Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Majburiyat
– fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga, asosan, bir shaxs 
(qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, 
chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash 
va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa 
– qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega 
bo‘ladi”
82

Insonning o‘ziga munosabati boshqalarga nisbatan bilvosita 
majburiyat
deb 
e’tirof etilgandagina axloqiy qimmatga ega bo‘ladi. Mening oilam, jamiyatim, 
xalqim, Vatanim oldida majburiyatim bo‘lgani uchungina o‘zimga nisbatan 
majburiyatliman, yaxshi va axloqiy degani bir xil. Biroq faqat kimki boshqalar 
uchun yaxshi hisoblansagina, o‘sha yaxshi odam. 
Demak, fidoyi insonga boshqalar tomonidan bu qadar hurmat-izzat ko‘rsa-
tilishiga sabab shuki, u istisnoli holatlarda o‘zining odatiy-kundalik hayotiy majbu-
riyatlarini va munosabatlari darajasini ixtiyoriy ravishda oshira olish qudratiga ega 
bo‘ladi. Fidoyi inson boshqalar manfaati yo‘lida o‘z qonuniy manfaatlarini, ba’zan 
esa hatto hayotini qurbon qilishga tayyor turadi va zarurat tug‘ilganda qurbon 
qiladi ham; jamiyat uchun umumiy bo‘lgan oliy maqsad va ideallarni deb o‘zidan 
kechadi. 
Bir tomonlama majburiyat (ehson qilish, nazorat va b.), ayrimlarning 
fikricha, tuzilgan bitim ya’ni qasam sifatida qaraladi, boshqalarning fikriga ko‘ra 
esa butun jamoa bilan tuzilgan bitim deb qaraladi, unda boshqa tomonning vakili 
sifatida qozi yoki har qanday guvoh (shohid) bo‘lishi mumkin. Islomda majburiyat 
tushunchasi vojib (arab.-majburiyat, burch) ‒ bajarilishi zarur bo‘lgan amal turi 
sifatida qaraladi.
Yana bir muhim mezoniy tushuncha ‒ 
burch.
Burch, mohiyatan, jamiyat, 
davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi 
majbu-riyat hisoblanadi. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod, mas’uliyat 
kabi tu-shunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir 
xatti-hara-kati zamirida burch tushunchasi ‒ burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi. 
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, 
fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari keng 
qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, o‘qituvchilik 
burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi 
tushunchalari ham mavjud. 
Axloqshunoslikning yana bir asosiy tushunchasi ‒ 
adolat.
Uning ezgulik va 
yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi 
biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, 
ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik 
xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni 
ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o‘lchovchi ham deyish mumkin: u talab 
82
 Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик Кодекси-https://nrm.uz/contentf?doc=9126_fuqarolik_kodeksi_(20-
22_boblar_234-312_moddalar) 


50 
bilan taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, 
beboshlikka yo‘l yo‘q
83

Adolat 
– ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilarning 
ijtimoiy-siyosiy ongida katta rol o‘ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim 
shaxslarning tushunchalarini o‘zida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va 
burch me’yorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, 
xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni e’tirof qilish va hokazoga mazkur 
tushuncha orqali baho beriladi. Adolat tushunchasi muayyan tarixiy shart-sharoit 
va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Adolatning ijtimoiy-falsafiy 
jihati jamiyat a’zolarining hilma-xil munosabatlaridagi o‘zaro tengligini nazarda 
tutadi. Axloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda bo‘lishni, bir-
birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi. 
Adolatning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, siyosiy tomoni esa davlatni 
adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar g‘amini yeyishni anglatadi. 
Rivojlangan jamiyatda adolat kishilarning demokratik qonunlar asosida ish 
yuritishini taqozo etadi, unda har bir odam o‘z mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati 
tufayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat o‘z faoliyatida fuqarolar 
tomonidan adolat qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat 
a’zolarining mol-mulki daxlsizligi va qonun oldida tengligini ta’minlaydi
84


Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish