B.Olin
367
ichiga oluvchi iqtisodiy matematik modellar asosida hal qilinadi. Masalan,
amerikalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar tuzgan ana shunday mod-
elda 20 dan ortiq o`zgaruvchi va shuncha tenglama mavjud; unda matemat-
ik apparat ustun bo`lib, u nazariy asosning bo`shligini kompensatsiyalaydi.
Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeynschilar-
ga asoslanadilar va uni jamg`armalar va investitsiyalar orasidagi farq sifat-
ida e'lon qiladilar. Bu farq ishchi kuchi yetishmasligi va tez o`suvchi
kapital miqdori o`rtasidagi texnik-iqtisodiy disproporsiyadan kelib chiqadi,
deb tushuntiriladi.
Kapital o`sishi to`lov balansi saldosi musbat bo`lganda investitsion
daromadlar investitsion to`lovlardan ortiq hollarda ro`y beradi. Daromadi
to`lovlardan yuqori bo`lgan mamlakatlar kapitalni sof eksport qiladigan,
aksincha, to`lovlari daromaddan ustun bo`lganlar esa kapitalni sof import
qiladigan mamlakatlardir. Chunki ulardagi kapital miqdori mavjud mehnat
resurslaridan ancha kam bo`ladi. Bunda chet el investitsiyalari bilan sof
kreditor yoki debitor mamlakatlar ahvoli o`rtasidagi o`zaro bog`lanish
ta'kidlanadi.
Bevosita investitsiyalar nazariyasi ham 60-70-yillarda ishlab chi-
qilgan bo`lib, kapital chiqarish va kiritishning sabab va oqibatlarini
aniqlash masalalari asos qilib olingan. Ularning fikricha, kapital chiqarish
asosan yirik korporatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqa mam-
lakat kompaniyalarining chet eldagi iqtisodiy pozitsiyalari bilan raqobatga
duch keladi. Buning sababi shuki, hozirgi sharoitda rentabel ishlab
chiqarishni tashkil etish asosan chet eldagi bozorlarni egallash bilan
bog`liq. E.X.Chemberlin monopolistik konkurensiya nazariyasini ishlab
chiqdi, unga ko`ra monopolistik konkurensiya ishlab chiqarish va kapital
konsentratsiyasi tufayli emas, balki firmaning bozorga, iste'molchilarning
shaxsiy talablariga muvaffaqiyatli moslashishi natijasidir.
Bevosita investitsiyalarni amalga oshiruvchi korporatsiyalar xuddi
ana shunday monopolistik ustunliklarga ega bo`lishlari kerak. S. Xaymer -
Ch. Kindlebergerlarning "oligopolik strukturalar" (monopolistik ustun-
liklar) modelida bu jarayon korporatsiya investorda "differensiyalashgan
mahsulot", maxsus bozor bilimlari, kerakli texnologiya, yuqori malakali
menejment mavjudligi tufayli ro`y berar ekan.
Keyingi davrda xalqaro monopoliyalarning yangi tipi - transmilliy
va transkorporativ konsernlar tashkil topmoqda. Bu monopoliyalar faoli-
yatini aks ettiruvchi bir qancha ta'limotlar mavjud. Ularda xalqaro mo-
nopoliyalar bir qancha millatlar nomidan chiqayotgan mustaqil korporatsi-
ya sifatida izohlanadi va butun dunyoda ilmiy-texnika taraqqiyoti mevala-
368
rini targ`ib qiluvchi tashkilot deb qaraladi. Bu monopoliyalar misolida iqti-
sodiy aloqalar har qanday siyosat va mafkuradan xoli degan fikr ilgari suri-
ladi, ya'ni u yoki bu korporatsiya ko`p mamlakatlarda ishlab chiqarish va
kommersiya operatsiyalarini olib borayotgan bo`lsa, "sof xalqaro" korxon-
aga aylanadi va hech bir mamlakat manfaatlarini himoya qilmaydi.
G.Jonson, Ch.Kindleberger va boshqalar xalqaro monopoliyalarning ilmiy-
texnika yangiliklarini targ`ib etish, tinchlikni saqlashga oid faoliyatlariga
keng o`rin berishgan. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda bu trans-
milliy korxonalarning roli yuqori baholanadi, ularning ilmiy-texnika so-
hasida, investitsiyalar qo`yish bo`yicha faoliyati ijobiy deb qaraladi.
Xalqaro monopoliyalar rivojiga tanqidiy bo`lgan nazariyalar ham
mavjud (R.Barnet -AQSH, E.Penrouz - Angliya), bu nazariyalarda halqaro
konsernlar davlat iqtisodiy siyosatining ayrim unsurlari, masalan, soliq
solish, kredit va investitsion siyosat, valutani tartibga solish va boshqalarn-
ing samarasiz bo`lib qolishiga olib keladi. Bu korporatsiyalar o`zlari ish
yuritayotgan davlatlarda bu mamlakat iqtisodiyoti va siyosatiga salbiy
tazyiq o`tkazish uchun bir qancha usullardan foydalanishlari mumkin.
Ayniqsa bu holat iqtisodiy jihatdan qoloq rivojlanayotgan mamlakatlarda
salbiy oqibatlarga sabab bo`lishi mumkinligi aytiladi. Shu sababli ular
xalqaro korporatsiyalar faoliyatini shunday qayta ishlab chiqishni taklif
etadilarki, ularning harakatidagi "salbiy tomonlar"ning yo`qotilishi va
jahon bozorini bo`lib olish "qoidalari"ni reglamentatsiyalash kerak.
Integratsion jarayon bo`yicha yagona alohida ta'limot yo`q, ammo
integratsiyani
isbotlash,
qo`llab-quvvatlash
borasida
bir
qancha
yo`nalishlarning ba'zi bir umumiy tomonlari mavjud, ular quyidagilardir:
kapitalistik iqtisodiy integratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni soxta-
lashtiriladi; bu jarayon umumiy qonuniyat sifatida qaraladi va XVIII-XIX
asrlarda vujudga kela boshlagan ichki bozor bilan bir narsa deb qaraladi,
Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanayotgan va boshqa
davlatlar bilan olib boriladigan aloqa sifatida beriladi; monopolistik
kapitalning kapitalistik integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi
roli bo`yab ko`rsatiladi.
Odatda iqtisodiy integratsiya to`g`risidagi nazariyalarda inte-
gratsiyaga a'zo mamlakatlar o`rtasidagi barcha to`siqlar va ayniqsa savdo,
boshqa iqtisodiy munosabatlarda to`la erkinlik berilishi zarurligi qayd eti-
ladi. Shu bilan birga bozorning ko`lami va iqtisodiyotning o`sish sur'atlari
o`rtasida funksional (ya'ni bevosita) bog`lanish bor degan g`oya ham ilgari
suriladi. Shunday qilib, iqtisodiy integratsiya zarurati tashqi bozorning
369
qayta ishlab chiqarishga hal qiluvchi ta'siri tufayli yuzaga keladi (ya'ni
aksincha emas).
Iqtisodiy integratsiya bo`yicha ta'limotlarda asosiy e'tibor "bojxona
ittifoqi"ga berilib, unda o`zaro savdo bo`yicha har qanday cheklashlar
bekor qilinishi va "uchinchi mamlakatlar" uchun yagona bojxona tarifi
joriy qilinishi kerak bo`ladi. Bunda ayrim iqtisodchilar - B.Belash
(AQSH), V.Rebke (Shveytsariya) va boshqalar bu jarayonni ideal erkin
bozor munosabatlariga qaytish shaklida qaraydilar va avvalgi davr
voqealarini hozirgi monopolistik davrga ko`chiradilar. Boshqalari esa, ma-
salan Ch.P.Kindleberger (AQSH), P.Striten (Angliya), A.Marshall va
F.Perru (Fransiya)lar yirik korporatsiyalar mavjudligini tan oladilar, ularn-
ing fikricha, jahon bozorini o`zaro bo`lib olib, "bojxona ittifoqi" kartellarga
qarshi siyosat tufayli ularning faoliyatidagi salbiy tomonlarni neytralizatsi-
ya qiladi, go`yoki xalqaro integratsiya antimonopol yo`nalishga ega. Ama-
liyotda bu jarayonlar har doim ham nazariyadagidek emas, masalan
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (umumiy bozor, hozir Yevropa ittifoqi)da
kartellashtirishni taqiqlash to`g`risida qonun bo`lishiga qaramasdan, bu ja-
rayon aksincha tezlashdi, bugungi kunda ko`ptarmoqli kompaniya-
konsernlar vujudga kelmoqda.
Olimlarning fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-
siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo`ladi: ishlab chiqarishning
doimo o`sishi va iqtisodiy inqirozlarning bo`lmasligi ta'minlanadi; iqti-
sodiyotning doimo o`sishi tufayli aholining turmush darajasi ko`tariladi;
ishchi va kapitalistlar o`rtasidagi sotsial sheriklikni rivojlantiradi; turli
mamlakatlar o`rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi.
Demak, iqtisodiy integratsiya kapitalistik jamiyatga xos bo`lgan illatlarni
kamaytirish vositasi sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |