224
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Bunda veksel beruvchining yoxud vekselda koʻrsatilgan
boshqa toʻlovchining vekselda nazarda
tutilgan muddat kelganda
veksel egasiga muayyan summani toʻlashga doir qatʼiy majburiyatini
tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz veksel hisoblanadi.
Mamlakatimizda va xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlarni mus-
taqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali
joylashtirish huquqiga ega.
Ayni paytda Tashqi iqtisodiy faoliyat
milliy baki tomonida
“Kvars” aksiyadorlik jamiyati aksiyalari joylashtirilayotganligi bunga
yaqqol misol boʻladi. Shu oʻrinda “qimmatli qogʻozlarga doir
narxlarning, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun birja
bitimlari tuzilganda market-meyker birjaga, Qimmatli qogʻozlar
markaziy depozitariysiga, shuningdek Oʻzbekiston
Respublikasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar
toʻlashdan ozod qilinganligini”
88
taʼkidlash lozim.
Emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda, shuningdek
banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega.
Bunda banklar va investitsiya vositachilari emitentlar tomonidan
chiqarilgan
emissiyaviy
qimmatli
qogʻozlar
chiqarilishining
joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmagan
holda emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni
emitent nomidan sotish
toʻgʻrisida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Bunda
emitent, shuningdek u bilan shartnomaga koʻra emissiyaviy qimmatli
qogʻozlar joylashtirilishini amalga oshiruvchi banklar va investitsiya
vositachilari mazkur qimmatli qogʻozlar
olinguniga qadar investorga
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi va emissiyaviy qimmatli
qogʻozlarni joylashtirish shartlari bilan tanishib chiqish imkoniyatini
taʼminlashi shart.
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga
doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitoblari
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki tomo-
nidan amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga
doir bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblar
88
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonuni, 16-modda.
225
esa Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya
vositachisi tomonidan amalga oshiriladi.
Moliya bozorida tijorat banklari kredit operatsiyalari orqali faol
ishtirok etishi barchaga maʼlum holat.
Shuningdek valyuta bozorida
ham banklarning faolligi bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida ahami-
yatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: