Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


Oilaviy hayotning maishiy-iqtisodiy sohasi



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

5. Oilaviy hayotning maishiy-iqtisodiy sohasi.
Bolani kichik yoshidan uy-
joyni ozoda va sarishta tutish bilan bog‘liq mehnatga, oilaviy maishiy 
majburiyatlarga jalb qilib borish lozim. Oila a’zolari bilan birga dam olish odati va 
ko‘nikmalarini ham shakllantirish zarur. Xonadondagi maishiy, xo‘jalik ishlariga 
oid vazifalar va ularni amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalar – bularning barchasi 
bolani o‘z shaxsiy uy-joyini yuritish bo‘yicha kelajakdagi yutug‘ini belgilab 
beradi. Uy ro‘zg‘orni yuritish, xonadon va oila a’zolarini zarur oziq-ovqat, jihozlar 
bilan ta’minlash, oila budjetini to‘g‘ri taqsimlay olishni ham shu sohaga oid bilim 
va ko‘nikmalar sarasiga kiritish mumkin. Uy-xo‘jalik ishlarini yuritish bo‘yicha 
majburiyatlarni o‘g‘il bola va qiz bolaning majburiyatlari sifatida ajratib berish 
ham mumkin. Masalan, o‘g‘il bola – xonadonni, uy jihozlarini (mebel, maishiy 
texnikani) tuzatish, ta’mirlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi kerak. Lekin o‘g‘il 
bolalar, shuningdek, ayollarga xos bo‘lgan maishiy ishlarga oid bilim va 
ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir, chunki zamonaviy 
shaharlardagi baland qavatli uylarning xonadonlarida erkak kuchini talab etadigan 
og‘ir ishlar ko‘pam bo‘lavermaydi.
Oilaning maishiy-xo‘jalik sohasining mustahkam bo‘lishida ayol kishining 
uy ro‘zg‘orni yurita olishi, budjet va oiladagi ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqatni 
o‘rinli tejashi, ovqatlar tayyorlash va shu kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi 
muhimdir.
Biroq psixologlar oilaviy hayotning muvaffaqiyatiga erishish uchun uning 
psixologik sohasiga alohida e’tibor berish lozimligini maslahat beradilar. 
Tajribaning ko‘rsatishicha, ko‘pincha oila uning a’zolari bo‘lmish er-xotinlarning 
psixologik jihatdan etuk emasligi oilaning buzilib ketishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillardandir. Bolalarni kichik yoshlik davridanoq qarama-qarshi jins vaqillarini 
hurmat qilishni, ularni qo‘llab-quvvatlash zarurligini o‘rgatib borish zarur. O‘g‘il 
bolalarda undan farzand ko‘rayotgan ayolni tashlab ketish, unga zarur vaqtda 
ko‘mak ko‘rsatmaslik nomardlik ekanligi haqidagi tushunchani singdirib borish 
juda muhimdir. O‘g‘il bolalarda bolalikdan mardlik, fikrida qat’iylik kabi axloqiy 
fazilatlarni uyg‘unlashtirib borishi lozim. Bu bolalarda ma’suliyatli ota-onalik va 
erlik pozitsiyasi shakllanishiga katta ma’naviy omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi.


392 
Shu o‘rinda qiz bolada ham haddan ziyoda ochiq-sochiq kiyinish, o‘ziga 
ortiqcha bezak va oro berish, ayollik sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlarni 
so‘zlash ham noaxloqiylik belgisi sifatida talqin qilinishi mumkinligi borasidagi 
tushunchani ham shakllantirib borish muhimdir.
Bolalarni 
tarbiyalash 
mobaynida 
ularda 
sabr-toqatlilik, 
ziyraklik, 
g‘amxo‘rlik kabi irodaviy fazilatlarni, shuningdek, boshqalarning ustidan kulish
o‘zganing 
shaxsiyatiga 
tegish 
kabi 
fazilatlar 
jamiyat 
tomonidan 
ma’qullanmaydigan xulq-atvor ekanligi borasidagi anglangan munosabatni 
shakllantirish xarurdir. Bolani shunday tarbiyalash kerakki, toki u birga 
yashayotgan insonlar bilan ijobiy munosabatlarni o‘rnata oladigan bo‘lsin. Bunday 
tarzda tarbiyalangan bola oilaviy qiyinchiliklarni osonroq kechirishi mumkin. 
Atrofdagilar bilan konstruktiv munosabat o‘rnatishga moyillik, munosabatlarda 
uddaburonlik, o‘ziga hamda o‘zgalar manfaatiga ziyon yetkazmaslik – bu 
insonning jamiyatdagi o‘z o‘rnini topa olishining garovidir. Oilada baxtli yashay 
olish – bu barchada ham uchrayvermaydigan nodir fazilatdir. Lekin uni bolada 
tarbiyalash mumkin va zarurdir.
Quyida biz Mehribonlik uyi kabi deprivatsion sharoitda tarbiyalanuvchi bola 
bilan uni mustaqil hayotga tayyorlash bo‘yicha olib boriladigan ish yo‘nalishlari 
haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Mazkur yo‘nalishlar ham psixologik, ham 
pedagogik, shuningdek, ijtimoiy ish sohasida alohida muhokama qilinishi va 
tadbirlarda joriy etilishi lozimdir.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish