Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


-bob. IJTIMOIY ISHDA ETIK PRINSIPLAR VA QADRIYATLAR



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

2-bob. IJTIMOIY ISHDA ETIK PRINSIPLAR VA QADRIYATLAR 
Reja: 
1. Ijtimoiy ishda qadriyatlar tipologiyasi
2. Zamonaviy professional ijtimoiy ishda qadriyatlar iyerarxiyasi
3. Asosiy axloqiy kategoriyalar
4. Ijtimoiy ishda ideal va uning vazifasi
Tayanch so‘z va iboralar
: qadriyat, aksiologiya, shaxsiy qadriyat, kasbiy 
qadriyat, etnik qadriyat, milliy qadriyat, umuminsoniy qadriyat, axloq normalari, 
ijtimoiy ish prinsiplari, axloq kodeksi, institutsional, funksional, etik-aksiologik, 
mafkuraviy; konsultativ, vital-mo‘ljallash, sinergetik. 
 
1. Ijtimoiy ishda qadriyatlar tipologiyasi 
“Qadriyat” tushunchasini XIX asrning 60-yillarida G.Kogen
54
va R. Lotse
55
muomalaga kiritdi. R.Lotse olamni uch sohaga bo‘ldi: 
a) yalpi qonunlar ‒ zaruriy ahamiyatli haqiqat sohasi; 
b) dalillar, narsalar va voqelik obrazlari sohasi; 
d) qadriyatlar, ya’ni ezgulik, go‘zallik va muqaddaslik g‘oyalari sohasi. 
Shu asosda nemis falsafasida aksiologiya masalalari maxsus o‘rganila 
boshlandi. XX asrning boshlarida fransuz faylasufi P.Lapi
56
qadriyatlar 
nazariyasini ifodalash uchun “aksiologiya” atamasini muomalaga kiritdi. (“axios” 
‒ “fan”, “logos” ‒ “ta’limot”) va bugungi kunda qadriyatlar to‘g‘risida ta’limot 
beruvchi maxsus aksiologiya fani vujudga keldi. 
Qadriyat
– inson va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismi, olamdagi 
voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini 
ifodalash uchun ishlatiladigan tushunchadir
57
. Shuningdek, qadriyat voqea-hodisa-
larning, ijtimoiy munosabatlarning, urflarning, ma’naviy va moddiy boyliklarning 
qadr-qiymati, ahamiyatini ham ifodalaydi. 
Ammo 
qadriyatlar mavzusi ko‘hna va navqiron Sharq, uning tarkibiy qismi 
bo‘lgan Markaziy Osiyo va O‘zbekiston mutafakkirlari va olimlari uchun ham 
begona emas! Qadriyatshunoslik tarixining eng teran jihatlarini faqat G‘arbdan 
emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan xoli bo‘lmasa kerak. 
Xorazmiy, 
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, al-Buxoriy, at-Termiziy, Yassaviy, 
Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy, Mashrab, Bedil, Maxtumquli, Abay, Behbudiy, 
A.Avloniy kabi mutafakkir va olimlarning ijodida ham bu mavzuning izlari bor. 
54
 Коген Г. Науки о духе и философия. / Пер. с нем. В. Н. Белова. // Кантовский сборник. Научный журнал. - 
Калининград. № 1 (27), 2008. - С. 82-86. https://ru.wikipedia.org/wiki  
55
 Новая философская энциклопедия. В четырех томах. / Ин-т философии РАН. Научно-ред. совет: В.С. 
Степин, А.А. Гусейнов, Г.Ю. Семигин. М., Мысль, 2010, т. II, Е – М, с. 455-456. http://www.hrono.ru/ 
biograf/bio_l/lotce.php  
56
 Философия: Энцикл. словарь (М., 2004), статья «Аксиология». О возникновении аксиологии в античной 
философии и о развитии философии ценностей в более позднее время см.: Ивин А.А. Аксиология. М., 2006. 
С. 28–45. http://www.intelros.ru/readroom/fg/fj-1-4-2010/7811-sovremennaya-aksiologiya-nekotorye-aktualnye-
problemy.html  
57
 Маънавият асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Тошкент: Ғ.Ғулом, 2010. - Б. 707. 


35 
Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, yangilab turishda, zamona 
realliklari nuqtayi nazaridan xolisona talqin qilishdadir
58
. Bu borada Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev 2020-yil 30-sentabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga 
bag‘ishlangan tantanali marosimda
ta’kidlaganidek: “Tarixga nazar solsak, Buyuk 
Ipak Yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak 
sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning 
boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho 
me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori-atiqalar davlatchilik 
tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”
59

Faylasuf olim Q.Nazarovning yozishicha, “Qadriyat” kategoriyasi buyum va 
narsalarning iqtisodiy qiymatini ifodalaydigan “qimmatdorlik” tushunchasidan farq 
qiladi. Shu bilan birga, qadriyat buyumlarning faqat qimmatiga nisbatan qo‘llanil-
masdan, balki inson uchun qadri bo‘lgan narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, 
holatlar, sifatlar, talab, tartiblar va boshqalarning ijtimoiy ahamiyatini ifodalash 
uchun ishlatiladigan falsafiy-aksiologik tushunchadir. Bu tushunchada qadriyat 
obyektining nafaqat qiymati, balki ijtimoiy ahamiyati, falsafiy-aksiologik 
mazmuni, jamiyat va inson uchun qadri ham o‘z ifodasini topadi.”
60
Qadriyatlarning qadr-qimmati insonlarning ularga bo‘lgan munosabati bilan 
belgilanadi. Ammo, kishilik jamiyati ravnaqi va dunyoqarashning o‘sib-o‘zgarishi 
bilan bu munosabatlarning darajasi ham o‘zgarib borishi mumkin. Qadriyatlar 
kishilarning moddiy va ma’naviy turmush darajasi, mavjud sharoitlar va 
imkoniyatlar asosida shakllanadi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Eng 
asosiy ustuvor vazifa “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan olijanob 
g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat”
61
ligiga e’tibor qaratgan holda 
qadriyatlarning shakllanishiga kuchli ta’sir etuvchi omillardan biri sanalmish 
ta’lim-tarbiya masalasiga alohida to‘xtalib, “Hammamizga ayonki, bugungi 
murakkab globallashuv davrida jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy 
immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, 
ularni o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib 
tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda”
62
– deya 
ta’kidladi. 
Inson hayot kechirishi jarayonida qadriyatlar muhim omil bo‘lib amal qiladi. 
Qadriyatlar inson qo‘li bilan yaratilishi (moddiy qadriyatlar), insonning ong va 
tafakkuri orqali anglanib, ma’naviy-ruhiy manba sifatida yuzaga chiqishi, 
(ma’naviy qadriyatlar) hamda inson ishtirokisiz ham mavjud bo‘lishi (tabiiy 
qadriyatlar) mumkin. Qadriyatlar ma’lum ma’noda insonning hayot kechirishi, 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish