395
7. O‘smir va bolalar xulqi sohasida bilimlarning mavjudligi – shaxs
rivojlanishi va qonuniyatlari, yosh va individual xususiyatlari
haqidagi bilimlarni
egallash.
8. Hayoti davomida shaxs bo‘lib rivojlanishi uchun imkoniyatlarni tan olish.
Bola hayotidagi yuqoridagi vaziyat uning tabiyatdan yomonligi uchun emas, balki
hayotiy vaziyatga mos kelmaydigan sharoitda o‘sganligi sabablidir. Har qanday
yoshda uning xulqi va xarakter qirralarini ijobiy shakllantirish saqlash imkoniyati
mavjud. Bolaga chuqur qiziqishni namoyon etish.
9. Bola xulqi va tayyorgarlik darajasiga sezgirlik o‘z bolalik tajribasiga
murojaat etgan holda amalga oshirish.
10. Bola huquqini hurmat qilish, o‘z muammolaridek xal etish va
javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyati.
11. O‘z tajribasi va refleksiyaga ochiqlik. Ijtimoiy ishchi, o‘z tuyg‘ularini
tahlil etishi, bilishi, belgilashi va salbiy tomonlarini
kamsitmasdan balki ularni
to‘g‘rilash lozim. Faqat shunday xollardagina u o‘z xulqini nazorat qila oladi.
12. O‘z o‘zini anglashni o‘stirish. Maslahatchi o‘zi haqida qancha ko‘p bilsa,
u kim bilan ishlayotganligini yaxshi biladi.
13. Kuchli o‘xshashlik – o‘z ichki pozitsiyasiga ega bo‘lish, boshqa
insonlarga nisbatan oddiy umid aks ettirish.
Zamonaviy sharoitda iqtisodiy ta’lim dolzarbdir. Ushbu mezon bo‘yicha
quyidagi yo‘nalishlardagi tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha ish olib borilishi
zarur:
1. Oila budjeti.
2. Iqtisodiyot va uni inson hayotidagi ahamiyati.
3. Bozor: asosiy tushunchalar va tuzilmalar.
4. Bozor xo‘jaligining infratuzilmasi va hokazo.
Faoliyat yo‘nalishlari:
1. Oiladagi budjet haqida tushuncha.
Mehribonlik uyi bitiruvchisida
talabchan xo‘jayin va didli iste’molchi sifatlarini shakllantirish zarur:
- budjetning manbalarini, kirim va chiqim qismlarini bilishi, mablag‘larni
samarali sarflash va mablag‘larni ko‘paytirish yo‘llarini izlash;
- budjetni tahlil qilishni bilish, yashash uchun minimal
xarajatlar miqdorini
aniqlash, oson iqtisodiy hisoblarni bajarishni bilish;
2. Oilaning asosiy xarajatlarini rejalashtirish
Oziq-ovqatlarni xarid qilish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, kiyim va
poyafzal, meBel va boshqa narsalarni sotib olish, madaniy ehtiyojlar,
qarindoshlarga yordam berish; oila budjeti va oila a’zolarining soniga qarab bir
kunlik, ikki haftalik, bir oylik
xarajatlarni rejalashtirish; yirik xaridlarni
rejalashtirish.
3. Oziq-ovqat taqsimoti va turar joyni saqlashda xizmat qiladigan texnik
vositalar ekspluatatsiyasi.
Ijtimoiy ish xodimi sog‘lom turmush tarzini yuritish ko‘nikmalarini
shakllantirish lozim. Bunda asosiy vazifa – tarbiyalanuvchilarning salomatligini
396
saqlash va mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish, ularda sog‘liq va sog‘lom
turmush tarzi qadriyatlarini shakllantirish lozim.
Faoliyat yo‘nalishlari:
1) bolalarning sog‘ligini saqlash bo‘yicha choralar (tibbiy ko‘riklar,
emlash, oziq-ovqatlarni vitaminlar bilan boyitish va hokazao) majmuyini amalga
oshirish;
2) jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish;
3) sanitariya-oqartuv faoliyati:
• gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish;
• sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish.
Quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish lozim:
4) Salomatlikni saqlash bo‘yicha profilaktika ishlari:
• infeksion kasalliklarning profilaktikasi va ularni
eng oddiy usullar bilan
davolash bo‘yicha bolalarni xabardor etish;
• to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha bolalarga tushunchalar berish;
• tarbiyalanuvchilar o‘rtasida chekishni oldini olishga qaratilgan choralarni
amalga oshirish;
• antialkogol tashviqoti;
• keyingi hayotning narkotik moddalar bilan kelisha olmasligi;
• o‘smirlarning reproduktiv salomatligini saqlash.
5) Xavfsizlik va hayot faoliyati asoslari:
• yo‘llarda yurish ko‘nikmalarini va tajribalarini shakllantirish;
• tarbiyalanuvchilarning hayot faoliyati xavfsizligiga
oid mavzular yuzasidan
guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish;
• tarbiyalanuvchilar tomonidan turli ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi
bo‘yicha instruktaj o‘tkazish;
• favqulodda vaziyatlarda chaqirilishi lozim bo‘lgan xizmatlar;
• birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga oid amaliy mashg‘ulotlar;
• favqulodda vaziyatlarda qanday ish yuritish yuzasidan amaliy
mashg‘ulotlar;
• uydagi xavflar – maishiy-elektr asboblar;
• stressli vaziyatlardan chiqib ketish mavzusiga oid mashg‘ulotlar;
• fuqaro mudofaasi bo‘yicha o‘quv mashqlarini o‘tkazish;
• norasmiy guruhlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish;
• notanish odamlar bilan muloqotda bo‘lish qoidalari.
Shuningdek, ijtimoiy ishchi fuqarolik tarbiyasi ishlarini ham olib borishi
lozim. Bunda asosiy vazifasi – tarbiyalanuvchilarda zamonaviy jamiyatga kirib
borish va moslashishda faol fuqarolik mavqeyini shakllantirish.
Faoliyat yo‘nalishlari:
Do'stlaringiz bilan baham: