363
lab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, ustunlikka ega bo`ladi.
Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada faqat vino ishlab chiqarish sa-
maraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng kam bo`lgan
sohani
rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an'analar, tarixiy tajri-
ba, yer, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga
olinishi kerak. Masalan, musulmon davlatlarida cho`chqachilikni rivojlan-
tirish haqida so`z ham bo`lishi mumkin emas va boshqalar.
Solishtirma xarajatlar prinsipi ham barcha mamlakatlar uchun
tegishlidir va qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish muammo-
si hal etilganda hisobga olinishi shart. Shu sababli ayrim davlatlarda u yoki
bu soha "mustaqilligi" uchun kurash e'lon qilinganda bu omil albatta
yaxshi o`rganib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.(D.Rikardo ta'limoti
yuqori boblarda to`la berilgan).
Neoklassik, ya'ni "sof" iqtisodiyotni targ`ib etuvchilar xalqaro
mehnat taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o`zgarishi sabablarini
aniqlashni bosh vazifa qilib qo`yganlar, ammo ular savdo almashuvida pul
mexanizmi yo`lini inkor etadilar. R.Xarrot, F.Maxlup, K.Kurixara kabi ne-
okeynschilik tarafdorlari esa xalqaro savdoning pul mexanizmiga alohida
e'tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti, baynalmi-
lal qiymat, baholar nisbati deyarli e'tiborga olinmaydi.
"Sof" ta'limot
tarafdorlari fikricha, jahon bozorida "mukammal
raqobat" mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil imkoni-
yatlarga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi o`zini-
o`zi tartibga solish prinsipi bor. Eksport va import baholari nisbatini
tushuntirishda ular uzoq muddatli rejalarda "savdo sharoitlari" industrial
davlatlar ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga o`zgarmoqda, deb
o`ylamoqdalar va buni yer unumdorligining pasayib borishi degan qonun
bilan bog`lamoqdalar. Ular tovar eksporti va importining fizik hajmlari
o`sishini hisobga olmagan holda xalqaro savdo
rivoji tendensiyalari agrar
xom ashyo yo`nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashqi savdo pozitsiyalari
yaxshilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar. Xalqaro savdoning ne-
okeynschilik ta'limoti vakillarining fikricha, har bir mamlakat ichki bozor-
da ko`proq tovar ishlab chiqarishga intilgani sababli mehnat va kapital bi-
lan bandlikning to`la emasligi tufayli ko`proq eksport qilishga va kamroq
import qilishga intiladi. Shu sababli ham xalqaro savdo o`zini-o`zi tartibga
soluvchi jarayon bo`la olmaydi, aksincha tovar eksporti kapital chiqarish
bilan rag`batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan
cheklanishi zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish.
364
Keyingi
davrda
vujudga
kelgan
iqtisodiy
ta'limotlarda E.Xeksher, B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson
tomonidan yaratilgan "ishlab
chiqarish omillarining
xalqaro taqsimoti" nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi.
Ularning fikricha, har mamlakat iqtisodiyoti ishlab
chiqarish omillari bilan bir xil ta'minlanmaganligi bilan,
demak har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi,
foiz, renta) bilan xarakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda
mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko`p) bo`lsa, uning narxi
kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo`l bo`lgan mamla-
katda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo`ladi. Har bir
mamlakat o`zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozoriga
ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo`lgan yo`l
bilan tayyorlangan to-
varlar ko`proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga
olib keladiki, barcha davlatlar o`ziga qulay va foydali bo`lgan xo`jalik tar-
moqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo`lmagan boshqalaridan voz
kechadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va
xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon
savdosi uyg`un (garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real
shart-sharoitlar to`la hisobga olinmaydi, masalan o`z
davrida mustamlaka
egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o`rtasidagi munosabatlarni hech ham
uyg`un deb bo`lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar
o`rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo`lishi amri mahol. Lekin ke-
lajakda ideal shakl sifatida bu xodisa ro`y berishi mumkin.
60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti
konsepsiyalari paydo bo`ldi. Bular orasida eng yaxshi ma'lum bo`lgani
"tovar hayotining sikli" nazariyasidir, uning mualliflari amerikalik iqti-
sodiyotchilar G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi.
Uning asosini qayta ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil
etadi. Sanoatda paydo bo`ladigan texnologik jihatdan har bir yangi
mahsulot kirish, eksponent o`sish, sekinlashuv va tugash siklini o`tadiki,
bu tartib ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, kamolot va eskirish ja-
rayoniga to`g`ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab
chiqarishni joriy etish
fazasida yangi mahsulotni tayyorlash asosan yuqori rivojlangan ilmiy-
texnik bazaga va bozorda shu mahsulotning raqobatbardoshlig`ini sinovchi
sharoitning mavjudligiga bog`liq. O`sish va kengayish fazasi uchun indus-
trial bazaning quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy ravishda
ishlab chiqarishni tashkil etish xarakterlidir. Yetuklik, kamolot fazasida
mahsulot ishlab chiqarish soddalashib, ommaviy tus oladi. So`nggi
Do'stlaringiz bilan baham: