Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

4.
 
Turar-joy ishlarini yuritish va maishiy-xo‘jalik ko‘nikmalarga 
o‘rgatish.
Maishiy-xo‘jalik 
ishlarini 
yuritish 
bo‘yicha ko‘nikmalarning 
shakllantirilishi boshqa mezonlarning uzviyligini o‘zida aks ettiradi. Quyidagilarga 
alohida e’tibor qaratish lozim: 
1) uydagi sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qila olish bo‘yicha 
ko‘nikmalarga egalik; 
2) zarur texnik vositalardan foydalana olish va zaruriyatda texnik nosozlikni 
bartaraf etish bo‘yicha elementar bilim va ko‘nikmalarga egalik; 
3) ovqat va boshqa yeguliklarni tayyorlash, ularni saqlash hamda ulardan 
sog‘liqqa bezarar foydalana olish borasida bilim, amaliy ko‘nikmalarga ega 
bo‘lish; ovqatlanish madaniyatining shakllanganligi;
4) kir yuvish, jihozlarni ozoda tutish ko‘nikmalarining shakllanganligi va 
h.z. 
“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida ikki muhim holat: 
1) kundalik hayotda uchraydigan odatiy vaziyatlar; 
2) hayotdagi favqulodda, nostandart yoki kutilmagan vaziyatlarda sotsial 
yordam tizimini tashkil etish muhim sanaladi. Shu bilan birga, jamiyatda tashqi 
ta’sir tizimini ichkaridan yaxshilash yo‘li bilan oila va bolalarni ijtimoiy himoya 
qilish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashga alohida e’tibor qaratish 
lozim
458

Bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy ishchi qanday sifatlarga ega bo‘lishi 
kerak? 
1. Insonlarni individual farqliklariga baholamaslik munosabatida bo‘lish. 
2. Bolalarning emotsional holatiga sezgirlik. 
3. Egiluvchanlik ( egiluvchanlikka mos ko‘rsatkich) – to‘siqlardan yengil 
o‘ta olish, bir masaladan ikkinchi masalaga yengil o‘tish. 
4. Emotsional bosiqlik va sabrlilik – boladagi xavotirlikni bartaraf eta olish, 
tinchlantirish emotsional bosiqlik va sablilik qobiliyatiga ega bo‘lish. 
5. Umumiy madaniyat xulqini qo‘llab quvvatlash. 
6. O‘z xulqi yo‘nalishini oxirigacha joylashtira olish – vaziyatni 
konstruktivligini bola yuklamasdan, uning shaxs sifatida o‘sishiga to‘siqlik 
qilmasdan berilgan mavzu bo‘yicha suhbatga qaytish. 
458
 Латипова Н.М. Ўзбекистонда оила ва болаларни ижтимоий ҳимоя қилиш // Социол.ф. бўйича фан д-ри 
(DSc) дисс. автореферати. – Тошкент, 2020. – Б. 19. 


395 
7. O‘smir va bolalar xulqi sohasida bilimlarning mavjudligi – shaxs 
rivojlanishi va qonuniyatlari, yosh va individual xususiyatlari haqidagi bilimlarni 
egallash. 
8. Hayoti davomida shaxs bo‘lib rivojlanishi uchun imkoniyatlarni tan olish. 
Bola hayotidagi yuqoridagi vaziyat uning tabiyatdan yomonligi uchun emas, balki 
hayotiy vaziyatga mos kelmaydigan sharoitda o‘sganligi sabablidir. Har qanday 
yoshda uning xulqi va xarakter qirralarini ijobiy shakllantirish saqlash imkoniyati 
mavjud. Bolaga chuqur qiziqishni namoyon etish. 
9. Bola xulqi va tayyorgarlik darajasiga sezgirlik o‘z bolalik tajribasiga 
murojaat etgan holda amalga oshirish. 
10. Bola huquqini hurmat qilish, o‘z muammolaridek xal etish va 
javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyati. 
11. O‘z tajribasi va refleksiyaga ochiqlik. Ijtimoiy ishchi, o‘z tuyg‘ularini 
tahlil etishi, bilishi, belgilashi va salbiy tomonlarini kamsitmasdan balki ularni 
to‘g‘rilash lozim. Faqat shunday xollardagina u o‘z xulqini nazorat qila oladi. 
12. O‘z o‘zini anglashni o‘stirish. Maslahatchi o‘zi haqida qancha ko‘p bilsa, 
u kim bilan ishlayotganligini yaxshi biladi. 
13. Kuchli o‘xshashlik – o‘z ichki pozitsiyasiga ega bo‘lish, boshqa 
insonlarga nisbatan oddiy umid aks ettirish. 
Zamonaviy sharoitda iqtisodiy ta’lim dolzarbdir. Ushbu mezon bo‘yicha 
quyidagi yo‘nalishlardagi tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha ish olib borilishi 
zarur: 
1. Oila budjeti. 
2. Iqtisodiyot va uni inson hayotidagi ahamiyati. 
3. Bozor: asosiy tushunchalar va tuzilmalar. 
4. Bozor xo‘jaligining infratuzilmasi va hokazo. 
Faoliyat yo‘nalishlari: 
1. Oiladagi budjet haqida tushuncha. 
Mehribonlik uyi bitiruvchisida 
talabchan xo‘jayin va didli iste’molchi sifatlarini shakllantirish zarur: 
- budjetning manbalarini, kirim va chiqim qismlarini bilishi, mablag‘larni 
samarali sarflash va mablag‘larni ko‘paytirish yo‘llarini izlash; 
- budjetni tahlil qilishni bilish, yashash uchun minimal xarajatlar miqdorini 
aniqlash, oson iqtisodiy hisoblarni bajarishni bilish; 
2. Oilaning asosiy xarajatlarini rejalashtirish
Oziq-ovqatlarni xarid qilish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, kiyim va 
poyafzal, meBel va boshqa narsalarni sotib olish, madaniy ehtiyojlar, 
qarindoshlarga yordam berish; oila budjeti va oila a’zolarining soniga qarab bir 
kunlik, ikki haftalik, bir oylik xarajatlarni rejalashtirish; yirik xaridlarni 
rejalashtirish. 
3. Oziq-ovqat taqsimoti va turar joyni saqlashda xizmat qiladigan texnik 
vositalar ekspluatatsiyasi.
Ijtimoiy ish xodimi sog‘lom turmush tarzini yuritish ko‘nikmalarini 
shakllantirish lozim. Bunda asosiy vazifa – tarbiyalanuvchilarning salomatligini 


396 
saqlash va mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish, ularda sog‘liq va sog‘lom 
turmush tarzi qadriyatlarini shakllantirish lozim. 
Faoliyat yo‘nalishlari: 
1) bolalarning sog‘ligini saqlash bo‘yicha choralar (tibbiy ko‘riklar, 
emlash, oziq-ovqatlarni vitaminlar bilan boyitish va hokazao) majmuyini amalga 
oshirish; 
2) jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish; 
3) sanitariya-oqartuv faoliyati: 
• gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish; 
• sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish. 
Quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish lozim: 
4) Salomatlikni saqlash bo‘yicha profilaktika ishlari: 
• infeksion kasalliklarning profilaktikasi va ularni eng oddiy usullar bilan 
davolash bo‘yicha bolalarni xabardor etish; 
• to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha bolalarga tushunchalar berish; 
• tarbiyalanuvchilar o‘rtasida chekishni oldini olishga qaratilgan choralarni 
amalga oshirish; 
• antialkogol tashviqoti; 
• keyingi hayotning narkotik moddalar bilan kelisha olmasligi; 
• o‘smirlarning reproduktiv salomatligini saqlash. 
5) Xavfsizlik va hayot faoliyati asoslari: 
• yo‘llarda yurish ko‘nikmalarini va tajribalarini shakllantirish; 
• tarbiyalanuvchilarning hayot faoliyati xavfsizligiga oid mavzular yuzasidan 
guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish; 
• tarbiyalanuvchilar tomonidan turli ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi 
bo‘yicha instruktaj o‘tkazish; 
• favqulodda vaziyatlarda chaqirilishi lozim bo‘lgan xizmatlar; 
• birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga oid amaliy mashg‘ulotlar; 
• favqulodda vaziyatlarda qanday ish yuritish yuzasidan amaliy 
mashg‘ulotlar; 
• uydagi xavflar – maishiy-elektr asboblar; 
• stressli vaziyatlardan chiqib ketish mavzusiga oid mashg‘ulotlar; 
• fuqaro mudofaasi bo‘yicha o‘quv mashqlarini o‘tkazish; 
• norasmiy guruhlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish;
• notanish odamlar bilan muloqotda bo‘lish qoidalari. 
Shuningdek, ijtimoiy ishchi fuqarolik tarbiyasi ishlarini ham olib borishi 
lozim. Bunda asosiy vazifasi – tarbiyalanuvchilarda zamonaviy jamiyatga kirib 
borish va moslashishda faol fuqarolik mavqeyini shakllantirish. 
Faoliyat yo‘nalishlari: 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish