Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini shakllantirish tartibi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini shakllantirish tartibi 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida”gi qonun bilan tartibga soladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo`lib, Senat a'zolaridan (senatorlardan) iborat.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`korg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo`lgan hamda alohida xizmat ko`rsatgan eng obro`li fuqarolar orasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Konstitutsiya parlament deputatlarining hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`p partiyalilik asosida saylanishini muhim konstitutsiyaviy prinsip sifatida mustahkamlaydi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini o`tkazuvchi saylov okruglari O`zbekistonning butun hududida saylovchilar soniga qarab teng holda tuziladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida saylov kuni yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil O`zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi bo`lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo`yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning o`zida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a'zosi bo`lishi mumkin emas deb ko`rsatilgan.
“O`zbekiston RespublikasiningOliy Majlisga saylov to`g`risida”gi qonunining 25-moddasida Deputatlikka nomzodlarga qo`yidadigi talablar qo`yilgan:
sodir etilgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
saylov kuniga qadar so`nggi besh yil mobaynida O`zbekiston Respublikasi hdudida muqim yashamagan fuqarolar;
O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo`linmalarning xodimlari;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro`yxatga olinmaydilar.
Hozirda amalda bo`lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuniga 25 yoshga to`lgan fuqarolar ega bo`lishi mumkin. Yosh senzining bunday belgilanishi shu bilan izohlanadiki, deputat ozmi-ko`pmi ma'lum hayot tajribasiga ega bo`lishi, o`zini davlat va jamoat faoliyatida ko`rsata olishi lozim. Bu masala bir qancha xorijiy mamlakatlarning Konstitutsiyalari va qonunchiligida ham deyarlik shunday hal etilgan. AQSH Konstitutsiyasida 25 yoshga to`lmagan shaxs Kongressning Vakillar palatasining a'zosi bo`lishi mumkin emas. Yaponiya parlamentining vakillar palatasiga 25 yoshga to`lmagan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga to`lgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin. Shuni ham aytish joizki, jahon tajribasida passiv saylov huquqining bundan ham yuqori senzlari ma'lum.
2004 yilning 26 dekabrida mamlakatimizda ilk bor O`zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamenti – Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovlar bo`lib o`tdi. Mazkur saylovlarda beshta siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlar o`zlarining deputatlikka qo`ygan nomzodlari uchun kurash olib boradilar. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar hamda saylovchilarning mustaqil tashabbuskor guruhlari taqdim etgan nomzodlarni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olish yakunlari bilan bog`liq ma'lumotlarni (jadvallarda) berib o`tishni joiz deb bildik1[34]: