MUNDARIJA
I. BOB. BYUDJETLASHTIRISH VA XARAJATLARNI NAZORAT QILISH
1.1 . Byudjetlashtirish va uning korxona faoliyatini rejalashtirishda tutgan o‘rni
1.2. Bosh byudjet, uning ta rkib i va tuzish tartibi
1.3. Korxonalarda statik byudjet va ularni tuzish asoslari, Xarajatlarni rejalashtirish
II. BOB. BYUDJET SSUDALARI VA KREDITLAR HISOBI
2.1. Byudjet ssudalari va kreditlari hisobining maqsadi va vazifalari
2.2. Byudjet ssudalarini olish va qaytarilishining sintetik va analitik hisobi, Xalqoro amaliyotda qarzlar hisobini yuritish
2.3. Byudjetlar o’rtasida sodir bo’ladigan hisoblashishlar va ularni hisobga olishni tashkil etish
III. BOB. KORXONALARDA BOSHQARUV HISOBI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI…………………………………………………………………23
3.1. Korxonalarda boshqaruv hisobi va uning ahamiyati…………………….
3.2. Boshqaruv va moliyaviy hisobning o‘zaro bog‘liqligi……………………
3.3. Rivojlangan mamlakatlar korxonalarida boshqaruv hisobini tashkil etish tajribasi……………………………………………………………..
KIRISH
Magistlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar singari byudjet ijrosi tizimida ham qator istiqbolli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga asosan Davlat byudjeti mablag‘larini maqsadli sarflanish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ya’ni, g‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari orqali byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha belgilangan tartibda kassa ijrosi amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari barcha mablag‘lari g‘aznachilikka qamrab olinib daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi ta’minlanmoqda.
Bu o‘z navbatida mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, mablag‘larni iqtisod qilishga xizmat qilib byudjet taqchiligini oldini olishni ta’minlamoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan hamda hayotga tadbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa’y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamonga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga qaratilganligi bilan g’oyat ahamiyatlidir. Xususan, davlatimiz rahbari ta’kidlab o’tganlaridek, davlat moliyasini boshqarishda “...iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o’zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bog’liqdir”1.
Barcha sohalarda bo’lgani kabi byudjet tizimida ham islohotlar amalga oshirilib davlat byudjeti ijrosining mustahkam va xalqaro standartlarga mos keluvchi, milliy xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan normativ-huquqiy asoslari shakllantirildi. Shu o’rinda O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risidagi qarorlarni keltirib o’tamiz bu esa aynan korxona byudjetini tashkil etish bilan bo’lgan muammolarga javob olishimiz uchun ayni muddaodir
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabr 364-XII-son “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
Ushbu Qonun mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etishning, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
Qonun foyda (daromad) olishni ko‘zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga solib turadi.
11-modda. Korxona mol-mulkni tashkil etish va undan foydalanish shartlari
1. Asosiy fondlar va oborot mablag‘lari, shuningdek qiymati korxonaning mustaqil balansida aks etadigan boshqa boyliklar korxona mulkini tashkil etadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va korxona ustaviga muvofiq korxonaning mol-mulki mulkchilik huquqi yoki to‘la xo‘jalik yuritish huquqi asosida unga tegishli bo‘lishi mumkin.
3. Quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manbalardir:
ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
mahsulot, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar;
bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
kapital mablag‘ va Byudjetdan dotatsiyalar;
tashkilotlar, korxonalar va jismoniy shaxslarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari, ionalari, shuningdek meros tariqasida, ayirboshlash va sovg‘a qilish yo‘li bilan oladigan daromadlari;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan o‘zga manbalar.
4. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) yoki u (ular) vakolat bergan idoralar o‘ziga qarashli mol-mulkni boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga sotish hamda topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtincha foydalanish uchun bepul berish yoki qarzga berishga, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va korxona ustavida o‘zga hollar ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, ularni balans hisobidan chiqarishga haqlidir.
5. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) yoki u (ular) vakolat bergan idoralar, basharti qonun hujjatlarida va ustavda o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni sotish, bepul topshirish, ijaraga berishga haqlidir, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning mulki bo‘la olmaydigan yoki ular foydalana olmaydigan ishlab chiqarish vositalari va o‘zga moddiy boyliklar bundan mustasno.
13-modda. Korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘larini jalb etishi
1. Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadlarida qimmatli qog‘ozlar chiqarish hamda sotish yo‘li bilan yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb etish huquqiga egadir.
2. Korxonaning qimmatli qog‘ozlar chiqarish va sotish tartibini, ularning turlari hamda bunday qimmatli qog‘oz egalarining huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari belgilaydi.
33-modda. Korxonada hisob va hisobot
1. Korxona o‘z ishi natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti olib boradi.
Davlat statistika hisobotining shakllarini davlat statistika idoralari, bunday hisobotlarni taqdim etish tartibini esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
2. Korxonaning mansabdor shaxslari davlat hisobotini buzib ko‘rsatganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan intizomiy, ma’muriy, moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
20-modda. Korxona byudjetibi tuzish va faoliyatini rejalashtirish
1. Korxona o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo resurslari va materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko‘rsatilayotgan xizmatga bo‘lgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi.
2. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat ko‘rsatadi.
21-modda. Korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan xo‘jalik munosabatlari
1. Xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarida korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlari shartnoma negiziga quriladi.
2. Korxonalar nima haqda shartnoma tuzishni tanlashda, majburiyatlarni, o‘zaro xo‘jalik munosabatlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan boshqa har qanday shartlarni aniqlashda erkindir.
21-moddaning davlat korxonalariga taalluqli bo‘lgan 2-bandi 1992-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
3. Korxona o‘z mahsuloti va mol-mulkini, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmasa, o‘z xohishiga ko‘ra sotadi, shuningdek o‘z xohishi bilan xizmatlar ko‘rsatadi.
4. Korxona iste’molchining manfaatlarini hamda uning mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatiga qo‘yadigan talablarini hisobga oladi. Iste’molchining manfaatlari va huquqlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan himoya qilinadi.
Erkin realizatsiya qilish taqiqlab yoki cheklab qo‘yilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
22-modda. Ulgurji savdo, ishlab chiqarishni ta’minlash va mahsulotni sotish
1. Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o‘rganish, narx-navoning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot asosida o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi.
2. Bozorga o‘tish davrida davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulot yetkazib berayotgan korxonalarni davlat shu ishlarni bajarish va mahsulotni yetkazib borish uchun moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlaydi.
23-modda. Narx-navo va narx belgilash
Korxona o‘z mahsulotini, ishlarini, xizmatlarini, ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflarda sotadi. Korxona bozorda yakkahokimlik mavqeini egallagan hollarda davlat fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narxlarni tartibga soladi.
24-modda. Moliya va kredit munosabatlari
1. Foyda (daromad), amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan pul, mehnat jamoasi a’zolarining, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarning pay va o‘zga badallari, shuningdek, boshqa tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manbalardir.
2. Korxona tijorat shartnomasi asosida bank kreditidan, boshqa korxonalarning kreditlaridan foydalanadi.
3. Korxonalar o‘z hisob-kitob va kassa xizmati uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bitta yoki bir nechta bankda milliy va chet el valyutalarida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli.
4. Byudjetga va Byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar, ish haqi berish, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarni hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni qondirish, shuningdek bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga pul mablag‘larini hisobdan chiqarish fuqarolik qonun hujjatlari bo‘yicha hisob-kitoblarning qolgan turlari korxona tomonidan kalendar tartibda amalga oshiriladi.
5. Korxona xaridor (iste’molchi) ga qarzga olingan mablag‘ uchun foyda to‘lash tartibida qarzga mahsulot yetkazib berishi, ishni bajarishi va xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunday savdo bitimlarini rasmiylashtirish uchun korxona xo‘jalik oborotida vekselni qo‘llashi mumkin. Korxona foiz to‘lash sharti bilan boshqa korxonalarga yoki banklarga kredit berishi mumkin.
6. Korxona kredit shartnomalari va hisob-kitob intizomiga rioya etilishi uchun to‘la javobgardir. Hisob-kitob qilish yuzasidan o‘z majburiyatlarini muntazam bajarmaydigan korxona bank tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilinishi mumkin. Bunday korxonalarga ta’sir o‘tkazish choralari va ularni qo‘llash tartibi banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
26-modda. Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati
1. Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga egadir.
2. Olingan valyuta korxonaning valyuta balansi hisobiga o‘tkaziladi va undan korxona mustaqil foydalanadi. Korxonaning valyuta tushumidan mazkur korxona o‘z valyuta mablag‘i hisobidan qilgan bevosita valyuta xarajatlari chegirib tashlanganidan so‘ng respublika Byudjetlariga va mahalliy Byudjetga valyuta ajratmalari o‘tkaziladi.
Respublika Byudjetlariga va mahalliy Byudjetlarga ajratmalar miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. Korxonaning valyuta mablag‘ini qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda o‘zga yo‘l bilan tortib olish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |