209
qogʻozlar markaziy depozitariy vazifalari toʻgʻrisida ham aytib oʻtish
lozim.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
-qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish;
-hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlash;
-qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni
saqlash;
-qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish;
-davlatning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek
qimmatli qogʻozlarni boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan
shaxslarning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini
hisobga olish;
-investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini yuritish;
-qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda
amalga oshirish;
-Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqa-
rilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida
muomalaga kiritilgan
qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
-Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan,
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan
qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
-agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa,
investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli
qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish;
-Deponentlarning yagona
bazasini yuritish;
-Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga xalqaro kodlarni berish;
-depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar
harakati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariy huquqlariga: qimmatli
qogʻozlar markaziy depozitariysi qimmatli qogʻozlar egalarining
reyestrlarini yuritishga doir vazifalarini bajarayotganda investitsiya
vositachilaridan mazkur reyestrlarni shakllantirish uchun zarur maʼlu-
motlarni soʻrash va olish hamda boshqa
huquqlarni ham kiritish
mumkin.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi majburiyatlariga
quyidagilar kiradi:
210
-
manfaatdor shaxslarning qimmatli qogʻozlarni Qimmatli
qogʻozlar markaziy depozitariysida saqlash va hisobga olish qoidalari
bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi;
-
saqlash uchun qabul qilib olingan hujjatli qimmatli qogʻozlar-
ning but saqlanishini taʼminlashi;
-
oʻzining har bir deponentiga tegishli qimmatli qogʻozlar soni-
ning va nominal qiymatining hisobini yuritishi;
-
qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi,
shuning-
dek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
-
oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiya-
larni amalga oshirishga asos boʻlgan birlamchi hujjatlarni idoraviy
arxivda saqlashi;
-
oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiya-
larni deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning yozma
topshiriqlari asosida
amalga oshirishi;
-
oʻz deponentining qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi
va boshqa ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvaragʻidan tegishli
koʻchirma bergan holda tasdiqlashi;
-
depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarning mavjud-
ligi va harakati, holati toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼmin-
lashi;
-
oʻz deponentining depo hisobvaragʻi boʻyicha
operatsiyalarni
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat
organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek
sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: