“Eng qiyin vaziyatdan chiqa olgan inson donishmand emas, balki o‘sha
vaziyatga tushmagan inson donishmandir”, ‒
degan dono fikrni yodga soladi
.
Ta’kidlash lozimki, kasbiy layoqatlikning tarkibiy qismlarini muloqot,
moslashuvchanlik, ko‘nikma, bilim kabilar tashkil etib, mutaxassisni kasbiy
452
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўқитувчи ва мураббийлар кунига
бағишланган “Ўқитувчи ва мураббийлар – янги Ўзбекистонни барпо этишда катта куч, таянч ва
суянчимиздир” мавзусидаги тантанали маросимдаги нутқи- www.xs.uz
453
Тизимли таҳлил: назария ва амалиёт масалалари / Монография. Р.Самаров ва бошқалар. – Тошкент,
2017. - 207 б.
384
layoqatini baholashda (ekspertli baholash) asosiy omillar sifatida quyidagilarni
inobatga olish lozim.
- mutaxassisning ixtisosligi,
- kasbiy ma’lumoti (diplom),
- kasbiy malakaga egaligi,
- umumiy mehnat tajribasi va staji,
- kasbiy stereotipi va psixofiziologik holati,
- mehnat sharoiti hamda mehnatga bo‘lgan munosabati,
- kasbiy bilimdonligi va kasbiy tayyorgarligi,
- o‘z kasbiga sodiqligi va kasbiy faoliyat mahsuli va b.
454
Ijtimoiy ishda ham barcha sohalarda bo‘lgani muvafaqqiyatga ma’lum davr
mobaynida maxsus ko‘nikma va malakalarning vujudga kelishi hamda yetarlicha
kasbiy va hayotiy tajribalarni egallagan holda erishiladi. Bunda:
Birinchi –
murabbiy yoki ustoz sifatida shakllanish jarayonining optant,
ya’ni tanlash fazasi davomida mutaxassis kasb tanlash yoki tanlangan kasbini
obyektiv va subyektiv omillari ta’sirida kasbini o‘zgartirish muammosiga duch
keladi. Ushbu fazani boshqa fazalar singari aniq bir vaqt bilan chegaralab
bo‘lmaydi. Negaki, bu har bir shaxsning individual-psixologik xususiyatlariga,
turmush tarziga bog‘liq.
Ikkinchi,
ya’ni adept fazasi davomida, inson tanlagan kasbi bilan yashaydi,
uni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘ladi. Kasb mavqeyiga qarab, ushbu bosqich ko‘p-yillar
mobaynida yoki qisqa davrda o‘zlashtirilishi (masalan, shifokorlik yoki
haydovchilik kasbi) mumkin.
Uchinchi –
moslashuv fazasi davomida o‘quv yurtida ijtimoiy ish
mutaxassisni tayyorlash jarayoni qanchalik yaxshi tashkil etilgan bo‘lmasin, u
amaliyotga (ishlab chiqarishga) to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos kelavermasligi mumkin.
Shuning uchun yosh mutaxassis bu davr oralig‘ida xulqi (maishiy, kasbiy), hayot
tarzini yanada barkamollik sari yo‘naltirishi lozim bo‘ladi.
To‘rtinchi
–
internal fazasi davomida ijtimoiy ish mutaxassisi tajribali
bo‘lib, o‘z ishini sevib, kasbiy vazifalarni ishonchli mustaqil bajara oladi. Bu
kasbiy muvaffaqiyatning ko‘rsatkichlari uning hamkasblari tomonidan ham e’tirof
etilishi lozim, bu, albatta, o‘sha jamoaning ma’naviy muhitiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Beshinchi
–
mohirlik fazasi davomida ijtimoiy ish mutaxassisi eng oson
vazifalarni ham, hamkasblari bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan eng murakkab
vazifalarni ham bajara oladi. U professionallik, universallik asosida o‘z malakasi,
maxsus sifatlari bilan ajralib turadi.
Oltinchi
–
hurmat fazasi davomida ijtimoiy ish mutaxassisi o‘z ishining
ustasi, professional darajada, hattoki, undan ham yuqori (masalan, tarmoq,
tarmoqlararo va mamlakat miqyosidA. obro‘ga ega bo‘lgan shaxs bo‘ladi. Bunday
mutaxassis o‘z tanlagan kasbi doirasida barcha kasbiy talablarga javob beradi
hamda yuqori malakaviy ko‘rsatkichga (unvon, ilmiy daraja, razryad, kategoriyA.
454
Тизимли таҳлил: назария ва амалиёт масалалари / Монография. Р.Самаров ва бошқалар. – Тошкент,
2017. - 207 б.
385
ega bo‘ladi. Mutaxassislik sinovidan o‘tgandan so‘ng, hamkasblari o‘rtasida
ijtimoiy ish mutaxassisi sifatida uning fikri hisobga olina boshlaydi.
Yettinchi
–
murabbiylik fazasi davomida faoliyatida erishgan natijalarni
shogirdlariga yetkazadi
455
.
Muxtasar qilib aytganda, ushbu fazalarni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan har bir
ijtimoiy ish xodimini ibratli murabbiy (ustoz), ya’ni o‘z kasbining mohir ustasi,
deb atash mumkin.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning psixologik sifatlari quyidagilardan
iborat:
- sobitlik, sinchkovlik (biror masalaga oid hujjatlar to‘plamini yuritish bilan
bog‘liq kundalik ishlar, ma’lumotlar bankini yaratish, to‘ldirish, tahliliy
jarayonning zaruriy sharti hisoblanadi);
- ma’lum vaqt tadqiq etilayotgan muammodan chalg‘iy olish;
- ma’lumot tayyorlashda o‘z uslubini ishlab chiqish qobiliyati (bu ko‘p-yillik
mehnat samarasi);
- vaziyatni mazmuni bilan bog‘liq ravishda yozish (bayon etish) uslubini
o‘zgartira olish (masalan, vaziyat sharhi bayon etishning turli uslublarini talab
qiladi);
- “guruh” yoki “jamoa” bilan ishlay olish (jamoaviy tahliliy hujjatlarni
yozishda kerak bo‘ladigan tajriba, qobiliyat);
- jamoaviy tarzda faoliyat yuritishda o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lish;
- o‘zini obyektiv tanqid qila olish;
- doimiy tarzda o‘z ustida ishlash, kamolotga intilish;
- vazifalarni to‘g‘ri belgilash va topshiriq qo‘ya olish va b.
Ijtimoiy ish xodimi, metrik usullar vositasida jamlangan ma’lumotlardan o‘z
ishining mahsulini yoxud hisobotini ishlab chiqadi. Bunda, tafakkur operatsiyalari
amaliy mazmun kasb etadi. Chunki muammoni tahlil etish tafakkurning mantiqiy
usuli sifatida maydonga chiqadi. Bu esa mavhum tushunchalar yordamida va bir-
biri bilan mustahkam bog‘langan tafakkur operatsiyalari – mavhumlashtirish,
umum-lashtirish va shu kabilar yordamida amalga oshiriladi.
Bolalar bilan ishlashda ijtimoiy ishchi
quyidagilarning shakllanishi
ta’minlanishi lozim:
1)
Bilish sohasida:
- bolalarda oila, uning vazifalari, oiladagi o‘zaro munosabatlar, bo‘lajak umr
yo‘ldoshi, er va xotinning roli, ota va onaning roli, ota-ona va farzandlarning roli,
aka-uka va opa-singillarning o‘zaro rollari haqidagi hissiy ijobiy tasavvurlarning
shakllanganligi;
- uydagi mehnat, oiladagi xo‘jalik, uning budjeti va hokazolar haqida
nazariy bilimlarning darajasi (suhbatlar, so‘rovnomalar, insholar, mulohazalar,
hayotiy masalalarni yechish orqali);
- oilaga taaluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlardan xabardorlik;
455
Қаранг: Жамият ва Қуролли Кучлар феминизациялашуви. - Тошкент: Фан, 2008.
386
- oilaviy hayotning mohiyati va maqsadini anglash, haqiqiy oilaviy hayot
haqida, uning og‘irliklari, mashaqqatlari va quvonchlari haqidagi tasavvurlarning
mavjudligi;
- oilaviy hayotda o‘z o‘rnini anglash;
- jinsiy sog‘lom munosabatlar, gigiena va havfsizik haqida tassavvurlarni
shakllantirish.
2) Motivatsion-ehtiyoj sohada:
- oilaviy hayot bilan bog‘liq qarashlar va qadriyatlarning shakllanganligi,
oiladagi alohida ijtimoiy rollardan birini egallagan shaxs sifatidagi shaxsiy hayot
rejasining mavjudligi;
- oilani qadriyat sifatida anglash;
- shaxsiy oilasini qurishga va o‘z bolalarini tarbiyalashga va boshqa
anglanilgan ehtiyojlarning mavjudligi;
3)
Hissiy sohada:
- sevgi-muhabbat, g‘amxo‘rlik, ishonch, tushunish, hurmat va boshqa
tushunchalarning shakllanganligi;
- boshqa jins vakillari bilan ijobiy shaxslararo munosabatlarning shakl-
langanligi;
- sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga, boshqa insonlarga va boshqalarga
nisbatan o‘z hislarini o‘z o‘rni va joyida namoyon eta olish ko‘nikmalarining
shakllanganligi;
- boshqa inson (farzandi, umr yo‘ldoshi, keksalar va boshqalar) uchun
mas’uliyatni o‘ziga olish qobiliyatining shakllanganligi;
- birgalikda orom olishni uddalay olish ko‘nikmalarining shakllanganligi;
- bo‘lajak umr yo‘ldoshining ideallashtirilmagan qiyofasining mavjudligi;
4) Amaliy faoliyat sohasida:
- uy xo‘jaligini olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning shakllanganlik
darajasi;
- hayotiy muammolarning mavjudligi va tavsifini haqqoniy baholash
malakasi (tengdoshlari, birga yashamaydigan qarindoshlari bilan muloqot orqali,
maxsus tuzilgan vaziyatlardagi muammolarni echish orqali);
- oila a’zolari va birga istiqomat qilmaydigan qarindoshlarga nisbatan
qondoshlik hislarining paydo bo‘lishi;
- kommunikativ ko‘nikmalarning va shaxslararo ziddiyatlarni hal etish
ko‘nikmalarining mavjudligi;
- dam olish, bayramlarni tashkil eta olish, oilaviy an’analarni tashkil etish va
ko‘llab-quvvatlash salohiyati;
- oilaviy jamg‘arma va mablag‘larni o‘rinli sarflash ko‘nikmasi;
- shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, o‘zining buyumlarini ozoda tutish
ko‘nikmasi;
- bolalar, qariyalar va xasta kishilarga g‘amxo‘rlik qila olish ko‘nikmasi va
h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |