separatorlash
jarayonidagi sut
+
separatorlash
jarayon.yog’sizl.sut
+
slivkalarda
+
+
sliv.paster.oldin
+
paster va
sovutish
jarayonida sliv.
+
+
+
+
+
gomogen jarayonida
+
19.20,21-amaliy mashgulot
Non mahsulotlariga tegishli tibbiy-toksikologik ko’rsatkichlarinin
Non sifatiga doir gigiyenik ko’rsatkichlar
Non
qolipga solib
, pech o’txonasiga qo’yib, donali va tortib so-tiladigan qilib
yopilishi mumkin. Yangi yopilgan non toza, tekis bo’ladi,
yorilib ketgan va
juda ko’tarilib chiqqan joylari bo’lmaydi. Non yuzidagi yoriqlar eni 1 sm dan
ortiqroq bo’lib, non po’sti orqa-li bir yoki bir necha yo’nalishda o’tgan
bo’lsa, bunday yoriqlarni yirik deb hisoblanadi. Non po’sti bir tekis, och
jigarrang tusda bo’ladi. Bu uning yuzida non yopilayotgan paytdagi yuqori
harorat ta'sirida kraxmaldan to’q rangli dekstrinlar paydo bo’hshiga bog’liq.
Non ustki po’stining aniqligi 4 mm dan ortmashgi kerak. Uning ko’chib
tushadigan bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Yangi non mag’zi yaxshi pishgan, qo’lga olib iylab ko’rilganida
yopishmaydigan va nam bo’lib unnamaydigan bo’lishi kerak. Barmoq bosib
ko’rilganidan keyin non mag’zi dastlabki shakliga kelib qoladi. Nonning xush
ta'mli bo’Ushi muhim, javdar non sal nordonroq bo’lishi, bug’doy
non esa
nordon va chuchmal bo’lmasligi kerak. Nonning yot ta'mli va mineral
aralashmalardan tish orasida g’ijirlab turadigan bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Yangi yopilgan bug’doy yoki javdar non xushbo’y hidli bo’ladi.
Nonning tashqi ko’rinishi va ta'mining xususiyatlari
Nonning tashqi ko’rinishi va ta'mi dastlabki xomashyo (un) si-fati hamda non
yopishdagi texnologik jarayonga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, un noto’g’ri
saqlab qo’yilgan (kuchh hidi bor moddalar bilan birga) yoki noqulay
sharoitlarda saqlanayotgan bo’lsa, bu un va undan yopilgan non yot hidlarni
(dimiqqan hid, kerosin, benzin hidi va boshq.) o’ziga olib qohshi mumkin.
Non yopish vaqtida yax-shi tozalanmagan mineral moylar bilan
moylangan
qoliplardan foy-dalanilgan bo’lsa, bunda nonga neft mahsulotlari hidi urib
qolishi mumkin. Xamir qorish vaqtida unni yetarlicha aralashtirmaslik
qo’shimcha unning qorilmay qohshiga olib keladi, bunday nonda un kesak-
kesak bo’hb turadi. Un zarralari yaxshi hazm bo’lmaydi, shu-ning uchun
qorilmay qolgan uni bor nonning oziqlik qiymati pasa-yib ketadi.
Un yaxshi iylanmaganida nonga yot aralashmalar —
qop iplari va boshqalar
o’tib qolishi mumkin. Yaxshi oshmagan xamirdan non yopilsa yoki non
yopish vaqtida harorat haddan tashqari yuqori bo’lsa, non yuzida yirik-yirik
yoriqlar paydo bo’lishi, non po’sti ttiag’zidan ko’chib qohshi va nonning yuzi
ancha ko’tarilib chiqishi
75
mumkin. Ana shunday nuqsonlari bor non ko’zga yoqimsiz ko’rinadi va
saqlab qo’yilganida tez mog’or bosib qoladi,
chunki yoriqlarning ichida
mog’or paydo bo’Iishi uchun qulay sharoitlar yuzaga keladi. Non yopish
vaqtida haroratning haddan tashqari yuqori bo’hshi yoki nonning pechkada
turib qolishi ba'zan po’stining kuyib ketishiga olib kelishi mumkin. Past
haroratda yopilgan yoki pechda yetariicha turg’izilmagan non, aksincha,
oppoq bo’lib chiqadi, chunki bunday sharoitlarda uglevodlardan to’q rangli
dekstrinlar hosil bo’lmay qola-di. Non yopish vaqtida harorat past bo’lsa, non
xom bo’lib chiqishi mumkin. Xomlik ko’pincha nonning pastki po’sti
yaqinida kuzatiladi va pishmay qolgan xamir ko’rinishidagi berch non
mag’zidan iborat bo’ladi. Non saqlab qo’yilganida
nami qochib, qotib boradi.
Non-ning qotib qolishi murakkab fizik-kimyoviy o’zgarishlarga aloqador
bo’ladi va kraxmal kolloidining eskirish jarayoni (sinerezisi) deb hisoblanadi,
bunda kraxmal bilan bog’langan suvning bir qismi kley-kovinaga o’tadi.
Bu jarayon ma'lum bir davrda qaytar bo’ladi va ba'zi sharoitlarda, masalan,
qizdirib olinganida suvi qochib qolgan non tag’in boyagi-boyagi yangidek
bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: