Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

 
 


387 
4. Bolalar bilan ishlashning bir qator talablari 
Mamlakatimizda ijimoiy ish xodimlari O‘zbekiston Respublikasi 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yil 11-noyabrda 
tasdiqlangan “Ijtimoiy xodimlarning alohida lavozimi bo‘yicha tarif-malaka 
tavsifnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi ID-9543-sonli buyrug‘iga asosida 
amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish olib 
boruvchi mutaxassis”ning malakasiga nisbatan quyidagi talablar belgilangan: 
oliy toifa – ijtimoiy ish yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik
psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat, magistratura yoki oliy 
ta’limdan keyingi ta’lim) ma’lumot, ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorgarlik 
to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada besh-yildan kam bo‘lmagan mehnat 
stajiga ega bo‘lganda; 
birinchi toifa – ijtimoiy ish yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, 
psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat, magistratura yoki oliy 
ta’limdan keyingi ta’lim) ma’lumot, ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorgarlik 
to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada uch-yildan kam bo‘lmagan mehnat 
stajiga ega bo‘lganda; 
ikkinchi toifa – ijtimoiy ish yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, 
psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat) ma’lumot, ijtimoiy ish bo‘yicha 
qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada bir yildan kam 
bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lganda; 
toifasiz – oliy (bakalavriat) ma’lumot (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik), ish 
staji talab etilmaydi. 
Oila va bolalar hamda yoshlar bilan ijtimoiy ish olib boruvchi 
mutaxassis o‘z tashkiloti (korxona, muassasasi)da tashkil etilgan shtat birligi 
va funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagi lavozim 
majburiyatlarini amalga oshiradi
456

bolalar, jumladan, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalar, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lish xavfida bo‘lgan 
bolalar, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, psixojismoniy rivojlanishida nuqsoni 
va/yoki nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy-huquqiy xatar guruhiga kiruvchi va 
boshqa himoyaga muhtoj bolalarni himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish; 
etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning 
shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya 
qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. 
himoyaga muhtoj bolalar uchun davlat ta’lim-tarbiya, davolash-
sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoya muassasalari bitiruvchilari bo‘lgan, shu 
jumladan, uyushmagan yoshlarning mustaqil hayotga ijtimoiy moslashuvlari 
davomida yuzaga keluvchi muammolarini hal etish choralarini ko‘rish, 
ularning manfaatlarini ilgari surish; 
456
 Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг 2019 йил 11 
ноябрдаги “Ижтимоий ходимларнинг алоҳида лавозими бўйича тариф-малака тавсифномасини 
тасдиқлаш тўғрисида”ги ID-9543-сонли буйруғи - https://regulation.gov.uz/oz/document/9543 


388 
Oila va bolalar hamda yoshlar bilan ijtimoiy ish olib boruvchi 
mutaxassis quyidagi asosiy vazifa majburiyatlarni amalga oshiradi: 
bolani internat muassasasi (Bolalar uyi, Mehribonlik uyi, Bolalar 
shaharchasi, SOS Bolalar mahallalari, Oilaviy bolalar uyi va b.)ga tu shib 
qolishini oldini olish maqsadida bola va uning oilasiga ruhiy-ijtimoiy 
xizmatlar ko‘rsatish uchun idoralararo hamkorlik jamoasini (pedagoglar, 
tarbiyachilar, psixologlar, tibbiyot xodimlari, ichki ishlar xodimlari va h.k.) 
tashkillashtirish; 
imkon bo‘lgan hollarda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalar uchun ta’lim-tarbiya, o‘g‘il bola va qiz bolalar uchun 
respublika o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni o‘z 
oilasiga qaytarish yoki tutingan oilaga berish maqsadida ularning hayot 
faoliyati tarzini muntazam kuzatib borish; 
o‘z oilasidan tashqarida tarbiyalanayotgan bolani yaqinlari, jumladan, 
aka-ukalari va opa-singillari bilan muntazam aloqasini ta’minlash; 
oila g‘amxo‘rligiga muhtoj bolani o‘z oilasiga tarbiyalash uchun olish 
istagida bo‘lgan shaxslarni tanlash, tayyorlash va ularni kuzatib borish; 
bolaning huquq va manfaatlarini hisobga olgan holda oila va bolani 
vasiylikning bir shaklidan boshqasiga muammosiz o‘tishga tayyorlashni 
ta’minlaydi; 
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z tarbiyasi 
(vasiylik va homiylik, patronat, farzandlik, Oilaviy bolalar uyi)ga olgan 
oilalarga maslahatlar berish; 
tutingan oilalar(vasiylik, homiylik, patronat va farzandlik, Oilaviy 
bolalar uyi)ga olingan bolalarning yashash sharoiti, bolaning shaxsi va xulq-
atvori shakllanishi holatining doimiy monitoringini olib borish, bu haqda 
vasiylik organlariga muntazam ravishda ma’lumotlar berib borish; 
voyaga yetmagan va kattalar kuzatuvisiz mustaqil yashayotgan o‘smir 
hamda o‘spirinlarni kuzatish va ularga yashash joyi bo‘yicha ruhiy-ijtimoiy 
xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish; 
psixojismoniy rivojlanishida muammolari bo‘lgan yoki nogironligi 
bo‘lgan farzandi bor oilalarga yashash joyi bo‘yicha ruhiy-ijtimoiy xizmatlar 
ko‘rsatishni tashkil etish; 
ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklari bo‘lgan, qonun bilan nizolashish 
xavfida bo‘lgan, psixotrop moddalar iste’mol qilgan, suitsid harakati xavfi 
ostida bo‘lgan va boshqa qiyin hayotiy vaziyatdagi bolalar va yoshlarga 
yashash joyi bo‘yicha ruhiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish; 
internat muassasalar(Bolalar uyi, Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi, 
SOS Bolalar mahallalari, Oilaviy bolalar uyi va b.)ga kelgunga qadar 
bolalarning turarjoylari mavjud bo‘lsa, ularning turar-joyga bo‘lgan 
huquqlarining saqlanilishi yoki ta’minlanishini himoya qilish, jumladan, 
tarbiyalanuvchining turarjoyi begonalashtirilishini oldini olish, turarjoyi 
mavjud bo‘lmagan holda qonun bilan o‘rnatilgan tartibda turarjoyga 
muhtojlar sifatida ro‘yxatga qo‘yish, tarbiyalanuvchiga tegishli bo‘lgan 


389 
turarjoyni shartnoma asosida ijaraga berish va uning bank hisob raqamiga 
ijara to‘lovining o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish; 
voyaga yetmaganlarning, jumladan, internat muassasalar tarbiyalanuv-
chilarining mulkiy huquqlari (aliment, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha 
pensiya (yoki nafaqa) va qonun bilan belgilangan boshqa imtiyozlar)ni 
himoya qilish hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirishda ishtirok etish; 
bolalarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini (tug‘ilganlik haqidagi 
guvohnoma, pasport) olishini ta’minlash, ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatdan 
chiqarish masalalarini amalga oshirish; 
sudda tarbiyalanuvchilarning manfaatlarini himoya qilish, yurist bilan 
hamkorlikda sudda aliment undirish, ota-onalarni ota-onalik huquqidan 
mahrum qilish yoki tiklash to‘g‘risidagi kabi da’vo arizalarini ko‘rib chiqish 
uchun asoslantirilgan material tayyorlash; 
bola huquqlari buzilganligi yoki unga nisbatan yomon munosabatda 
bo‘lganligi (jismoniy, emotsional, jinsiy zo‘ravonlik va majburlash), 
e’tiborsiz qolganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan hollarda bola hayoti 
vaziyatini baholash, himoya va reabilitatsiya choralarini tashkillashtirish va 
amalga oshirish; 
tarbiyalanuvchilar bilan ishlash vazifalari, shakllari va uslublarini, 
zamonaviy ruhiy-ijtimoiy texnologiyalar, jumladan, axborot, shuningdek, 
raqamli ta’lim resurslaridan foydalangan holda shaxsiy va ijtimoiy 
muammolarni hal etish usullarini belgilash; 
bolalar va yoshlarning qiziqishlari va ehtiyojlarini, qiyinchiliklari va 
muammolarini, ziddiyatli vaziyatlarini, ularning xulq-atvoridagi qiyinchilik-
larni aniqlash, o‘z vaqtida bola, yoshlar va ularning oilasiga ruhiy-ijtimoiy 
ko‘mak berish hamda qo‘llab quvvatlash; 
bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilari va xodimlaring turli xildagi 
ijtimoiy ahamiyatga ega ijtimoiy ko‘nikmalari va tashabbuslarini rivojlan-
tirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni, ijtimoiy loyihalar va dasturlarni amalga 
oshirish hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etish; 
vasiylik va homiylik hamda joylashtirishning boshqa shakllarini 
rasmiylashtirishda, bola va oilaga taalluqli hujjatlarni tayyorlashda ishtirok 
etish; 
bolalar va yoshlar uchun yozgi sog‘lomlashtirish va dam olishini 
ta’minlash choralarini tashkil etish; 
bolalar, yoshlarning psixologik qulay va shaxsiy xavfsiz muhitini 
yaratishda hamkorlik qilish, ularning hayoti va sog‘ligi muhofazasini 
ta’minlashda ishtirok etish; 
qonun bilan o‘rnatilgan tartibda himoyaga muhtoj bolalarga davlat 
tomonidan belgilangan va boshqa homiylar tomonidan taqdim etilgan kiyim -
bosh, poyabzal va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish; 
tarbiyalanuvchilarni kasbga yo‘naltirishga oid ishlarni amalga 
oshirishda ishtirok etadi; 


390 
hisobotlar, statistik ma’lumotlar, tarbiyalanuvchilarning batafsil 
ro‘yxatlarini shakllantirish, ma’lumotlarni o‘z vaqtida ota-ona qaramog‘isiz 
qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasiga kiritish; 
vasiylik vazifasini bajaruvchi ta’lim muassasalari (internat muassasalar 
– o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi – oliy o‘quv yurti) ishida uzluksizlik 
tizimini yaratishda ishtirok etish; 
qonun bilan belgilangan tartibda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 
yoki nafaqasini tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni yig‘ishga va 
rasmiylashtirishga ko‘maklashish; 
internat muassasalar ish rejasida nazarda tutilgan pedagogik, uslubiy 
kengashlar ishida ishtirok etish, sog‘lomlashtirish, tarbiyalash va boshqa 
tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish, ota-onalar, shu 
jumladan, tutingan ota-onalarga uslubiy va maslahatli yordam berishni tashkil 
etishda ishtirok etish
457

Bolalar hayoti davomida o‘zlaridan katta yoshli insonlardan boshqa jinsdagi 
inson bilan muloqot xususiyatlari, oila, nikoh haqidagi ko‘pgina bilim va 
ko‘nikmalarni egallaydilar, tengdoshlar, o‘zidan kichiklar va katta yoshli insonlar 
bilan muomalada o‘zini qanday tutish lozimligi borasida tasavvurlarini 
kengaytiradilar, xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar. Bo‘larning barchasi 
o‘smir va o‘spirinning hayotga moslashishi bilan bog‘liq yutuqlarga erishishida 
katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, hayotimizning zamonaviy bosqichida kechayotgan 
ijtimoiy va texnologik o‘zgarishlar har qanday insondan jamiyatda ro‘y berayotgan 
o‘zgarishlarga nisbatan moslashuvchan, uddaburon va sergak bo‘lishini talab 
qiladi.
Ushbu maqsadlar doirasida bolani kelgusidagi mustaqil hayotga tayyorlash 
jarayonida unda hayotning turli sohalari bo‘yicha xabardorligini oshirish lozim. 
Jumladan:

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish