23
qonunchilik bilan belgilangan. Masalan, bola va ota-ona huquqlari to‘g‘risida
Germaniya Federativ Respublikasi Konstitutsiyasining 6-moddasi 2-bandida:
“Bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni tarbiyalash ota-onalarning tabiiy huquqi va
ularning ustuvor vazifasidir. Ularni amalga oshirishni davlat uyushmasi kuzatib
boradi”
45
– deb ko‘rsatilgan. Kuzatib borish, davlat
uyushmalarining zimmasiga
yuklatilgan bo‘lib, bizningcha, standartlashtirilgan tarzda g‘amxo‘rlik qilish va
tarbiyalashni baholash mezonlari mavjudligini ko‘rsatadi.
Har bir kasbning vujudga kelishida o‘z shart-sharoitlari mavjud bo‘lib,
aynan mana shu shart-sharoit kasbiy vazifalarni belgilab bergan. Masalan,
o‘qituvchi yosh avlodni kamolotga erishishini ta’minlash, shifokor insonni turli xil
kasalliklardan xalos etish uchun davolash vazifasini amalga oshirishi shular
jumlasidandir.
Shuningdek, ijtimoiy ishning vujudga kelishi ham, bu – turli tabaqalarga
mansub bo‘lgan aholining yoshi, jinsi, sog‘ligi, nogironlik darajasi va boshqa
xususiyatlarini inobatga olgan holda amaliy yordam ko‘rsatishga
qaratilgan
faoliyatidir
46
. Faoliyat mohiyatiga ko‘ra, inson xatti-harakatining yig‘indisi hisob-
lanib, o‘yin, o‘qish, mehnat kabi turlarga ajratiladi. Shuningdek, faoliyat o‘ziga
xosligi bo‘yicha, ijtimoiy xarakterdaligi, maqsadga yo‘nalganligi, rejaliligi va
tizimliligi kabi turlarga bo‘linadi. Shu sababli ijtimoiy ish faoliyat sifatida, inson
hayot-faoliyatini ta’minlashga ko‘maklashib, alohida individ va oilalar, ijtimoiy
guruh va tashkilotlar hamda
jamoalar faoliyatini tiklash, maishiy, madaniy,
ma’naviy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yoki mustahkamlash uchun amal
qiladi.
Boshqacha qilib aytsak, insonning fundamental ehtiyojlarini qondirish orqali
konkret ishlarda ularning iqtidori va ko‘nikmalarini kamol toptirishda yordam
berishga mo‘ljallangan ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan dasturlarni
yaratish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishni rejalashtirish, rivojlantirish va
amalga tadbiq etish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoyalashda qonunda
belgilangan vositalardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan
mehnat turidir deb
ko‘rsatish mumkin.
Ijtimoiy yordam ko‘rsatishni aniq tarixiy makonda, siyosiy vaqtni inobatga
olgan holda insoniyatning hayotiy tajribasi bilan bog‘langan holda o‘rganish lozim.
Mazkur tarzdagi o‘rganishni K.Lorensning ta’limoti bo‘yicha kulturologik
yondashuv deb ko‘rsatish mumkin. Negaki, ijtimoiy yordam ko‘rsatish bioijtimoiy
hodisa hisoblanib, turli darajaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanishi mumikn. Shu
bilan birgalikda “ijtimoiy yordam ko‘rsatish” tushunchasini M.Firsov va
R.Samarovlarni madaniy-tarixiy yondashuv deb ko‘rsatgan ta’limoti bo‘yicha ham
ko‘rib chiqish mumkin. Mazkur yondashuv, o‘zida milliy-madaniy hayot tarzini
inobatga olishni taqozo etib, tadqiqotni retrospektiv jihatini ta’minlaydi. Bunda
qadriyatlarning shakllanishi, takomillashuvi hamda an’analarning vujudga kelishi
Do'stlaringiz bilan baham: