63
Назаров Қ. Аксиология.(Қадриятлар фалсафаси.) – Тошкент:Ўзбекистон файласуфлар миллий жамияти,
2011.- Б. 273.
39
ta’minlash, barchaning sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan teng foydalanishi,
keksa odamlarning ijtimoiy integratsiyasi, bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi
bo‘lgan shaxslar va migrantlar huquqlarini himoya qilish sohalarida huquqni
qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish; oila institutini, onalik, otalik va
bolalikni himoya qilish, oilada zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi
kurashishni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa jihatlardan qo‘llab-quvvatlash
darajasini oshirish”
64
kabi ustuvor vazifalar aholiga xizmat ko‘rsatishni yanada
takomillashtirish va kasbiy qadriyatlarga amal qilish uchun muhim huquqiy asos
sifatida xizmat qilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo‘yicha keng
ko‘lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O‘zbekiston shakllanmoqda. Bugungi
kunda mamlakatimizdagi demokratik o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi”
65
.
Inson uchun qadriyatlar eng muhim, ya’ni, oliy, ikkinchi, keyingi
darajalarda amal qilib kelgan. Qadriyatning qaysi o‘rinda yoki darajada turishi
nafaqat subyektning bahosi, balki mavjud sharoit va imkoniyatlardan ham kelib
chiqadi. N.Shermuhamedova ta’rifiga ko‘ra, “qadriyat xuddi haqiqat kabi xossa
emas, balki fikr va voqelik o‘rtasidagi munosabatdir”
66
. Munosabat darajasini fikr
belgilaydi. Faylasuf olim V.P.Tugarinovning ta’rifiga ko‘ra: “Qadriyatlar muayyan
jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal
ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir
jihati)dir.
Bu ne’matlarning qadriyat deyilishiga sabab-kishilar ularni qadrlaydilar,
chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning
uchun ham kishilar o‘z tasarruflaridagi kasbiy qadriyatlarni himoya qiladilar va
o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.
Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki
hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa
chiqaradi... qolgan qadriyatlar, aslini olganda hayot ne’matlarining mohiyatidir,
madaniy qadriyatlardir”
67
. Ijtimoiy ishda qadriyatlar masalasiga munosabat
bildirishda aynan yuqorida keltirilgan yondashuvlar asosida munosabat bildirish
o‘rinlidir.
Ijtimoiy ishda qadriyatlar axloqiy qoida va me’yorlar, ideallar va
maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o‘zida aks etdiradi. Ular kasbiy
sifatlar tarzida halollik, poklik, o‘zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo‘ylik, ezgulik,
tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi
fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat kabi axloqiy tushunchalar,
shuningdek, e’tiqod, urf, odat, an’ana, marosim va boshqa tadbirlar shaklida
namoyon bo‘ladi.
Bu kasbiy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy xususiyatlarga ega bo‘lib,
64
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикасининг
Миллий стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-6012-сонли Фармони - Қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси, 23.06.2020 й., 06/20/6012/0953-сон.
65
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 23 сентябрдаги Бирлашган
Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 75-сессиясидаги нутқи- http://uzlidep.uz/news-of-
uzbekistan/7272
66
Н.Шермуҳамедова, Фалсафа. Тошкент: Ношир, 2012. – Б. 599.
67
Тугаринов В.П.О ценностях жизни и культуры. – Л.,1960. - С.3.
40
ijtimoiy taraqqiyot va kishilarning intellektual va amaliy faoliyati jarayonida
o‘zgarib, shakllanib, takomillashib boradi. Bunda etnik xosliklarni ham inobatga
olish lozim.
Etnik xoslik o‘zida etnomadaniy tarkiblarni mujassam etganligi sababli, uni
ajratish yoki alohida guruh ko‘rinishida taqdim etish ancha murakkab bo‘lsa-da,
uni quyidagicha izohlash mumkin:
- xalqning kelib chiqishi (etnogenezisi);
- xalqning antropologik tuzilishi va assimilyatsiya asosida unda
kuzatiladigan o‘zgarishlar;
- migratsiyalar (turli tarixiy davrlarda urush, ocharchilik va boshqalar
sababli xalqning geografik hududining o‘zgarishi, ko‘chishi);
- ichki oilaviy (ijtimoiy differensiatsiyani nazarda tutgan holda)
munosabatlar;
- turli ijtimoiy guruhlarda milliy tilning saqlanishi va undan faol tarzda
foydalanishga intilish;
- modernizatsiyalashtirilgan va an’anaviy madaniyatning o‘zaro nisbati
ta’minlanganligi;
- etnik o‘zini anglashni ifodalanganligi;
- etnoslararo munosabat, ya’ni aloqadorlikning mavjudligi;
- kooperatsiya va raqobat jarayonlarining mavjudligi.
Etnik qadriyatlarga tizim sifatida quyidagi tarkiblardan tashkil topadi: til;
hudud; ong; etnik mansublik; etnik psixologiya; vorislik.
Etnik qadriyatlar yaratiladigan (ishlab chiqiladigan) va foydalaniladigan
(iste’mol qilinadigan) barcha madaniy tuzilmalarni qamrab olib, shu tariqa u
etnodifferensiatsiya va etnointegratsiya kabi funksiyalarni bajaradi. Ijtimoiy xodim
mijozlarga xizmat ko‘rsatishda quyidagi tarkiblarni e’tiborga olish lozim:
etnoan’analar; etnik me’yorlar; urf-odatlar (taomillar); qadriyatlar; maishiy hayot
tarzi; muloqot tili; etnik tasavvurlar; etnik stereotiplar; etnik his-tuyg‘ular;
munosabatlar davomida ijtimoiy masofaning uzoq va yaqinligini saqlanishi
kabilar
68
.
Ta’kidlash lozimki, “inson tug‘ilgandan etnomadaniy muhitga tushadi,
etnomadaniy boyliklar ta’sirida o‘sadi, ulg‘ayadi, shakllanadi”
69
va uning tashuv-
chisi hisoblanib, bu o‘z navbatida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda o‘z in’ikosini
topadi.
Etnomadaniy xususiyatlar hududlar kesimida ham farqlanadi. Bu farqlanish
geografik va ijtimoiy muhitning ta’siri natijasida shakllanib, o‘zgacha mazmun
kasb etadi. “Geografik muhit nimalarga qodir ekanligini u yerda asrlar mobaynida
yashab kelayotgan insonlarning dunyoqarashi orqali ko‘rish mumkin. Uning
zamirida esa, avvalambor, hududiy omillar, qolaversa, shu asosda shakllangan
68
Рахмонов Д.А. Ўзбекистонда ижтимоий хизмат тизимини ривожлантиришнинг этномаданий
хусусиятлари // Фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори илмий даражасини (PhD) олиш учун ёзилган
диссертация. -Тошкент, 2019. - Б. 26-27.
69
Нишанова О.Ж. Этномаданият ривожида эстетик қадриятларнинг ўрни // Шахс баркамоллиги: ахлоқий-
эстетик жиҳатлар. Халқаро илмий конференция мақолалар тўплами. – Тошкент, 2012. - Б.77.
41
ijtimoiy psixolo-giya va tafakkur, bir so‘z bilan aytganda, mentalitet yotadi”
70
.
Ularning mohiyatini anglash esa mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini
beradi.
Milliy qadriyatlar bu, avvalo, millatning o‘zini, o‘zligini qadrlashi demakdir.
Xalqimizda “Sen o‘zingni qadrlamasang, seni boshqalar ham qadrlamaydi”, degan
naql bejizga aytilmaydi. Bu jahon sahnida millat bor ekan, u kattami-kichikmi,
dunyoning u chetida yashaydimi, yoki bu chetidami, qat’iy nazar, uning O‘ZLIGI
bo‘ladi, milliyligi, qadriyatlar tizimi bo‘ladi. Tokim, u qadrlagan tizim
e’zozlanmas ekan, millatning o‘zi ham e’zoz topmaydi. Agar shaxs misolida
oladigan bo‘lsak, uning qarashlarini, tabiatini, yurish-turishi-yu, odatlarini hurmat
qilmagan odam, demak, bu insonni hurmat qilmaydi. Boshqalar oldida hurmat
topish uchun esa, avvalo, inson o‘zligini, o‘z “men”ini namoyon qila bilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |