253
-
Markaziy yoki mintaqaviy darajada
xususiy yoki davlat
tashkiloti, ma’lum bir hukumat instituti boshqaruvi ostida bo‘ladi;
-
Yuridik, moliyaviy va operatsion jihatdan qolgan davlat
aktivlaridan alohida ajratilgan bo‘ladi;
-
Davlat tomonidan ta’sis etiladi va davlat mulkida bo‘ladi;
-
Aholi manfaatlarini hisobga olgan holda boshqariladi;
-
Investitsiya asosida faoliyat ko‘rsatadi;
-
Fond mablag‘lari turli investitsion strategiyalarga muvofiq
foydalaniladi, jumladan, xorijiy moliyaviy aktivlarga joylashtiriladi.
Suveren fondlar tashkil qilish va ularni boshqarish borasida xorij
tajribasini tahlil qilish natijalari fondlarning rivojlanishida quyidagi
tendensiyalarni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi:
-
resurslarga qaram bo‘lmagan mamlakatlarda
vujudga keladigan
suveren fondlar sonining o‘sishi;
-
tobora ko‘p sonli fondlarning xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan
manbalar hisobiga shakllanishi;
-
yangi fondlar tashkil topadigan asosiy mintaqa oltin-valyuta
zaxiralari katta bo‘lgan Osiyo bo‘lib qolaverishi;
-
suveren fondlar investitsion portfelining strukturasi risk va
daromadlilik ko‘rsatkichining eng yaxshi uyg‘unlashuvi hisobiga
riskliroq aktivlar tomon o‘zgarishi;
-
suveren fondlar tarkibida ularning mablag‘lari rivojlanish nuqtai
nazaridan eng muammoli bo‘lgan iqtisodiyot sohalarida mamlakat
ichkarisidagi investitsiyalarga yo‘naltiriladigan infratuzilma quyi
fondlari tashkil qilinishi.
Fond mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayon-
larida, investitsion strategiyalar va fondlarni boshqarishga yondashuv-
larda jiddiy tafovutlarga ega bo‘lgan mamlakatlar
suveren fondlari
tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi tajribasini o‘rganish suveren fond-
lar faoliyatida bir biridan farq qiluvchi xususiyatlarga ega ekanligini
ko‘rsatadi.
Deyarli barcha suveren fondlarning asosiy xususiyatlari qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
suveren fondlar tarkibining, jumladan, tashkiliy-huquqiy shakl
bo‘yicha
bir turda emasligi;
254
-
belgilangan makroiqtisodiy maqsadlar uchun, qoidaga ko‘ra, bir
turdagi maqsadlardan foydalanilishi va ularning har bitta fondga 2-3
tadan to‘g‘ri kelishi;
-
fondlar uchun uzoq muddatli investitsion faoliyat xosligi;
-
fondlarning investitsiyalari fond bozorlariga faol ta’sir etishi
mumkinligi;
-
suveren fondlarni boshqarish samaradorligini baholash fond
faoliyatining boshqa investitsion maqsadlarini hisobga olmasdan risk
va daromadlilikni baholashga asoslanishi.
Bir qancha iqtisodchi-olimlarning ilmiy asarlarida taqdim etilgan
suveren fondlar tasniflarini tahlil qilish natijalari
bunday fondlarning
yakuniy shakllangan tasnifi yo‘q deb xulosa chiqarishga imkon beradi,
chunki fondlarning turlari va shakllari uzluksiz rivojlanishda bo‘ladi.
P.A.Kazakevich suveren fondlarni beshta belgi bo‘yicha, ya’ni
tashkil qilish maqsadlari bo‘yicha, mablag‘larni shakllantirish manba-
lari bo‘yicha, fondlarni to‘ldirish tamoyili bo‘yicha, tashkiliy-huquqiy
shakli bo‘yicha, suveren fondlarning byudjet tizimiga integratsiya
tamoyili asosida ajratib ko‘rsatgan
100
.
A.V.Levchenko mavjud tasnifni funksional belgi bilan to‘ldirdi va
suveren fondlarning maqsadli yo‘nalganligini aniqlashtirdi va shu
tariqa fondlarning barqarorlashtirish, zaxira to‘plash, strategik va
rivojlantirish funksiyalari kabi yiriklashtirilgan funksiyalarini ajratib
ko‘rsatdi.
101
Yuqoridagi suveren fondlar mohiyati
va tasniflanishi haqidagi
fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagi 15.2-jadvalda keltirib
o‘tamiz.
E.A.Vasin o‘zining tadqiqotlari davomida suveren fondlarning
yuqoridagi tasnifda keltirilgan fondlarning kompensatsiya maqsadi
barqarorlashtirish maqsadini takrorlaydi, chunki byudjet mablag‘lari
inqiroz davrida turli inqirozga qarshi chora-tadbirlar uchun ham
foydalanilishi mumkin degan fikrni ilgari surgan. Qayta taqsimlash va
daromad maqsadlari esa fond portfelining
investitsion qiymatini
100
Казакевич П.А.
Организационные аспекты деятельности суверенных фондов благо-
состояния // Российский экономический интернет-журнал. 2009. №1. C. 2.
101
Левченко А.В.
Суверенные инвестиционные фонды как стабилизаторы национальных
экономик // Вестник Финансового университета. 2011. № 1. С. 67—75.
255
oshirish va daromadlilikni maksimallashtirish vazifasiga asoslanishini
ko‘rsatib o‘tgan.
15.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: