Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

58
 Назаров Қ. Қадриятлар фалсафаси (Аксиология) – Тошкент: Файласуфлар миллий жамияти, 2004. - Б. 6. 
59
 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 30 сентябрдаги Ўқитувчи ва 
мураббийлар кунига бағишланган тантанали маросимдаги “Ўқитувчи ва мураббийлар – янги Ўзбекистонни 
барпо этишда катта куч, таянч ва суянчимиздир” мавзусидаги нутқи - www.xs.uz 
60
 Назаров Қ. Аксиология (Қадриятлар фалсафаси.) – Тошкент: Ўзбекистон файласуфлар миллий жамияти
2011. - Б. 52. 
61
 Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.- Тошкент: «Ўзбекистон», 2017. – Б.7. 
62
 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 30 сентябрдаги Ўқитувчи ва 
мураббийлар кунига бағишланган тантанали маросимдаги “Ўқитувчи ва мураббийлар – янги Ўзбекистонни 
барпо этишда катта куч, таянч ва суянчимиздир” мавзусидаги нутқи - www.xs.uz 


36 
turmush tarzi, yondashuvi, tabiat va jamiyatga munosabatlari va qarashlari 
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu ma’noda bu tizimni, qadriyatlar tizimini 
nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy faoliyatga ta’siri nuqtayi nazaridan 
o‘rganish, tahlil qilish, o‘z navbatida, qadriyatlarning inson va insoniyat hayotiga 
ta’siridan to‘g‘ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. 
Qadriyatlarga nisbatan subyektning munosabatini majburan shakllantirib 
yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi. Buning uchun subyektning o‘zi qadrlash lozim bo‘lgan 
obyektni, u predmetmi, mavjudotmi, voqelikmi, qat’iy nazar, baholashi, bu 
obyektning o‘zi uchun muhim va ahamiyatli tomonini ko‘rishi, moddiy, yoki 
ma’naviy, ruhiy, yoki hissiy ehtiyojlari qoniqishidagi qadrini va zaruriyatini 
anglashi lozim bo‘ladi. Anglash darajasi esa dunyoqarashga bog‘liq. Shu o‘rinda 
e’tirof etish lozimki, har qanday fikr g‘oya bo‘lmagani kabi, har qanday anglangan 
zaruriyat qadriyat bo‘lavermaydi. Umr davomiyligi hamisha zaruriyatlarni taqozo 
etadi. Bu zaruriyatlar o‘z funksiyasini bajargach, o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. 
Qadriyatlarga esa subyekt qadrlash orqali mehr va ishonchini ifoda etadi. Bu 
qadriyatlar o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan taqdirda ham, subyekt uchun, uning 
kechagi kuni uchun ahamiyat kasb etgan obyekt sifatida qadrlanib qolaveradi, 
bugungi va ertangi kuni uchun tarbiyaviy ahamiyatini saqlab qoladi. 
Qadriyatlarning barcha shakllari, tarkibiy qismlari o‘zaro uyg‘unlikda yaxlit 
bir tizimni tashkil etadi. Aslida jamiyatda qadriyatlarning ma’lum bir qismi alohida 
emas, balki ularning yaxlit, uzluksiz va barqaror tizimi namoyon bo‘ladi. Zanjir 
halqalari misol jamiyatda har bir tuzilmaning o‘z vazifasi va o‘rni bo‘lgani kabi, 
qadriyatlar tizimi barcha qismlarining ham o‘z mazmuni va mohiyati, qadr 
darajasi, subyektning reaksiyasi orqali o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega. Qadriyatlar 
tizimining namoyon bo‘lishida zamon va makonning ta’siri bo‘ladi. Ya’ni, eng 
qadimgi davrlarda ilk odam yashagan, ilk jamoalar vujudga kela boshlagan 
vaqtdan boshlab hozirgi globallashgan, yetuk jamiyatlar tashkil topgan vaqtga 
qadar ma’lum bir qadriyatlar tizimi amal qilib kelgan. Bu tizimni bir zanjir deb 
oladigan bo‘lsak, zanjir har bir halqasining o‘rni va ahamiyati turli davrlarda va 
turli jamiyatlarda subyekt (shaxs, urug‘, qabila, elat, millat, jamiyat, insoniyat) 
uchun turli darajada namoyon bo‘ladi. Ma’lum hududdagi ijtimoiy-siyosiy 
vaziyatga qarab, qayerdadir tinchlik, qayerdadir erkinlik, qayerda esa salomatlik 
zanjirdagi eng asosiy halqalardan biriga aylanishi mumkin. Qadriyatlar tizimining 
amal qilish davri, bu tizimdagi har bir tarkibiy qismning o‘rni va ketma-ketligi 
vaqt va zamon, taraqqiyot darajasi hamda mazkur tizim amal qilayotgan 
jamiyatning yashash davri bilan bog‘liq. 
Qadriyatlar zaruriylik darajasi va yondashuv nuqtayi nazaridan yiriklashib 
borishi mumkin va natijada shaxsiy qadriyatlardan oilaviy, jamoaviy, milliy, 
ma’lum jamiyatga xos ijtimoiy va dunyoviy yoxud umuminsoniy qadriyatlar 
vujudga keladi. Ayrim qadriyatlarni insonning o‘zi qadriyat sifatida anglashi 
yetarli emas. Individ qadrlaydigan obyektining o‘zi uchun muhim jihatlarini his 
etish barobarida uning ijtimoiy ahamiyatini ham anglashi lozim.
Suqrotning 
fikricha, 
ijtimoiy 
qadriyat 
hisoblangan 
baxt-saodatga 
erishishning muhim sharti – bilim, lekin bu yagona shart emas. Tabiat va jamiyat, 


37 
predmet va hodisalarning o‘z maqsadlarini amalga oshirish yo‘lidagi o‘rni va 
bahosiga, ruhiy-hissiy ehtiyojlar qondirilishi uchun muhim bo‘lgan voqelikka 
nisbatan yondashuv, o‘z tabiatiga ko‘ra takrorlanmas bo‘lgan insonning 
dunyoqarashiga bog‘liq. Bir subyektning baxti, (subyekt yakka shaxs ham, jamoa 
ham, millat ham bo‘lishi mumkin) ikkinchi subyekt uchun baxtsizlik keltirishi 
mumkin. Demak, bu qadriyatga nisbatan yondashuv ham nisbiydir. 
Ma’lumki, bir tizim, tizimlilik hamisha o‘zaro aloqadorlik, bir-birini 
to‘ldiradigan yaxlit, nisbiy barqaror tarkibiy qismlar jamlanmasini anglatadi. 
Nisbiy deganimizning boisi, aslida mutlaq to‘xtab turgan voqea, hodisa, jarayon, 
munosabat va qarashlarning o‘zi yo‘q. Hayotning o‘zi butun voqeligi bilan 
muntazam o‘zgarishda va harakatdadir. Qadriyatlar tizimidagi barqarorlik ham shu 
kabi. U jamiyatga parallel ravishda mudom o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. 
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy o‘zgarishlar va 
yuksalishlar qadriyatlar tizimining tegishli tarkibiy qismlariga ham o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Ayni paytda muayyan qadriyatlarning amal qilishi jamiyat strukturasiga 
ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mana shu ma’noda ijtimoiy tuzum va qadriyatlar 
tizimi o‘zgarishi va rivojlanishida mutanosiblik bor. Qadriyatlar tizimining 
shunday tarkibiy qismlari ham borki, ular mutloq o‘zgarmas, o‘z qadri va 
mohiyatiga ko‘ra hamisha umuminsoniy ahamiyatga ega. Bunday qadriyatlar inson 
doimo qadrlaydigan, intiladigan ideallaridir. Faqat bu ideallarga, maqsad va 
orzularga intilish va erishish yo‘lidagi faoliyat, harakat turli yurt va turli 
jamiyatlarda, shuningdek, turli el va millatlarda o‘ziga xos yondashuvlar, 
xususiyatlar, taktik yo‘nalishlar mavjud. Bu esa umuminsoniy qadriyatlarda milliy 
elementlarning ham namoyon bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Masalan, har bir 
inson o‘zi uchun baxt deb hisoblaydigan ideallari bor. Kimgadir sihat-salomatlik, 
kimgadir tinchlik-xotirjamlik, kimga sevgi va oilaviy munosabatlar, yana kimga 
moddiy farovonlik, amal pog‘onasi, mavqe va hokazo. Aytaylik, “Baxt nima?”, 
degan savolga bir necha kishi bir xil javob berdi. Lekin bu baxtning talqini, unga 
erishish yo‘llariga munosabat bu kishilarda har xil bo‘ladi. Xuddi shuningdek
mazkur munosabatlarda ma’lum bir elga, hududga, millatga xoslik ham aks etishi 
mumkin. Bizning xalqimizda tinchlik-xotirjamlik qadriyatiga shunday yondashuv 
borkim, ular bu qadriyatlarning boshlanishini, eng avvalo, eng kichik yacheyka 
bo‘lgan oilada ko‘radilar. “Bir kun janjal bo‘lgan uydan qirq kun baraka 
ko‘tariladi”, “Qo‘shning tinch – sen tinch” kabi naqllarga, avvalo, shu kichik 
makonda amal qilinsa, undan so‘ng mana shu makonda tarbiya ko‘rgan inson katta 
maydon va sahnalarda, katta doira va munosabatlarda ham ularga amal qilishini 
ta’kidlaydilar. Ya’ni, “qush uyasida ko‘rganini qiladi”. Shuningdek, 
demokratiyaning amal qilishida ham shunday milliylik xususiyatlari taqozo 
etilishini unutmaslik lozim. Bizning xalqimizga xos shunday qadriyatlar borki, har 
qanday erkinlik, so‘z erkinligi, yashash erkinligi va boshqalar zamirida ham keng 
mulohazalilik, vazminlik, kattaga hurmat, kichikka izzat, oila yoki jamoa boshiga 
nisbatan odob va muomala madaniyati doirasida munosabatda bo‘lish kabi milliy 
elementlar aks etib turadi. Demak, ma’lum bir jamiyatdagi qadriyatlar tizimida 
milliy, hududiy o‘ziga xoslikning amal qilishi tabiiy holdir. 


38 
Ijtimoiy rivojlanishning har bir yangi bosqichi jamiyatda shaxsning 
takomillashuvi, uning ijtimoiy munosabatlardagi oqilona va omilkorona faoliyati 
hamda insonning kamolotidan dalolatdir. Shaxs takomillashgan va inson 
komillashgan sari uning uchun o‘z hayoti mazmuni teranlashib boradi, ya’ni u 
kasbiy yuksalib boradi. Kasbiy yuksalish esa moddiy va boshqa ayrim qadriyatlar 
shaklining ma’naviy ahamiyatini oshirib boradi. Bu rivojlanish qadriyatlar tizimida 
ham ko‘rinadi.
Qadriyatlar tizimi – ma’lum bir subyekt (individ, shaxs, oila, jamoa, qabila, 
jamiyat, insoniyat) yashashi, amal qilishi, rivojlanishi uchun ahamiyatli bo‘lgan, 
voqelikning moddiy va ma’naviy qirralarini o‘zida aks ettirib, o‘zaro aloqa va 
munosabatlarda bo‘lgan qadriyatlar jamlamasidir. Yoki, “muayyan voqelik, obyekt 
yoki subyekt qadri va ahamiyatining in’ikosi bo‘lgan, obyektiv ravishda tasavvur 
qilinadigan va bilish jarayonida anglab olinadigan turli qadriyat shakllarining 
o‘ziga xos bog‘lanishini ifodalaydigan aksiologik tizimlar”
63

Shuningdek, kasbiy qadriyatlar tizimining qay darajada amal qilishi jamiyat-
ning tarkibiy tuzilishiga, tizimning barqarorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning 
uchun, avvalo, har bir jamiyat ravnaq topishi yo‘lida bo‘ladigan sa’y-harakatlar, 
ilmiy izlanishlar chog‘ida mazkur qadriyatlar tizimini mukammallashtirish, uning 
o‘rni va ahamiyati, ijtimoiy voqelik jarayonidagi ta’siri va aksta’sirini o‘rganish, 
davlatni boshqarish, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda bu omillarni, albatta, 
hisobga olish lozim bo‘ladi. Jamiyat singari, kasbiy qadriyatlar tizimi tarkibiy 
qismlari, shakllari o‘rtasida hamisha ham barqarorlik bo‘lavermasligi, hatto 
barqaror bo‘lib ko‘ringanda ham, kichik elementlar o‘rtasida tafovut va farqlar, 
qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar bo‘lishi mumkinligini nazardan qochirmaslik 
lozim. Chunki, har qanday jamiyat xilma-xil fikrlar, yondashuvlar asosiga quriladi 
va bu xilma-xillik jamiyatning mudom o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘lishini 
ta’minlaydi. Demak, kasbiy qadriyatlar tizimi har bir tarkibiy qismining 
umuminsoniy xarakterga ega bo‘lishi jamiyatning barqarorligi va yashovchanligini 
ta’minlaydi.
Ayniqsa, yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan bir qator islohotlar 
tufayli ijtimoiy ishning kasbiy qadriyatlari shakllanishi va mustahkamlanishida 
institutsional asos sifatida xizmat qilib kelmoqda. Jumladan, 2020-yil 22-iyunda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-sonli 
qabul qilingan Farmonida belgilangan bir qator vazifalarda buning aksini 
ko‘rishimiz mumkin. Masalan, “aholining imkoniyati cheklangan, kam 
ta’minlangan guruhlar huquqlarini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining 
“hech kimni orqada qoldirmaslik” tamoyiliga muvofiq himoya qilishni ta’minlash, 
davlat va jamiyatning alohida himoyasiga muhtoj bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash hamda ularga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish; din, so‘z va fikr 
erkinligi, ma’lumot olish, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, gender tenglikni 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish