3. Ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlarining
asosiy maqsad va vazifalari
Ma’lumki, ijtimoiy ish kichik tizimlari va elementlari tuzilmasi tizimni
barqarorlik, sifatli aniqlik nuqtayi nazaridan tavsiflaydi. Shubhasiz, bu muhim,
ammo yetarli tavsif emas. Shuning uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mohiyati
aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, ijtimoiy ish faoliyatining turli
subyektlari vazifalarini tahlil qilish va ijtimoiy xizmatlarga umumiy holda ishlash
tamoyillarini anglash orqali ochib beriladi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muammolari bo‘yicha tadqiqotchilar tomonidan
ijtimoiy ish vazifalari ikki guruhga ajratiladi:
birinchi guruh
– ijtimoiy ish mohiyati va faoliyati bilan bog‘liq vazifalar
(profilaktik, ijtimoiy-reabilitatsiya, moslashtirish, qo‘riqlash-himoya, ijtimoiy
patronaj);
ikkinchi guruh
– ijtimoiy ishning axloqiy-insonparvarlik vazifalari (shaxs-
insonparvarlik, ijtimoiy-insonparvarlik).
Ushbu vazifalarni amaliy bajarish ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning barcha
kichik tizimlari va elementlari ishlashining optimal darajasi bilan chambarchas
bog‘liq. Bunda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish funksiyalari makro va mikro darajalarida
namoyon buladi.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi tuzilmasi va vazifalari ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish mohiyatining implitsitli indikatorlarini tadqiq etishni taqozo
40
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 22 январдаги «2017–2021 йилларда Ўзбекистон
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини «Фаол
тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили»да амалга оширишга оид
давлат дастури тўғрисида»ги ПФ-5308-сонли Фармони - www.lex.uz
19
etadiki, ushbu holat ijtimoiy xizmatlar tizimi alohida mutaxassislar orqali ijtimoiy
faoliyat nazariyasi va amaliyotiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi.
Ijtimoiy ish xususiyatlari ularning maqsadga yo‘naltirilganligi, faoliyat
yuritish sohasi va, albatta, ijtimoiy xizmatlar mijozlar kontingentlariga qarab
farqlanishi mumkin.
Demak, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy xizmat turlari, tashkiliy
shakllari, jarayonlar, ularning subyektlari va obyektlarini o‘z ichiga oladi. Bunda
ijtimoiy ish mezonlarini inobatga olish lozim. Ularni asosini quyidagi uch guruhga
bo‘lish mumkin:
1. Ijtimoiy xizmatlar murakkabligi va davomiyligi darajasi, ularning
aholining turli kategoriyalari ijtimoiy ehtiyojlari va hojatlarini qondirish
darajasiga;
2. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni boshqarish nuqtayi nazaridan ijtimoiy xizmat-
larning rivojlanganlik darajasi, ularning avtonomligi, boshqaruvchanligi, o‘zini
o‘zi boshqarishi hamda turli hududlarda o‘zgaruvchan vaziyatlarga
moslashuvchanligi kabi indikatorlardan foydalanish darajasiga;
3. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida yoki ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kichik
tizimlari iyerarxiyaviy pog‘onalari bo‘yicha subyektlariga, ya’ni davlat hokimiyat
organlari, mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari nuqtayi nazaridan baholashga
imkon beradi.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy xizmatlarga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha
turli vazirlik va idoralar rasmiy hujjatlari va materiallari alohida ahamiyat kasb
etmoqda. Ularning tahlili ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish va rivojlantirishga
bo‘lgan yondashuvning ikkita xususiyati borligini ko‘rsatib beradi. Birinchisi,
aholining alohida kategoriyalari, yoshlar, bolalar, ayollar, oilalarga ijtimoiy
xizmatlar (muassasalar) tarmog‘ini shakllantirish kerakligini asoslab berish
bo‘yicha urinishlar bilan ifodalangan; ikkinchisi – ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
davlat, munitsipal, jamoat va xususiy korxonalardan iborat ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish hududiy tizimlarini shakllantirish zaruratini asoslab berish, qaysi
idoraning tasarrufida bo‘lganligidan qat’iy nazar, barcha ijtimoiy xizmatlar
faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solishni nazarda tutadi.
Agarda, ijtimoiy ishni kasb sifatida idrok etsak
41
, bunda quyidagi madaniy
omillar mavjudligini alohida ko‘rsatib o‘tish lozim:
- ijtimoiy ish etikasining maqsadi;
- ijtimoiy ish etikasining amal qilish sathi;
- ijtimoiy ish etikasining turlari;
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish vositalari (instrumentlari);
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish madaniyati;
- ijtimoiy xizmatdan foydalanish madaniyati;
- ijtimoiy ish etikasi mezoni va tamoyillari;
- ijtimoiy ish etikasining huquqiy asosi;
41
Ганиева М.Х., Турсунов Р.Х. Культурные и исторический предпосылки оказания социальной подержки и
развития профессии “Социальная работа” // Фуқаролик жамиятини шакллантириш шароитида
ижтимоий ҳодиса ва жараёнларни тадқиқ этиш. Илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент:
ЎзМУ, 2012. - С. 179-184.
20
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bosqichlari va b.
Ko‘rinib turibdiki, jamiyat hayotining modernizatsiyalashuvi sharoitlarida
xizmat ko‘rsatish faoliyat paradigmalarini belgilab olishni taqozo etadi. Chunki,
jahon mamlakatlarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bir xil emas. Buning sababi
ijtimoiy, madaniy, etnik, diniy, moliyaviy, siyosiy va boshqa shu kabi omillardir.
O‘rganilgan manbalar asosida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning diqqatga loyiq
quyidagi modellarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: AQSh; Yevropa (G‘arbiy va
Markaziy Yevropa mamlakatlariga taalluqli); Yevroittifoqqa a’zo bo‘lgan
davlatlar; Yaqin Sharq; Osiyo; Osiyo-Tinch okean mamlakatlari hamda diniy
modellari.
Modellar turli-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va huquqiy kabi omillar asosida
vujudga kelgan bo‘lsada, ularni birlashtiruvchi doktrina ‒ “
Insonlarga amaliy
yordam ko‘rsatish
” hisoblanadi. Shu ma’noda R.Barker ijtimoiy ishni “boshqa
odamlarga qaram bo‘lib qolgan, o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qila olmaydiganlarning
me’yoriy rivojlanishi uchun zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida aniq faoliyatni
bajarishdir
42
”, ‒ deya ta’riflaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy ishning faoliyat sifatida institutlashuvi turli
mintaqalarda diniy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy omillarning ta’siri asosida
shakllangan. Jumladan:
Iqtisodiy omillar – agar mintaqada xalq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanmasa,
ijtimoiy yordamga muhtojlarning soni oshib boradi, ya’ni aholi o‘zi va oilasining
hayotini ta’minlash maqsadida turli yo‘llar bilan ijtimoiy yordam olishga intiladi.
Aksincha, rivojlansa, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish madaniylashadi, ya’ni farovonlik
darajasining yuqoriligiga doir ishlarga talab oshib boradi.
Ijtimoiy omillar ‒ agarda avlodlar orasida vorisiylik ta’minlanmasa, keksa
avlodning jamiyatdagi roli pasayib borsa, maishiy va ijtimoiy yordam
oluvchilarning soni oshib boradi. Aksincha, jamiyatda yoshlarning ko‘pchilikni
tashkil etishi yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda maslahat va amaliy yordam
olish sifatiga alohida talablarni oshiradi.
Madaniy omillar – agar aniq bir makonda iqtisodiy rivojlanish beqaror
kechsa, milliy va diniy munosabatlarda hamjihatlik ta’minlanmagan bo‘lsa, o‘z
hayot yo‘lini, milliy va madaniy mansubligini anglashda adashganlarning soni
ortib boradi. Natijada ularga ma’naviy amaliy yordam ko‘rsatishga oid ijtimoiy
buyurtma paydo bo‘ladi. Aksincha bo‘lganda, shaxsiy ma’naviy kamolot yo‘lida
amaliy yordam olish turli darajalarda o‘z aksini topadi. Bu yana boshqa bir
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning rivojiga ta’sir ko‘rsatadi.
Siyosiy omillar ‒ turli xil ko‘rinishdagi nizo va ziddiyatlar vujudga kelsa,
o‘sha makonda sog‘ligini yo‘qotgan nogironlar (ya’ni, nogironlikka ega shaxs) ish
joyi va mol-mulkini, yashash joyini yo‘qotganlarning soni hamda yaqinlarni
(boquvchilarini, farzandlarini) yo‘qotganlar soni ortib boradi. Bu esa ijtimoiy
yordamga muhtojlar sonini ham ko‘paytiradi. Agarda siyosiy totuvlik va birdamlik
hukm sursa, farovonlikni oshirishga yordam shakllari ortib boradi.
42
Баркер Р. Словарь социальной работы. - М.: Институт социальной работы, 1994. - С. 113.
21
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, har bir kasb o‘z tarixiga ega bo‘lib, uning
institutsionallashuvi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillar bilan bevosita
bog‘liqdir. Chunki, iqtisodiy taraqqiyotning natijasi sifatida, aholiga maishiy
xizmat ko‘rsatish turlari vujudga kelib, keyinchalik ular tarmoqlar bo‘yicha
yo‘nalishlarga bo‘linadi. Ijtimoiy ish ham, faoliyat sifatida bir nechta rivojlanish
bosqichlaridan o‘tgan. Uni kasb sifatida shakllanganligini retrospektiv tahlil
etishda quyidagi ikkita omilni inobatga olish lozim deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |