35
Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, yangilab turishda, zamona
realliklari nuqtayi nazaridan xolisona talqin qilishdadir
58
. Bu borada Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev 2020-yil 30-sentabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga
bag‘ishlangan tantanali marosimda
ta’kidlaganidek: “Tarixga nazar solsak, Buyuk
Ipak Yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak
sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning
boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho
me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori-atiqalar davlatchilik
tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”
59
.
Faylasuf olim Q.Nazarovning yozishicha, “Qadriyat” kategoriyasi buyum va
narsalarning iqtisodiy qiymatini ifodalaydigan “qimmatdorlik” tushunchasidan farq
qiladi. Shu bilan birga, qadriyat buyumlarning faqat qimmatiga nisbatan qo‘llanil-
masdan, balki inson uchun qadri bo‘lgan narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar,
holatlar, sifatlar, talab, tartiblar va boshqalarning ijtimoiy ahamiyatini ifodalash
uchun ishlatiladigan falsafiy-aksiologik tushunchadir. Bu tushunchada qadriyat
obyektining nafaqat qiymati, balki ijtimoiy ahamiyati, falsafiy-aksiologik
mazmuni, jamiyat va inson uchun qadri ham o‘z ifodasini topadi.”
60
Qadriyatlarning qadr-qimmati insonlarning ularga bo‘lgan munosabati bilan
belgilanadi. Ammo, kishilik jamiyati ravnaqi va dunyoqarashning o‘sib-o‘zgarishi
bilan bu munosabatlarning darajasi ham o‘zgarib borishi mumkin. Qadriyatlar
kishilarning moddiy va ma’naviy turmush darajasi, mavjud sharoitlar va
imkoniyatlar asosida shakllanadi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Eng
asosiy ustuvor vazifa “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan olijanob
g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat”
61
ligiga e’tibor qaratgan holda
qadriyatlarning shakllanishiga kuchli ta’sir etuvchi omillardan biri sanalmish
ta’lim-tarbiya masalasiga alohida to‘xtalib, “Hammamizga ayonki, bugungi
murakkab globallashuv davrida jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy
immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash,
ularni o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib
tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda”
62
– deya
ta’kidladi.
Inson hayot kechirishi jarayonida qadriyatlar muhim omil bo‘lib amal qiladi.
Qadriyatlar inson qo‘li bilan yaratilishi (moddiy qadriyatlar), insonning ong va
tafakkuri orqali anglanib, ma’naviy-ruhiy manba sifatida yuzaga chiqishi,
(ma’naviy qadriyatlar) hamda inson ishtirokisiz ham mavjud bo‘lishi (tabiiy
qadriyatlar) mumkin. Qadriyatlar ma’lum ma’noda insonning hayot kechirishi,
Do'stlaringiz bilan baham: