•
Boshqaruv muammosi o'zining rivojlanish jarayonida bir necha
bosqichlardan o‘tgan. Awalida alohida ko‘rsatkichlami (masalan harorat, bosim va
hokazolami) nazorat qilish masalalari, keyinchalik alohida agregatlami
rostlash va pirovardida murakkab obyektlami: ko‘p agregatli texnologik
majmualarni, samolyotlarni avtomatik boshqarishga borib taqaldi.
Hozirgi vaqtga kelib boshqarish sohasidagi mutaxassislami tashkiliy
tizimlami boshqarish masalalari qiziqtirmoqda.
Boshqarish jarayonida «tizim» tushunchasi asosiy bo‘lib, tizim
deganda bir maqsad bilan uzviy bog‘langan, avtonom holda ishlay
oladigan elementlar (obyektlar) , to‘plamim tushunamiz. Obyekt va
elementlar to'plamini tizim deb qarash uchun ular tarkib (mazmun),
tuzilma (struktura), aloqa, boshqarishga moyillik kabi tushunchalarga ega
bo‘lmog‘i kerak.
•
Tarkib. Boshqarish tizimlarining mutlaq ko‘pchiligi kirish qismdagi
resurslar (materiallar va hokazolar) to'plamini bahosi qimmatroq
bo‘lgan
chiqish qismdagi resurslar (tovarlar, xizmatlar) to‘plamiga o‘zgartiradi.
Shuning uchun, bunday tizimlar odamlar, mashinalar, materiallar va
hokazolar kabi elementlar sinfiga ega bo'lmoq kerak.
1-rasmda keltirilganidek Xi, X2, Xn lar obyektning kirish
qismidagi, Yi, Y2, Yn- lar esa obyektning chiqish qismidagi resurslardir.
•
Tuzilma. Tizimning faoliyati — uni tashkil etuvchi ayrim
elementlaming funksiyalaridan iborat bo‘lib, bir-birlari bilan uzviy bog
langan holda boshqarish uchun yo'naltirilgan bo‘ladi. Boshqarishning,
ma’lum bir vaqt ichidaT hamma funksiyalarini bajaruvchi elementlar
uning tuzilma (struktura)sini tashkil etadi.
•
Aloqa. Tizimning elementlari bir-birlari va tashqi muhit bilan
bog'langan (aloqada) bo‘lib, har qanday ta’sirga e’tibor qilish (o'z
munosabatini bildirish) imkoniyatiga ega boiishi kerak.
Boshqarish. Tizim oldiga qo'yilgan maqsadlarga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlami
baholash qobiliyatiga ega bo‘lib, uning ishlash ko'rsatkichlarini yaxshilash
borasida tuzilmasini, tarkibini, aloqa va boshqarish
usullarini o'zgartirish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Yoki boshqacha
qilib aytganda, tizim moslashishi va o‘z-o‘zini uyushtirish imkoniyatiga
ega bo'lishi kerak.
•
Har qanday boshqarish tizimi boshqarilish jarayoni b layotgan
boshqarish obyekti (boshqariluvchi tizimcha) va boshqarilish buyruqlarini
hosil qiladigan boshqaruvchi qurilma (boshqariluvchi tizimcha) dan
tashkil topadi.
Kibemetikaning boshqarishga oid qismi nuqtayi nazaridan
avtomatlashtirishga mo'ljallangan korxonalar (ayniqsa, sanoat korxonalari)
murakkab majmuaviy kibemetik tizimni tashkil qiladi. Uning murakkabligi
va majmuaviyligi esa tizimchadan kelayotgan buyruqlami bajarish
uchun quyidagi elementlami, ya’ni texnik, texnologik, birgalikdagi
mehnat, ishlab chiqarish buyruq (ta’sir) lami tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |