199
XII BOB. FOND BIRJALARI VA FOND BOZORI
ISHTIROKCHILARI
12.1. Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasida fond birjasi faoliyati 12.09.2014 yilda
qabul qilingan OʻzRQ-375 sonli “Birjalar va birja faoliyati” toʻgʻrisida
qonunning yangi tahriri orqali tartibga solinadi. Ushbu qonun
birjalarning tashkil etilishi va faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni
tartibga soladi. “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida” qonunga
muvofiq,
birja
– oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda,
belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik
shaxs. Qonunning 3–moddasiga koʻra, birjalar
belgilangan tartibda
litsenziya olganidan keyin birja faoliyatini amalga oshirish huquqini
qoʻlga kiritgan va oʻz nomida “birja” soʻzidan foydalanishlari lozim
boʻlgan yuridik shaxslardir.
Birjalar oʻz faoliyatini tovar-xomashyo, fond va valyuta birjasi
turida amalga oshiradi. Birja oʻz ustav hujjatlariga ega boʻlishi kerak
va bu hujjatlar quyidagilardan iborat:
- birjaning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi,
joylashgan yeri,
elektron pochta manzili;
- birja ustav fondining miqdori;
- birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal
qiymati, turlari;
- birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining,
taftish komissiyasining va ijroiya organining aʼzolari soni, ushbu
organlarni
shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Fond birjasi oʻz faoliyatini amalga oshirishda bir qator huquqlarga
ega: kotirovkalash; arbitraj; listing; nazorat va boshqa birja
komissiyalarini tashkil etish; birja tovarlari narxlari birja tomonidan
belgilangan chegaraviy miqdordan oʻzgarib ketsa,
birja savdolarini
toʻxtatish; qonun hujjatlariga muvofiq tanlov, kimoshdi, koʻrgazma-
yarmarka savdolarini, davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil
200
etish hamda oʻtkazish; birja axborotnomalari, maʼlumotnomalari ham-
da boshqa axborot va reklama materiallarini chiqarish;
birja savdo-
larini tashkil etish; birja tovarlariga boʻlgan talab va taklifning nisbati
asosida ularni kotirovkalash.
Fond birjaning oʻz majburiyatlari ham mavjud. Ularga quyidagi-
larni kiritishimiz mumkin: savdo maydonchalarida va seksiyalarda
birja savdolari oʻtkazish joyi hamda vaqti toʻgʻrisida birja aʼzolarini
oʻz vaqtida xabardor qilish; birjada tuzilgan bitimlarnining bajarilishini
taʼminlash uchun shart sharoitlar yaratish; birja aʼzolarining va ular
mijozlarining oʻzaro
majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish hamda
hisobga olish, shuningdek bankda ochilgan maxsus hisobvaraqlar
orqali ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob kitoblarni amalga oshirish; birja,
birja aʼzolari va ularning mijozlari pul mablagʻlarining alohida-alohida
hisobini yuritish; muntazam ravishda oʻz rasmiy veb-saytida birja
tovarlarining
kotirovkalarini joylashtirish, shuningdek birja aʼzolarini
har bir birja savdosining yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilib borish.
Fond birjaning faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va
tartibga solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining
narxlarini ushbu bozorda shakllantirishdan tashkil topadi.
Quyidagi rasmda fond birja tamoyillarini koʻrib chiqishimiz
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: