning mablag‘lari
yordamida dastlabki va asosiy ta’sir obyekti valyutaning xarid qiymati
hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan mulohazalar 15.1-jadvalda aks ettiramiz.
Jahon iqtisodiyotida suveren fondlar nafaqat ma’lum
bir davlat
iqtisodiyotini rivojlantirishda katta o‘rin egallaydi, balki mintaqalar
iqtisodiyotiga, halqaro suveren fondlari esa dunyo miqyosida
iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishga qodir.
Shu sababli suveren
fondlarining nazariy asoslari va uslubiy jihatlarini o‘rganish asnosida,
mashhur iqtisodchi olim va mutaxassislar tadqiqot natijalarida yuzaga
98
Харрод Р.Ф.
К теории экономической динамики / Р.Ф. Харрод. М. : Гелиос АРВ. 1999.
С. 146.
99
Хансен Э.X.
Денежная теория и финансовая политика / Э.Х. Хансен. М. : Дело, 2006.
С. 279.
252
kelgan ta’rif va tushunchalarni ko‘rib chiqish, shuningdek, ba’zi dav-
latlarda ushbu masalaga tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlari bilan ham
tanishish zarur hisoblanadi.
15.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: