O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi


Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi 
– yuridik 
shaxsning – ishonchli boshqaruvchining oʻziga egalik qilish uchun 
topshirilgan va boshqa shaxsga tegishli boʻlgan: 
-qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini 
boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qogʻozlarni; 
-qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan va 
investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablagʻ-
larini shu shaxsning yoki u koʻrsatgan shaxsning manfaatlarini koʻz-
lab, oʻz nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobay-
nida amalga oshirishi investitsiya aktivlarini boshqarish. 
Transfer-agent
– qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisob-
ga olish tizimiga taalluqli hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov 
berilishi va ularning oʻtkazilishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi 
yuridik shaxsdir. 
Emitentlar, shuningdek qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzuv-
chi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir. Transfer-agent emitentga 
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish yuzasi-
dan xizmatlar koʻrsatadi. 
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi 
– investorlarga vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish 
imkoniyatini beruvchi, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish 
boʻyicha faoliyatni buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus 
kompyuter savdo tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi 
yuridik shaxsdir. 
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi 
faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan. 
Diler
– fond birja bitimlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan tuzuv-
chi birja aʼzosidir. 
Market
-
meyker 
– fond birja tovarlari narxlarining, talab va taklif-
ning darajasini saqlab turish uchun oʻz zimmasiga birja bitimlarini 
tuzish majburiyatini olgan dilerdir. 
Broker
– mijozning topshirigʻiga koʻra, uning hisobidan birja 
bitimlarini tuzuvchi birja aʼzosidir. 


207 
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi va uning 
mijozi munosabatlari qonun hujjatlari hamda shartnoma bilan tartibga 
solinadi. Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan 
shartnomalar asosida faqat investitsiya vositachisi va investitsiya 
aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin. 
Fond birjasida savdolarni amalga oshirish, yuqorida aytib oʻtilgan 
fond birja, jumladan, qimmatli qogʻozlar ishtirokchilarining turli 
faoliyati bilan bogʻliq boʻladi. Fond birja savdolarida asosan broker, 
diler, market meyker bevosita qatnashadi. Aytib oʻtish joizki, fond 
birjasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzilganda
sotuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga bitim summa-
sining 0,01 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi. Bunda sotuvchining, shu 
jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining tuzilgan bitim 
boʻyicha daromadlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 
va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi. 
Qimmatli qogʻozlarga doir narxlarning, talab va taklifning 
darajasini saqlab turish uchun birja bitimlari tuzilganda market-meyker 
birjaga, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga, shuningdek 
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga 
yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisida 
Qonunning 21-moddasida belgilanishicha, qimmatli qogʻozlar 
savdosining tashkilotchilari sifatida quyidagilar belgilangan: 
-
fond birjasi; 
-
fond boʻlimini tashkil etgan valyuta birjasi
-
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi. 
Barcha qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari oʻz fao-
liyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlishlari 
lozim. 
Tashkil etilgan tovar savdolarida qatnashishga Oʻzbekiston 
Respublikasi qonun osti hujjatlarida belgilangan ravishda faoliyat 
yuritayotgan yuridik shaxslarga ruxsat beriladi. Bunda, savdoda 
qatnashayotgan ishtirokchi boshqa bir shaxs manfaatini koʻzlab, uning 
nomidan harakat qilsa, brokeryoki tegishli professional litsenziyaga 
ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchisi hamda markaziy 


208 
kontragent savdo tashkilotchisining savdoda qatnashish roʻyxatiga 
kiritilishi mumkin. Ushbu roʻyxatga savdo qatnashchilarini kiritish va 
roʻyxatdan chiqarish tartibi va shartlari savdo tashkilotchisi tomonidan 
qatʼiy belgilanadi.
Fond birjasi yopiq birja turiga kiradi. Bu degani, faqat birja 
aʼzolari (yaʼni, professional ishtirokchilar) qimmatli qogʻozlar 
savdosini amalga oshirishi mumkin. Odatda, fond birja aʼzolari yuridik 
shaxslardir, lekin xalqaro amaliyotda fond birja aʼzolari kategoriyasiga 
ham yuridik, ham jismoniy shaxslar kirishi mumkin. Ayirim mam-
lakatlarda, masalan AQSHda jismoniy shaxslarga, boshqa davlatlarda, 
misol uchun, Yaponiya, Kanada – yuridik shaxslarga va boshqa 
koʻpgina davlatlarda jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida farqlilik 
qilmaydi, fond birja aʼzosi boʻlish afzalligi beriladi. 
Fond birjaning barcha ishtirokchilari bir xil sharoit va vaziyatda 
boʻladi, yaʼni har xil kategoriyaga ega boʻlgan ishtirokchilar boʻlishi 
mumkin emas, misol uchun, tovar birjalaridagi ishtirokchilar singari.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish