Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

45
 Жаҳон конституциялари (Жаҳон давлатлари конституциялари тўплами, I жилд). / Тузувчилар 
Тожихонов У., Саидов А. – Тошкент: ИИВ Академияси, 2001. - Б.375-376. 
46
 Социальная работа с различными категориями населения: теория и практика. / Под общ. Ред. Н. М. 
Шакировой. – Псков: Псковский государственный университет, 2017. – 130 с 


24 
va amal qilishini nazarda tutish lozim bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiyning 
“Hayrat ul-abror” asarida: 
Naf’ tegurmakka shior aylading,
O‘zungga ul naf’ni yor aylading. 
 
Naf’ing agar xalqqa beshak durur, 
Bilki bu naf’ o‘zungga ko‘prak durur
47
,
‒ 
deb, insonni boshqa bir insonga nafi ‒ foydasi tegishini targ‘ib etganligini kuzatish 
mumkin. Ya’ni, 
“Sen insonlarga foyda yetkazishni o‘zingga shior etding; shundan 
keladigan naf’ni o‘zingga yor aylading. Sening xalqqa ko‘rsatgan foydang shak-
shubhasizdir; lekin bilib qo‘yki, bundan o‘zingga naf’ (qilgan yaxshi ishlaring 
uchun xalqdan duo olasan) ko‘proqdir”
48
 
‒ deya odamlarni yaxshilik qilishga, 
saxiy va oqibatli bo‘lishga, birovlarga qilingan madad va yordam hech qachon 
izsiz yo‘q bo‘lib ketmasligiga alohida urg‘u bergan. 
Insonning aqliy salohiyati, idrok darajasi, tafakkur madaniyati, maishiy 
hayot tarzi, ijtimoiy faolligi oxir-oqibatda o‘zi yashab turgan jamiyat rivojini 
ta’minlash uchun amalga oshiradigan sa’y-harakatlari, alohida oila, millat, butun 
bir xalq tiynatini (mentalitetini) belgilaydi. Shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, 
voqealar, jarayonlar shaklan o‘zgarishi, yangi hodisalar va voqealarning vujudga 
kelishi natijasida, insonning hayot mazmuniga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay 
qolmaydi. Bu esa bevosita har bir davr odamlari psixologiyasini, hayotga va 
atrofdagilarga bo‘lgan munosabati mazmuni, voqealarni idrok etish qobiliyati, 
turmush tarzi bilan belgilanishini ko‘rsatadi. Bunda ijtimoiy ish ijtimoiy 
rivojlantiruvchi funksiyalarni bajarishini inobatga olsak, ijtimoiy yo‘naltiruvchi, 
ijtimoiy shakllantiruvchi, jamiyat tarqqiyotini ta’minlashda, boshqa kasb 
sohasining vakillaridan farqli ravishda ijtimoiy ish xodimlari bog‘lovchilik 
vazifasini bajarishi bo‘yicha ajralib turadi. 
Shuning uchun bo‘lsa kerakki, ijtimoiy ish ixtisosligiga kasb sifatida talab 
oshib bormoqda. Negaki, bu soha xodimlari faoliyat yuritadigan muassasa va 
idoralarda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish ijobiyligi bilan ajrarlib turadi. 
Amaliy yordam tarzi huquqiy maslahat, ijtimoiy-tibbiy yordam, oilaviy 
yumushlarga ko‘maklashish tarzda ifodalanib kelinmoqda. Bu o‘z navbatida 
ijtimoiy ish xodimini jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, oila va 
uning a’zolariga ijtimoiy-tibbiy va psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish, 
aholining jismoniy, axloqiy va psixologik jihatdan sog‘ligini himoyalash, ish va 
o‘qish joylarida sanitariya va gigiyena normalarini joriy etish (nazorat qilish), 
qamoq jazosini o‘tab kelganlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda, yoshlar 
orasida nikoh-oila masalalariga oid ma’rifiy ishlar olib borishda, shuningdek, turli 
birlashmalarga inson kamolotini ta’minlash yo‘lidagi faoliyatlarida ko‘maklashadi. 
Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy ish bilan shug‘ullanuvchi xodimning 
professiografiya va professiogrammasini tayyorlashni taqozo etadiki, bu esa 
47
 Алишер Навоий. “Ҳайратул-аброр”. – Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат, 1989.- Б. 134. 
48
 Алишер Навоий. “Ҳайратул-аброр”. – Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат, 1989.- Б. 300. 


25 
ijtimoiy ishni funksiyaviyligini ta’minlab, kasb nufuzini shakllanishi uchun xizmat 
qiladi. Bu borada Yusuf Xos Hojib “Xizmat qiluvchi kishi og‘ishmay xizmat 
qilishi kerak. Xizmatlari singganidan so‘ng kishi tilakka yetadi”
49
– deganda, 
insonlarga yordam qo‘lini cho‘zish, qiynalganlarga ko‘mak berishda xolis xizmat 
qilish va bu amalga oshirgan xizmatdan qoniqqach, mamnun bo‘lishini ko‘rsatib 
o‘tgan. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish