2. Zamonaviy professional ijtimoiy ishda qadriyatlar iyerarxiyasi
Ijtimoiy ish etikasidagi qadriyatlarning subyekti hamisha inson bo‘lgan.
Ijtimoiy ish etikasida qadriyatlarning anglanishi, qadr topishi va amal qilishi ong
va tafakkur bilan bog‘liq. Insonning boshqa jonzotlardan farqi ham ongi va
tafakkurida bo‘lgani bois, qadriyat subyekti sifatida shaxs, insonlarning muayyan
birligi yoki jamligi, insonlar faoliyati va munosabatlaridan tashkil topgan jamiyat,
yoki sotsium darajasida maydonga chiqsa ham, bularning barchasida inson va
uning manfaati turgani bois, u asosiy subyekt bo‘lib qolaveradi.
Inson dastavval anglaydi, fikr yuritib tahlil qiladi, baho beradi. Baholash va
tahlil qilish jarayonida ma’lum bir obyektlarning zaruriylik va keraklilik mezonlari
o‘lchanadi va inson tafakkurida qadr topadi, uning ruhiyatiga singadi, ya’ni hissiy
munosabat shakllanadi hamda shu bilan qadrlash tuyg‘usi yaraladi. Shu bois
mijozlar bilan ijtimoiy ish olib borishda, ularga samarali xizmat ko‘rsatishda
mazkur mezon nuqtayi nazaridan yondashsak, o‘rinli hisoblanadi. “Qadriyatlar,
motivatsiyaviy-ehtiyojli sathni shakllantiruvchi tarzida ishtirok etib, ijtimoiy
xulqni tartibga keltiradi. Bu o‘z navbatida shaxs tomonidan qabul qilinadigan
qarorlarda, u uchun muhim hisoblangan qarorlarning ta’siri asosida qabul qilishini
ko‘rsatadi”
71
. Bunda ko‘pchilik oilasi va farzandlarini, vatanini, ishq-muhabbatini,
imon-e’tiqo-dini, kasb-korini eng muhim qadriyatlar deb biladi. Ular ushbu insoniy
sifatlari bilan yon-atrofdagi kishilarda hurmat, ehtirom uyg‘otadi. Bu xususida
falsafa fanlari doktori S.S.Agzamxodjayeva “avval oila a’zolaringga, keyin
qarindoshlaringga, undan keyin esa boshqalarga sarfla, oila qurib, farzandlar
tarbiyalashni unutma, yomonlikni xayolingga ham keltirma, bilim olishga mehr
qo‘y va farzandlaringni ham bilim olishga o‘rgat, boshqalar bilan inoq, totuv
yashash kabi qoidalardan iboratdir. Bir qarashda didaktik xususiyatga ega ushbu
fikrlar uzoq asrlik tajribalardan o‘tgan, insoniyatning unutilmas qadriyatlariga va
taraqqiyot shartiga aylangan”ligini
72
ta’kidlaydi.
70
Жакбаров М., Аббасова Ш. Миллий ғоя ва миллий манфаатлар. – Тошкент: Sano-standart, 2014.-Б.16.
71
Попова И. В. Особенности ассертивности в подростковом возрасте // Дис. ... канд. психол. наук. - Санкт-
Петербург: Обл. университет им. А.С. Пушкина, 2011. – С.28-29.
72
Агзамходжаева С.С. Ижтимоий идеал ва Ўзбекистонда маънавий тараққиёт муаммолари // Дис..
...фалс.ф.доктори. – Тошкент, 2008. – Б. 142.
42
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, rivojlanishining institutsional bosqichgacha
bo‘lgan davrida har bir mintaqaning o‘z amaliyoti bo‘lib, etnomadaniy, milliy,
diniy qadriyatlar va me’yorlar tarkibida amal qilgan. O‘z navbatida
etnomadaniyatning amal qilishida hamkorlik, birdamlik, o‘zaro aloqalarni yarata
olish muhim hisoblanib, bunda streotipli munosabatlar tarzi alohida o‘rin tutgan.
Chunki u kasbiy faoliyat, maishiy va ijtimoiy hayotda katta ahamiyat kasb etgan.
Bular bevosita etnomadaniyatning tarkibiy elementlari hisoblanmish an’analar,
qadriyatlar, me’yorlar, marosimlar, udumlar, arxetiplar kabilarda mujassamlanib,
oilada o‘zaro hamkorlik, barqarorlikni ta’minlash funksiyasini bajaradiki, bu
xususda Y.Yeroxina alohida to‘xtalib o‘tgan
73
. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki,
bizning mintaqada ijtimoiy munosabatlar jarayonida etnopsixologiyaning asosiy
konseptlari o‘z mohiyatini yo‘qotmagan. Masalan, “oilapavarlik”, “bolajonlik”,
“mehr-muruvatlilik”, “farzandlik burchini ado etishlik”, “ota-ona haqqini
oqlashlik”, “keksalarga g‘amxo‘rlik” kabi tushunchalarni ko‘rsatishimiz mumkin.
Ijtimoiy ishda qadriyatlar iyerarxiyasi zaruriylik darajasi va yondashuv
nuqtayi nazaridan yiriklashib borishi mumkin va natijada shaxsiy qadriyatlardan
oilaviy, kasbiy, milliy, ma’lum jamiyatga xos ijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlar
vujudga keladi. Ayrim qadriyatlarni insonning o‘zi qadriyat sifatida anglashi
yetarli emas. Individ qadrlaydigan obyektining o‘zi uchun muhim jihatlarini his
etish barobarida uning ijtimoiy ahamiyatini ham anglashi lozim. Ana shunda u
ushbu qadriyat mohiyatini bilish doirasini kengaytiradi va unga munosatida
ijtimoiylik ahamiyati kasb eta boradi. Bu yondashuv jamiyat uchun muhimdir.
Masalan, salomatlik, avvalo, shaxsiy qadriyatdir. Ammo, millatning ravnaqida
aholi salomatligi muhim ahamiyatga ega bo‘lgani bois, u ham ijtimoiy, ham milliy
tus oladi. Bunda ijtimoiy ish muhim o‘rin egallaydi. Negaki, ijtimoiy ish xodimi
tomonidan olib borilgan targ‘ib va targ‘ibot ishi natijasida salomatlik shaxsiy
qadriyat darajasidan milliy darajaga ko‘tarilishi mumkin. Shu boisdan ham bu
o‘rinda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish dolzarblashuvini kuzatish mumkin. Aytaylik, har
bir ayol farzandini dunyoga keltirar ekan, albatta, o‘zining ham, farzandining ham
sog‘lom bo‘lishini istaydi. Ammo, istakning o‘zi yetarli emas. Bu salomatlik faqat
shaxsiy emas, ijtimoiy-milliy ahamiyatga ega ekanligini ayol anglay bilgandagina,
uning mazkur qadriyatga nisbatan munosabatida nafaqat o‘zi va farzandi, balki
jamiyat oldidagi mas’uliyati aks etadi. Bu mas’uliyat esa salomatlik qadriyatini
asrashga oid bilim va faoliyatni kuchaytirishni taqozo etishi bilan birga, ularga
ko‘rsatilayotgan xizmat sifatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ona va bola salomatligining
ijtimoiy-milliy ahamiyatini anglatish borasidagi chora-tadbirlarni ijtimoiy siyosat
amalga oshiradi. Bunda esa ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muhim omil sanaladi. Aholi
salomatligini asrashga oid, xususan, millat genofondini asrash maqsadida onalik va
bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlarining qabul qilinishi orqali
bu qadriyatning siyosiy ahamiyati yuzaga chiqadi. Butunjahon Salomatlik Fondi
kabi turli xalqaro fond va uyushma, tashkilotlarning tashkil topishi qadriyatni
umuminsoniy darajaga ko‘taradi. Demak, ijtimoiy ishdagi kasbiy qadriyatlarning
73
Ерохина Е.А. Коммуникативные подход в этносоциологии // Сибирский философский журнал, 2008, т. 6.
№3. С.109-114.
43
o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular tufayli shaxsiy qadriyatlar – etnik, milliy va
umuminsoniy darajaga ko‘tarilishi uchun samarali xizmat qiladi.
D.Raxmonovning ta’kidlashicha, agarda, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga kasb
tariqasida yondashsak, bunda quyidagi ijtimoiy-falsafiy majmua namoyon bo‘ladi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |